|
Konchilik ishi asoslari
|
bet | 61/83 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 3,73 Mb. | | #136021 |
Bog'liq Konchilik ishi asoslariAg'darmaning umumiy balandligi optimal bo'lishi kerak, chunki tog' jinslarning ag'darmalarga joylashtirishga ketadigan xarajat kam bo'ladi. Ag'darma balandligi qancha katta bo'lsa, jinslarni tashish va ag'darma yuzasini rekultivatsiya qilishga ketadigan xarajat shuncha katta bo'ladi. Lekin ag'darma egallab turgan joy qancha kichik bo'lsa, ag'darma ostidagi yerni egallab band qilish shuncha kichik bo'ladi. Temir yo'l transporti qo'llanilganda tekis joyda ag'darmaning optimal balandligi 100-300 m ga etadi. Tog'li joylarda esa, ag'darma balandligi 200-500 m ga etadi.
Ag'darma pog'onalarining qiyalik burchagi asosan ag'darmaga
joylashtiriladigan tog' jinslarining tabiiy qiyaligiga teng bo'ladi. Bu ko'rsatkich tog' jinslarining fizik-texnik xususiyatlariga, ularning maydalanish darajasiga va namligiga bog liq va 30-40° oralig 'ida o 'zgaradi.
Ag'darma o'tish kengligi ag'darma hosil qilish usuli va transport turiga bog'liq bo'ladi va yo'llarni siljitish qadamiga teng bo'ladi. Yo'llarni siljitish
qadami - ag'darma uskunalari parametrlari bilan aniqlanadi va temir yo'l transporti qo'llanilganda: plugli ag'darmalarda 1,5-3 m, ekskavatorli
ag'darmalarda: mexanik kurak bilan 21-34 m, draglaynlar bilan 120 m gacha, buldozerli ag'darmalarda 50-60 m dan 110-120 m gacha, avtomobil transportida: buldozerli ag'darmalarda 35-50 m, draglaynlar qo'llanganda 200 m gacha bo'ladi.
Ag'darmali o'tish hajmi yoki ag'darma boshi berkligining qabul qilish qobiliyati, bu - yo'lni bir marotaba siljitish evaziga ag'darmaga joylashtirish mumkin bo'lgan kon jinsi miqdoridir.
Qabul qilish qobiliyati 1 m ag'darma boshi berkligida quyidagicha bo'ladi: plugli ag'darmalarda - 30-60 m ; mexanik kurakli ag'darmalarda - 500-1200 m ; draglayn bilan - 10-12 ming m gacha.
Ag'darmalarni joylashtirish uchun ajratilgan joy quyidagi talablarga javob berishi kerak:
X- tog' jinslarini tashish oralig'i kichik bo'lishi uchun, karyerga yaqin masofada bo'lishi kerak;
X- doimiy ag'darmalar egallab turgan maydon ma’dansiz va ko'mirsiz bo'lishi kerak.
Tashqi ag'darmalar juda katta yer maydonini egallaydi. Katta karyerlarda bu maydon 2-3 ming gektargacha yetadi. Agar bu maydonlar qishloq va o'rmon xo'jaligi uchun yaroqli bo'lsa, u holda bo'sh tog' jinslarini ag'darmalarga joylashtirish kon korxonasiga katta zarar keltiradi. Shuning uchun ham ag'darmalar uchun yaroqsiz maydonlar tanlanishi kerak.
Ag'darmalarni shakllantirish.
Ag'darmalarni shakllantirish undan foydalanishning butun davrida amalga oshiriladi va u planda ajratilgan chegaraga (chegaraviy konturga), balandligi esa, loyiha nuqtasiga yetganda tugatiladi.
Ag'darmani shakllantirish jarayoni birinchi yarusning ilk sochilmasini hosil qilish bilan boshlanadi.
Ilk to 'kilmalarni hosil qilish ag'darma pog’onasining muayyan balandigida ag'darma ishlari frontini aniqlab olish uchun xizmat qiladi.
Ilk to ’kilmaning qalinligi transport aloqalarining harakatlanishini ta’minlash uchun 7-10m ni tashkil qiladi.
Temir yo'l va konveyer transportida uzunligi 0,5-2 km bo'lgan ilk to'kilma tor va cho'zilgan shaklga ega bo'lib, shuning hisobiga ish fronti uzunligini ta’minlaydi, hamda transport va ag'darma uskunalaridan samarali foydalanish uchun yetarli hisoblanadi. Avtomobil transportida ilk to'kilma oval shakliga ega bo'lib, avtosamosval erkin manyovr qilish uchun ajratiladigan maydoncha o'lchamlari bilan chegaralanadi (taxminan 100x200 m).
Tog' yon bag'rida ag'darma hosil qilishda avval transport aloqalarini joylashtirish uchun gorizontal maydon hosil qilinadi (ag'darma balandligi nuqtasida). Ag'darmaning mumkin bo'lgan balandligi uning turg'unlik holati bilan chegaralanadi.
Ag'darmalarga keltiriladigan jinslarni joylashtirish joyi va vaqti ya’ni ag'darmani shakllantirish tartibi turli xil bo'lishi mumkin. Yaruslarni navbatma- navbat to'ldirish mumkin: oldin bittasi chegaraviy konturgacha, so'ng ikkinchisi va shu tartibda. Bu jarayonda jinslarning birinchi guruxi kam balandlikka ega bo'lgan va shu bilan birga transportlar xarajatlari bir muncha kam bo'lgan bo'shatish joyiga tashiladi. Bunda ag'darma katta yer maydonlarini tez egallaydi va konchilik korxonasi tomonidan bu yerlardan foydalangani uchun to'lanadigan xarajatlar oshadi. Boshqa variant, mumkin bo'lgan maksimal tezlik bilan ag'darmani balandda (yuqorida) rivojlantirish. Bunda yerga tulanadigan xarajat qisqaradi, ammo transport xarajatlari ortadi. Birmuncha qulay variant maydon va balandlik bo'yicha bir vaqtda rivojlantiriluvchi oraliq variant hisoblanadi.
Ag'darma perimetrining qoplovchi tog' jinslarini qabul qilish va joylashtirishga mo'ljallangan bir qismi ag'darma ishlariningfrontini tashkil qiladi.
Ag'darma ishlari frontini alohida uchastkalarga bo'lish (oxiri berkliklar) ag'darma hosil qilishda front bo'yicha asosiy va tayyorlash ishlariga bo'lib olish imkonini beradi.
Alohida oxiri berklikning uzunligi keng chegaralarda o'zgaradi va asosan qo'llaniladigan ag'darma ishlarini mexanizatsiyalash usuli, ag'darma maydoni, ag'darmaga joylashtiriladigan qoplovchi tog' jinslarining hajmiga bog'liq bo'ladi.
|
| |