• Temir yo’l transporti qo’llanilganda ag’darma hosil qilish
  • Konchilik ishi asoslari




    Download 3,73 Mb.
    bet63/83
    Sana12.01.2024
    Hajmi3,73 Mb.
    #136021
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   83
    Bog'liq
    Konchilik ishi asoslari

    3p - ag’darma ustini rekultivastiya qilishga bo’lgan xarajatlar, rub;
    3, - yerni qazib olish bilan bo’lgan yerga yetkaziladigan zararni qoplashga kon
    korxonasi tomonidan to’lab berish xarajatlari, rub.
    Ba’zi hollarda vaqt faktori hisobga olishi bilan qoplovchi tog’ jinslari karyerning qazib olishning birinchi davrida yonida joylashuvi ma’qul bo’lishi mumkin (hatto oxirgi kontur chegarasida ham). Kon ishlarining rivojlanishi bilan bu tog’ jinslari ikkilamchi holda yuklanadi va rivojlanayotgan karyer konturiga tashiladi. Katta karyerlar qoidaga ko’ra tashish masofasini qisqartirish uchun bir nechta ag’darmalarga ega bo’ladi.

      1. Temir yo’l transporti qo’llanilganda ag’darma hosil qilish

    Temiryo’l transportida tog’ jinslarini g’aramalashda ag’darmalarda mexanik kuraklar, draglaynlar, ag’darma pluglari, abzettserlar va buldozerlar qo’llaniladi.
    Temiryo’l transportida ekskavatorli ag’darma hosil qilish mahalliy karyerlarda oldingi o’rinlarda turadi (unga 85-90% qism to’g’ri keladi). Ag’darma ekskavatorlarining ishi dumpkarlardan bo’shatiladigan tog’ jinslarini ekskavatsiya qilish va ularni ag’darmaga yotqizishga asoslangan. Mexanik kurakdan foydalanishda pog’onalar ikkita nimpog’onaga bo’linadi. Mexanik kurak pastki nimpog’onaning ustiga joylashtiriladi. Dumpkarlardan bo’shatiladigan tog’ jinsini qabul qilish va ekskavatsiya qilish uchun pastki nimpog’onaning ustida maxsus qabul qiladigan, dumpkarning bir yarim yoki ikki marta kattaligini tashkil qiluvchi qazilma hosil qilinadi, uning chuqurligi 0.8-1m. Lokomotivtarkib ag’darmalarga vagonlar oldin tomondan uzatiladi. Qabul qiladigan lahimga qoidaga ko’ra dumpkarlar birin-ketin bo’shatiladi. Tog’ jinsini ekskavator bilan ag’darmaga joylashtirish uchta yo’nalishda amalga oshiriladi: yo’nalish bo’yicha oldinga pastki nimpog’onaga, pastki nimpog’onaning qiyaligi tomonga qarab va yuqori nimpog’onaga.
    Ag’darmaga joylashtiriladigan va asosda joylashgan tog’ jinslarining fizik- texnik xususiyatlariga ko’ra ag’darmada ekskavatorlarning ikki turdagi ish sxemasi qo’llaniladi.

    1. Agar ag’darma asosi tog’ jinslari va yotqiziladigan tog’ jinslari turg’un bo’lsa tashlash bir vaqtning o’zida ham yuqori ham pastki nimpog’onalarga amalga oshiriladi. Ag’darma zaxodkaning to’ldirilishidan keyin ekskavator oldingi holatga qaytadi va yangi zaxodkani tashlashni boshlaydi.

    2. Turg’un bo’lmagan tog’ jinslarida ekskavatorning oldingi harakatida (almashinuv nuqtasidan oxiri berk yo’lgacha) faqatgina pastki nimpog’onaga tashlash amalga oshiriladi. Orqaga qaytishda ekskavator yuqori nimpog’onaga tashlashni amalga oshiradi. Bu sxema ekskavatorning bo’sh harakatini chetlab o’tadi. Shu o’rinda ekskavatorning orqaga harakatida tog’ jinsi zichlanadi va ag’darma turg’unligi va zichligi oshadi.

    Ag’darma pog’onasining ratsional balandligi keng miqyosda o’zgaradi va asosan yotqiziladigan tog’ jinsi va asosdagi tog’ jinslari fizik-texnik xususiyatlari, yer yuzasi relyefi, ekskavatorning o’lchamlariga bog’liq bo’ladi va tekislikda 15­30m ni va tog’li joylarda 70m va undan yuqori bo’ladi. Yuqori nimpog’onaning balandligi ekskavator yuklash balandligiga bog’liq bo’ladi va mos ravishda EKG- 5, EKG-8I va EKG-12.5 ekskavatorlari uchun 4-6, 6-8 va 7-9 m ni tashkil qiladi.
    Ag’darma yo’llarining qayta yotqizish qadami (m) ekskavatorning chiziqli o’lchamlariga bog’liq va quyidagi formula bilan aniqlanadi:
    A = (R + Rp ) kn
    Bunda, R4, R - mos ravishda ekskavatorning qazish va bo’shatish radiusi, m; kn =0.85-0.9 - ekskavatorning chiziqli o’lchamlarini hisobga olish
    koeffitsiyenti.
    EKG-5, EKG-8 va EKG-12.5 ekskavatorlari uchun qayta yotqizish qadami mos ravishda 25, 30 va 35m.
    Kon va transport vositalarining eng unumli foydalanishini ta’minlovchi ag’darma oxiri berkliklarning optimal uzunligi texnik-iqtisodiy hisoblar asosida o’rnatiladi va 1500-2000m ni tashkil qiladi.
    Ag’darma pog’onasining balandligi ho, ag’darma yo’llarining qayta yotqizish qadami va ag’darma oxiri berkligining uzunligi Lom ag’darmaning asosiy
    o’lchamlari hisoblanadi. Belgilangan asosiy ag’darma o’lchamlarida ag’darmaning o’z o’lchamlari quyidagi formulalar bilan aniqlanadi.
    1. Ikkita yo’l qayta tashlanmalari orasidagi ag’darma oxiri berkligining (butunlikdagi hajmi bo’yicha) qabul qilish qobiliyati (м )
    Vo.m = hoAoLo.m / крл (5.4) 2. Ikkita yo’l qayta yuklanmalari orasida ag’darma oxiri berkligining ishlash davomiyligi (kun)

    Download 3,73 Mb.
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   83




    Download 3,73 Mb.