• Avtomobil transporti qo’llanilganda ag’darma hosil qilish
  • Konveyer transporti qo’llanilganda ag’darma hosil qilish
  • Tog’ jinsini tashish masofasi, m




    Download 3,73 Mb.
    bet66/83
    Sana12.01.2024
    Hajmi3,73 Mb.
    #136021
    1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   83
    Bog'liq
    Konchilik ishi asoslari

    Tog’ jinsini tashish masofasi, m

    Buldozerning almashinuvli unumdorligi, м3

    Tog’
    jinsini
    tashish
    masofasi,
    m

    Buldozerning almashinuvli unumdorligi, м3

    D-271

    D-275

    D-385

    D-271

    D-275

    D-385

    10

    700

    1060

    2100

    25

    270

    400

    810

    15

    565

    880

    1730

    30

    190

    290

    570

    20

    395

    590

    1180




















    7.5-rasm. Temir yo’l transportida buldozerli ag’darma hosil qilishning texnologik sxemalari:
    a - yon tomonli; b - frontal; v - aralash.




    1. Avtomobil transporti qo’llanilganda ag’darma hosil qilish

    Qoplovchi tog’ jinsini avtosamosvallar bilan ag’darmalarga tashishda buldozerli ag’darma hosil qilish qo’llaniladi. Ag’darma hosil qilish jarayoni avtosamosvallar bilan tog’ jinsini pog’onaning yuqori qismiga bo’shatiladi va qiyalik bo’ylab siljitishni, yer yuzasini tekislash va avtomobil yo’llarini saqlash va tuzatish ishlarini o’z ichiga oladi.



    Avtomobil transporti yordamida ag'darma hosil qilish


    Ag’darmani to’ldirish maydonli yoki pereferiya bo’yicha amalga oshiriladi. Birinchi holatda avtosamosvallar ish fronti bo’yicha qiyalikka qarab (turg’un ag’darmalarda) yoki qiyalikka 3-5 m qolgan holatda bo’shatiladi. Keyin tog’ jinsi buldozer bilan qiyalikka qarab siljitiladi. Buldozerli ag’darma hosil qilish bu holda loyihada rivojlanadi. Maydonli ag’darma hosil qilishda avtosamosvallar ag’darma yuzasi bo’ylab bo’shatiladi. Ag’darma yuzasi buldozerlar bilan tekislanadi va tekislagichlar bilan zichlanadi. Shundan keyin yangi qatlam tashlanadi. Bu holatda buldozerli ag’darma hosil qilish vertikal bo’yicha rivojlanadi. Iqtisodiy tomondan arzonroq usul bu pereferiya usuli, bunda tekislash va yo’l ishlari kamroq bo’ladi. Maydonli usul kam hollarda ishlatiladi (asosan kamturg’un yumshoq tog’ jinslarini g’aramalashda).
    Pereferiya usulida xavfsizlik uchun yuqori ag’darma pog’onasida avtosamosvallarning orqa g’ildiraklari uchun yog’och yoki metall ustunlar qo’yiladi (ba’zida uning o’rniga balandligi 0.5-0.8 m va kengligi 2-2.5 m bo’lgan val tashlanadi).
    Bundan tashqari buldozerli ag’darmaning yuzasi ag’darma markaziga qarab 4­50 qiyalikka ega bo’lishi mumkin.
    Buldozerli ag’darmaning tekis maydondagi balandligi tog’ jinsining turg’unligi va fizik-texnik xususiyatlari bilan aniqlanadi. Qoyasimon tog’ jinslari uchun bu ko’rsatkich 30-35 m, qum tog’ jinslari uchun 15-20 m, gilsimon tog’ jinslari uchun 10-15m.
    Tog’li karyerlarda buldozerli ag’darmalarning balandligi 150m va undan yuqori bo’lishi mumkin. Bunday ag’darma balandligida ishchi tarkibning xavfs iz ishlashi uchun maxsus tadbirlar bajariladi.
    Buldozerli ag’darma asosan bo’shatish frontiga teng bo’lgan uchta maydondan iborat (5.8 rasm.). Birinchi maydonda bo’shatish, ikkinchida - tekislash ishlari, uchinchida esa - zaxira. Kon ishlarining rivojlanishi bilan maydonlarning vazifasi o’zgarishi mumkin.
    Ag’darmaga kerakli bo’lgan maydon (м2) quyidagi formula bilan aniqlanadi:
    S0 = Vkpo /(H0k0) (5.16)
    Bunda, Ve - ag’darmaga joylashtirilishi kerak bo’lgan ag’darma hajmi, м3; кро =1.1-1.2 - ag’darmadagi tog’ jinsining maydalanganligining qoldiq koeffitsiyenti;
    Ho - ag’darma balandligi, m;
    ko - ag’darma maydonidan foydalanish koeffitsiyenti (bitta pog’onada kpo =0,8- 0,9; ikkita pog’onada kpo =0.6-0.7).


    7.6-rasm. Buldozer ag’darmasining sxemasi:

    - mos ravishda ag’darma fronti, bo’shatish, tekislash, rezerv


    uzunligi.
    Bo’shatish fronti uzunligi (m)
    кф. p = Naln
    Bunda, ln =18-20 - front bo’yicha chiziq kengligi, bu avtosamosval tomonidan band etiladi, m;
    Na - bir vaqtda bo’shatiladigan avtosamosvallar soni;

    N - N4
    60
    N - vaqt davomida bo’shatiladigan avtosamosvallar soni;
    tpM =1,5-2 - avtosamosvalning bo’shatilishi va harakat davomiyligi, daq;
    N4 - nKMkHep / Fa (5.19)
    Пкм - karyerning qoplovchi tog’ jinsi bo’yicha soatlik unumdorigi, м3; kHep =1,25-1,5 - karyer ishining notenglik koeffitsiyenti;
    Va - bir reysda avtosamosval tomonidan tashiladigan qoplovchi tog’ jinsi, м3 Ag’darma frontining uzunligi (m):
    Lp.o - 3Lфф
    Buldozerlar ishchi parki
    N6.p - V6 / Пб
    Bunda, V6 - buldozer ishlarining smenalik unumdorligi, мМ;


    3 .
    Пб - buldozerning smenalik unumdorligi, м ;
    V6- Пк . 7сА
    Bunda, Тсм - almashinuv davomiyligi, soat;
    k3 =0,5-0,7 - ag’darmaning tog’ jinsi bilan to’ldirilganlik koeffitsiyenti. Buldozerning smenalik unumdorligi 3-bo’limda keltirilgan formula bo’yicha aniqlanadi. Ag’darmadagi buldozerlarning inventar parki
    N6. о — N6. p kH . п
    Bunda, kH. п =1,3-1,4 - buldozer inventar parkining koeffitsiyenti.

    1. Konveyer transporti qo’llanilganda ag’darma hosil qilish

    Qoplovchi tog’ jinsini lentali konveyerlar bilan tashiganda ag’darma hosil qilish qoidaga ko’ra konsolli lentali ag’darma hosil qilgichlar bilan amalga
    oshiriladi (5.9-rasm.). Konsolli ag’darma hosil qilgich o’zining burilish platformasida joylashgan bitta metall fermaga va o’z harakatiga ega uskunani tashkil qiladi. Mahalliy karyerlarda qadamlovchi va qadamlovchi - relsli harakatdagi ag’darma hosil qilgichlar keng tarqalgan (5.3-jadv.). Shuningdek zanjirli harakatdagi ag’darma hosil qilgichlar ham qo’llaniladi (Germaniyada ishlab chiqarilgan).


    7.5-rasm.. Konsolli ag’darma hosil qilgich yordamida ag’darma hosil qilish.

    Konsolli lentali ag’darma hosil qilgichlardan foydalangan holda ag’darma hosil qilish quyidagi jarayonlarga bo’linadi: tog’ jinsini qabul qilish, tashish va ag’darmaga yotqizish, ag’darma yuzasini tekislash, lentali konveyerlarni siljitish. Texnologik ag’darma uskunasi o’z ichiga lentali konveyer va konsolli lentali ag’darma hosil qilgichni oladi, u ag’darma konveyeridan tog’ jinsini qabul qiladi va ag’darmaga joylashtiradi (yotqizadi). Ag’darmaning qabul qilish qobiliyatini oshirish maqsadida (ag’darma konveyerini ko’chirmasdan) ag’darma hosil qilgich va ag’darma konveyeri orasida lentali qayta yuklagich o’rnatiladi. Tog’ jinsini ag’darmaga bir va ikki yarus qilib yotqizish mumkin. Ikki yarusli yotqizishda avval pastki yarus yotqiziladi va orqaga harakatlanishda (konveyerni ko’chirmasdan) - yuqori yarus yotqiziladi. Ag’darma zaxodkasi (o’tish) ag’darma konsolining gorizontal qiyalikka burulishi bilan to’kiladi. Konsolli lentali ag’darma


    hosil qilgichlardan foydalanishda ish fronti ham yelpig’ichsimon ko’rinishda ham parallel sxemada borishi mumkin. Ag’darmalarning yuzasi buldozerlar bilan tekislanadi, ag’darma lentali konveyerlari esa turnodozerlar bilan siljitiladi

    7.1 jadval


    Download 3,73 Mb.
    1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   83




    Download 3,73 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tog’ jinsini tashish masofasi, m

    Download 3,73 Mb.