• Tizimlar sinfi indeksi.
  • Ochiq usulda qazib olish tizimi




    Download 3,73 Mb.
    bet68/83
    Sana12.01.2024
    Hajmi3,73 Mb.
    #136021
    1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   83
    Bog'liq
    Konchilik ishi asoslari

    Ochiq usulda qazib olish tizimi bu, karyer maydoni yoki uning chegarasida bajariladigan ochiq kon ishlarining tartibi va ketma ketligidir.
    Qazib olish tizimi korxonaning ishlab chiqarish unumdorligiga mos ravishda barcha foydali fazilmalarni xavfsiz, rejali va iqtisodiy jihatdan samarali tarzda kompleks qazib olishni ta'minlashi lozim. Qazib olish tizimi karyerda qo'llaniladigan uskunalar kompleksi bilan bog'liq. Agar qazib olish tizimi kon ishlarini olib borishning tartibi va ketma ketligini aniqlab bersa, uskunalar kompleksi esa o'rnatilgan hajm va tartibda kon ishlarini ishlab chiqarilishini
    ta’minlovchi uskunalarning turi, quvvati va joylashtirilishini aniqlab beradi.
    Ochiq konchilik texnologiyasida mavjud qazish tizimlari soni yer osti texnologiyasi tizimlari bilan taqqoslanganda ko'p emas. Biroq, har doim ham u yoki bu karyerda qo'llanilayotgan qazish tizimini nomini ifodalash oson emas, chunki ayni bir qazish turli klassifikatsiyalarda turlicha nomlanishi mumkin. Masalan, prof. E.F.Sheshko klassifikatsiyasidagi transportsiz qazish tizimi akad. V.V.Rjevskiy klassifikatsiyasida qazib olishning yoppa uzunasiga bir bortli tizimi deb ataladi. Bunday holat turli klassifikatsiyalarda ayni bir qazish tizimining turli belgilari xarakterlanishi bilan tushuntiriladi.
    Shuning bilan bir qatorda, qazish tizimining nomlanishi o'quv jarayonida turli fanlarni o'rganishda, kon sanoati amaliyotida, energiya, mehnat va materiallar sarf xarajatlarini me’yorlashda, loyihalashda - samarali texnik yechimlarni tanlash va taqqoslash va shunga o'xshash ko'p soxalarda juda muhim amaliy ma’no kasb etadi. Qazib olish tizimining nomi ma’lum kon-geologik sharoitlarda kon ishlari texnologiyasining shunday jihatlarini o'zida namoyon etishi kerakki, mavjud texnologik kompleksni boshqalaridan sezilarli darajada farqlasin. Bunday jihatlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: birinchidan, bu kon jinslarini qazib olish va yetkazib berish jarayonlarining mexanizatsiyalash usullari, ikkinchidan bu, ish zonasining karyer muhitiga nisbatan va vaqt bo'yicha shakllanishi, ya’ni, uning konstruktsiyasi va dinamikasi (o'zgarishi, rivojlanishi).
    Yuqorida keltirilgan belgilarga mos ravishda ochiq usulda qazib olish texnologiyasi nazariyasida bir necha klassifikastiyalar tavsiya etilgan bo 'lib, ularni ikki guruhga bo 'lish mumkin.
    Birinchi guruhga prof. E.F.Sheshko, akad. N.V.Melnikov va boshqalarning klassifikastiyalarini keltirish mumkin. Bu klassifikastiyalarda ochiq usulda qazish tizimlari jinslarning ag'darmalarga haraktlanish usullaridan kelib chiqib, transportsiz, transportli va kombinastiyalashgan holda bo'lishi mumkin.
    Ikkinchi guruh akad. V.V.Rjevskiy va A.I.Arsentevlarning klassifikatsiyalarida qazish tizimlari ish zonasi shakllanishining tartibidan kelib
    chiqgan holda bo'lingan. Birinchi guruh klassifikatsiyalarining asosiy kamchiligi shundaki, ular tik qiya va qiya joylashgan foydali qazilma konlarini qazib olishning o'ziga xos jihatlarini hisobga olmaydi, vaholanki bunday hollarda ish zonasining asosiy konstruktsiyasi va uning dinamikasi (vaqt bo'yicha shakllanishi) asosiy farqlovchi belgi hisoblanadi. Ikkinchi guruh klassifikastiyalarining kamchiligi shundaki, ular jinslarni ag'darmalarga tashish usulini xarakterlamaydi, vaholanki aynan shu jarayonni amalga oshirish kon tsiklining barcha xarajatlarining 60-70% ini talab qiladi.
    Yuqorida keltirilgan guruh klassifikatsiyalaridan o'rin olgan bir tomonlama va shuning natijasida qazish tizimini to'laqonli bo'lmagan xarakteristikasidan qochish uchun, uning nomlanishida ikkala muhim belgi o'z ifodasini topmog'i lozim, ya'ni kon ishlab chiqarishning asosiy texnologik jarayoni bo'lgan qoplovchi tog' jinslarining tashish usuli, shuningdek ish zonasi konstruktsiyasi va unda ochiq kon ishlari rivojlanish tartibi.
    Bunday yondashuv ochiq usulda qazib olish tizimlari texnologik klassifikastiyasini tavsiya etish imkonini berdi. Unda (17.1 jadval):

    1. ikkala guruh klassifikatsiyalarining asosiy jihatlari birlashtirildi;

    2. ochiq kon ishlari texnologiyasining ikki muhim xarakterli o'ziga xosliklari hisobga olindi;

    v) loyihalash va rejalash amaliyotida qo'llaniladigan qazish tizimini tashkil etuvchi elementlarining an’anaviy nomlanishi saqlab qolindi.
    Tizimlar sinfi indeksi.








    = -S
    и ^
    S -g
    :s .s
    H

    S •­
    a
    «
    S- 5
    g ® ’S
    a js
    .22
    5 о

    Ichki

    Ag'darmani joylashish joyi

    Tashqi


    Download 3,73 Mb.
    1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   83




    Download 3,73 Mb.