|
Konchilik ishi asoslari
|
bet | 65/83 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 3,73 Mb. | | #136021 |
Bog'liq Konchilik ishi asoslari= a..
b6
Maksimal siljitish qadami quyidagi formula bilan aniqlanadi:
Bunda, a - plug asosiy qanotining chiqish uzunligi, m;
b - yo’l o’qidan qiyalik yuqori qismigacha bo’lgan xavfsiz masofa (xavfsizlik bermasi), m.
Portlatilgan tog’ jinsidan ag’darma hosil qilganda xavfsizlik bermasi kengligi 1.8 m dan kam bo’lmasligi kerak, turli tog’ jinslaridan ag’darma hosil qilishda esa bu ko’rsatkich 25% ga oshadi. Ag’darma pluglari uchun harakatlanish qadami 1.54m ni tashkil qiladi.
Plugli ag’darma hosil qilishda ag’darma oxiri berkligining uzunligi 0.5-2.5km oralig’ida o’zgaradi. Plugli ag’darmalar pog’onalarining balandligi 15-25m ni tashkil qiladi va tog’ jinsi turg’unligi bilan xarakterlanadi. Plugli ag’darma hosil qilishning qolgan ko’rsatkichlari ekskavatorli ag’darma hosil qilish bilan bir ko’rinishda bo’ladi.
7.4-rasm. Plugli ag’darma hosil qilish sxemasi:
a - lokomotivtarkiblarning bo’shatilishidan oldin ag’darma qiyaligining holati;
b - bo’shatishdan keyin; v - profillashdan keyin; g - takroriy bo’shatish va yo’llarni siljitishdan
keyin.
Plugli ag’darma hosil qilishning qulayliklari bu uncha qimmat bo’lmagan va ishlatishda oddiy bo’lgan uskunadan foydalanishdir. Plugli ag’darma hosil qilishning kamchiliklariga uning uncha katta bo’lmagan qabul qilish qobiliyati, ko’plab zaxira oxiri berkliklarning mavjudligi, harakatlanishning kichik qadami, ko’plab kam mexanizatsiyalangan yo’l ishlarining hajmi, yumshoq tog’ jinslarini yotqizishning murakkabligini (asosan yomg’irli davrda) kiritish mumkin.
Abzettserli ag’darma hosil qilish. Abzettserli ag’darma hosil qilish dumpkarlarni tekis bo’lgan ag’darma yuqori yuzasiga parallel bo’lgan ag’darma yuzasida joylashgan transheyalarga bo’shatish, tog’ jinsini transheyadan olish, tog’ jinsini ag’darmaga tashish, ag’darma yuzasini loyihalash va yo’llarni ko’chirishni o’z ichiga oladi.
Abzettser - to’la xususiyatli ko’p cho’michli ekskavator, u lentali konveyerli bo’shatish konsoliga ega. Qabul qilish transheyasidan tog’ jinsini cho’michi bilan olinadi va pitatel yordamida bir tekisda konveyerga tushadi, u esa o’z o’rnida ag’darmaga tog’ jinsini yuboradi. Abzettserlar qoidaga ko’ra relsli harakatga ega. Ag’darmani tog’ jinsi bilan bo’shatish abzettser yordamida transheya bo’ylab amalga oshiriladi. Avval ag’darmaning tashqi qismi hosil qilinadi, keyin esa ichki, bunda bo’shatish konsoli gorizontal yuzaga buriladi.
Ag’darma pog’onasi ikkita nimpog’ona bilan hosil qilinadi. Abzettser, qabul qilish transheyasi va yo’l bu holatda pastki nimpog’ona ustida joylashadi. Pastki nimpog’onaning mumkin bo’lgan balandligi uning turg’unligi bilan chegaralanadi, yuqori nimpog’onaning balandligi esa - abzettserning o’qi uzunligi, uning qiyalik burchagi, yuqori nimpog’onaning qiyaligi turg’unligi bilan va abzettserning yo’lga nisbatan joylashuvi bilan chegaralanadi. Abzettserli ag’darma hosil qilishning balandligi 90 m gacha bo’ladi. Yuqori nimpog’onaning balandligi 20-35 m, pastkisi esa 40-55 m.
Tog’ jinsini joylashtirgandan keyin ag’darma yuzasini tekislash yoki abzettserning ramasi bilan yoki buldozer bilan amalga oshiriladi.
Ag’darma ekskavatorlarining yo’li asosan ko’p relsli bo’ladi, shu sababli ularni cheksiz harakatdagi yo’l ko’chirgichlar bilan ko’chiriladi.
Ag’darma o’tishning kengligi 40-60m oralig’ida o’zgaradi. Bu ko’rsatkich ag’darma konsolining uzunligi va uning qiyalik burchagiga bog’liq.
Ag’darma oxiri berkligining uzunligi abzettserning cheksiz ish holatini ta’minlash imkoniyati bilan hosil qilinadi va uning unumdorligiga ko’ra 1-2 km ni tashkil qiladi. Abzettserning texnik unumdorligi 2000-7000 м3/ соат ni tashkil qiladi.
Abzettserlar faqatgina ko’p cho’michli ekskavatorlar bilan qazib olinadigan yumshoq va maydalangan tog’ jinslaridan ag’darma hosil qilishda qo’llaniladi.
Ular yuqori unumdorlikka ega va ag’darmaning yuqori balandligida uning turg’unligi ta’minlay oladilar. Abzettserning kamchiliklari bu, uning iqlimiy ish sharoitlariga bog’liqligi, qurilishning katta kuch talab qilishi va abzettserli yo’llarning saqlanishining murakkabligidir.
Buldozerli ag’darma hosil qilish. 220 kVt va undan yuqori kuchga ega buldozerlarning ishlab chiqarilishi bilan karyerlarda temiryo’l transporti bilan birga ag’darma hosil qilishda qo’llanilmoqda. Bunday ag’darma hosil qilish holatida ag’darma pog’onasi ikkita nimpog’onaga bo’linadi. Tog’ jinsi pastki nimpog’ona ustiga bo’shatiladi (transport yo’llari yuqori nimpog’onada joylashadi) va buldozerlar bilan pog’ona qiyaligiga qarab suriladi.
Yuqori nimpog’onaning balandligi bo’shatiladigan tog’ jinsining balandligi yo’llar darajasidan past bo’lishi kerak, ya’ni 1.5-2.5 m orasida bo’lishi kerak. Shpallarning tashqi uchidan yuqori nimpog’onaning yuqori qismigacha bo’lgan masofa 1m dan kam bo’lmasligi kerak. Pastki nimpog’onaning balandligi uning turg’unligiga ko’ra qabul qilinadi.
Ag’darma zaxodkasining kengligi (yo’llarna qayta yotqizish qadami) buldozerning unumdorligi, qoplovchi tog’ jinsi hajmi, poezdning foydali massasi, ag’darmadagi yo’llarning rivojlanish sxemasi va ag’darma yo’llarning ko’chirilishga bo’lgan xarajatlar bilan aniqlanadi. Ag’darma zaxodkaini 30-70 m qilib qabul qilish iqtisodiy jihatdan samarali hisoblanadi. Ag’darma oxiri berkligining ratsional uzunligi 1.2-1.5 km oralig’ida bo’ladi.
Buldozerli ag’darma hosil qilishning yon, frontal va kombinatsiyalashgan sxemalari mavjud. Yon sxemada tog’ jinsini yotqizish buldozerning diagonal o’tishlari bilan amalga oshiriladi. Bo’shatish frontining uzunligi lokomotiv tarkibning uzunligiga va undan oshiqroqqa teng. Bu sxema oxiri berklikni hosil qilish va yuqori nimpog’onaga tog’ jinsini joylashtirish uchun qo’llaniladi. Frontal sxemada tog’ jinsi qisqa masofa bo’yicha tashiladi (ag’darma normali va fronti bo’yicha). Bitta yoki bir necha buldozerlar ishlashi mumkin. Bu sxema pastki nimpog’onaga tog’ jinsini tashlashda qo’llaniladi. Kombinatsiyalashgan sxemada
tog’ jinsi kamida ikkita buldozer bilan tashiladi, ulaming texnologik xususiyatlari chegaralangan. Birinchi buldozer burulish lemexi bilan tog’ jinsini uyumdan oraliq masofaga uncha katta bo’lmagan uzoqlikka tashiydi, bunda u lokomotivtarkiblar bo’shatilishi uchun va burulmaydigan lemexli buldozer uchun ish sharoitini yaratadi. Ikkinchi buldozer qisqa masofa bo’yicha tog’ jinsini pog’ona qiyaligiga ko’chiradi. Sxema katta unumdorlikka ega va pastki nimpog’onaga tog’ jinsini joylashtirish uchun qo’llaniladi.
Buldozerli ag’darma hosil qilishning qulayligi bu yo’llarning qayta yotqizish qadamining buldozer chiziqli o’lchamlariga bog’liq emasligi, ag’darma oxiri berkligining yuqori qabul qilish xususiyati, uncha katta bo’lmagan kapital va ekspluatatsion [arajatlar. Kamchiliklari - buldozerning ish unumdorligi iqlimiy sharoitlarga va tashish masofasiga bog’liqligi (5.2 jadv.), shuningdek g’aramlanadigan tog’ jinsi turiga, buldozerning yurish qismining katta miqyosda yemirilishi va qimmat yoqilg’ining katta sarfi.
Bultdozerli ag’darma hosil qilish usulini ag’darma balandligi 20 m dan yuqori bo’lgan hollarda va yaxshi maydalangan yumshoq va yarim qoyasimon tog’ jinslarini g’daramalashda qo’llash ma’qul. Buldozerli ag’darma hosil qilishning unumdorligi shuningdek 350-500 kVt kuchga ega buldozerlarni qo’llaganda oshadi. Xuddi shunday ish sharoitlarida buldozerlarning o’rniga (yoki ular bilan birga) ag’darma ishlarida yuklagichlardan ham unumli foydalanish mumkin.
|
| |