|
O’lchamlar
Ag’darma hosil qilgichlar
|
bet | 67/83 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 3,73 Mb. | | #136021 |
Bog'liq Konchilik ishi asoslariO’lchamlar
|
Ag’darma hosil qilgichlar
|
OSH-
650/75
|
OSH-
4500/87
|
ORSH-
12500/110
|
ORSH-
5000/95
|
ORSH-
12500/220
|
Soatli unumdorlik (maydalangan massada), м3
|
650
|
4500
|
12500
|
5000
|
12500
|
Bo’shatish radiusi, m
|
75
|
87
|
110
|
95
|
220
|
Bo’shatish balandligi, m
|
25
|
25
|
36
|
33
|
65
|
Qabul qilish konsolining uzunligi, m
|
17
|
31
|
30
|
47
|
60
|
Platformaning burilish burchagi, gradus
|
360
|
360
|
360
|
360
|
360
|
Qabul qilish konsolining burulish burchagi, gradus
|
0
|
± 65
|
± 90
|
± 105
|
± 90
|
Konveyer lentasi kengligi, mm
|
1200
|
1600
|
2500
|
1600
|
2500
|
Lentaning
harakatlanish tezligi,
m/s
|
3.3
|
5
|
6
|
5
|
6
|
Harakatlanish usuli
|
Qadamlovchi
|
Qadamlovchi - relsli
|
Massa, t
|
205
|
830
|
2500
|
2770
|
7000
|
Elektrdvigatellarning o’rnatilgan kuchi, kVt
|
170
|
1840
|
3000
|
3500
|
10000
|
Konsolli ag’darma hosil qilgich tomonidan hosil qilinadigan ag’darmaning balandligi tog’ jinsining fizik-texnik xususiyatlariga va ag’darma hosil qilgichning o’lchamlariga bog’liq. Ikki yarusli to’kishda bu ko’rsatkich mos ravishda maydalangan quruq va nam tog’ jinslarida mos ravishda 50-70 va 35-40 m ni tashkil qiladi.
Ag’darma o ’tish kengligi (m) ag’darma hosil qilgichning o’lchamlariga va tog’ jinsining turg’unligiga bog’liq va quyidagi formula bilan aniqlanadi
Ао = Lcm - b6
Bunda, Lcm - ag’darma hosil qilgich o’qining chiqish uzunligi, m; b6 - ag’darma hosil qilgich va ag’darma pog’onasi yuqori qismi orasidagi xavfsiz masofa, m.
Konsolli ag’darma hosil qilgichlarni lentali konveyerlar bilan birga ishlatishda tog’ jinsini tashish va ag’darma hosil qilish ishlari avtomatlashtiriladi.
8. BOB. KONLARNI OCHIQ USULDA QAZIB OLISH
TIZIMLARI TARKIBI.
8.1. Umumiy ma’lumotlar
Konni ochiq usulda qazib olish tizimi deganda kon-tayyorlash, ochish va qazib olish ishlarining bajarilish ketma-ketligi tushuniladi. Muayyan karyer holatida qabul qilingan qazib olish tizimi barcha atrof muhitni muhofaza qilish qoidalarini bajargan holda, foydali qazimla zaxiralarini xavfsiz, iqtisodiy va to’la qazib olishni ta’minlashi kerak.
Gorizontal va nishab konlarni qazib olishda kon-tayyorlash ishlari karyerning qurilish davrida yakunlanadi. Bu holatda foyalanish davrida yangi gorizontlarni ochish talab qilinmaydi va qazib olish tizimi ochish va qazib olish tartibini ko’rsatadi. Bevosita yer yuzasiga chiqadigan foydali qazilmalarni qazib olishda ochish ishlari mavjud bo’lmaydi va katta e’tibor talab qilmaydi. Unda qazib olish tizimi qazib olish va yangi gorizontlarni ochish bo’yicha kon-tayyorlash ishlarini ko’rsatadi.
Ochish, qazib olish va kon - tayyorlash ishlarini bajarish uchun muayyan tartibda va ketma-ketlikda turli kon va transport uskunalari qo’llaniladi. Karyerda texnologiya tanlashda barcha asosiy va yordamchi ishlar mexanizatsiyalanganligini ta’minlash holati bajarilishi kerak, tanlanadigan mexanizatsiyalar va mashinalar o’zining unumdorligi bilan bir biriga mos kelishi va belgilangan kon ishlarini bajarish qobiliyatiga ega bo’lishi kerak, bu esa kompleks mexanizatsiyalash talablariga to’g’ri keladi. Ochiq kon ishlarini mexanizatsiyalash nafaqat og’ir qo’l mehnatini mexanizatsiyalashda, balki yuqori unumdorlikka erishishni ham talab qiladi. Shu sababli asosiy va qo’shimcha ishlarni bajarishda eng yaxshi texnik ko’rsatkichlarga erishish bilan yaxshi iqtisodiy ko’rsatkichlarga erishish talablarini qo’yiladi. Kon massasini zaboylardan bir tekisda qazib olib qoplovchi tog’ jinsini ag’darma va foydali qazilmalarni boyitish fabrikalariga tashishga xizmat qiladigan kon-transport, maydalash-ajratish va karyerdagi qo’shimcha uskunalar majmuasi karyerning kompleks mexanizatsiyalash asosini tashkil qiladi. Konning qazib olish tizimi va karyerning kompleks mexanizatsiyalanishi o’zaro bog’liq.
Qazib olish tizimi elementlarining o ’Ichamlari (pog’onalar balandligi, ishchi va ishchi bo’lmagan maydonlar kengligi, ish fronti uzunligi, ish frontining siljish tezligi, panellar o’lchamlari va boshqalar) uskunalar majmuasi parametrlari bilan bog’liq. Shu sababli ular bir bo’lgan ochish va qazib olish va uskunalar majmuasining texnologik ko’rsatkichlari bilan birgalikda ko’rilishi kerak. Bu texnologiya va kompleks mexanizatsiyalashning birligini ta’minlash maqsadida akad. V.V.Rjevskiy tomonidan ochish va qazib olish texnologik komplekslariga uskunalar va texnologik yechinmalar birligi tushunchasi kiritilgan (birinchi o’rinda qazib olish tizimi va ularning parametrlari bo’yicha), ular o’zaro belgalangan hajmlarda kon ishlarining xavfsiz, yuqori unumli va iqtisodiy bajarilishini ta’minlaydi. Kon ishlarining texnologik majmualari qo’llaniladigan uskunalar majmuasi bilan farq qiladi, ularning variantlari esa - kon uskunasining turi va parametrlari bilan farq qiladi, shuningdek uskunalarning texnologik o’rnatilish variantlari bilan ham farq qiladi. Bir turdagi uskunalarda texnologik majmualar karyer ishchi maydoniga ko’ra rejada va chuqurlikda turlicha joylashishi mumkin. Bu o’rinda faqatgina ochish va qazib olish ishlarining texnologik o’lchamlari o’zgaradi. Bunday turdagi texnologik majmualar ekskavatsiya sxemasi deb ataladi.
Qazib olish tizimi elementlari va ularning o’lchamlari
Qazib olish tizimi elementlariga pog’ona, pog’ona ish fronti, karyer ishlar fronti, karyerning ishchi maydoni, ishchi maydonchalar, transport va xavfsizlik bermalari kiradi.
Pog’onalar. Pog’onaning asosiy parametri uning balandligi hisoblanadi, bu ko’rsatkich bevosita uskunaning unumdorligiga, qazib olingan foydali qazilma sifatiga, karyer bortining qiyalik burchagi, ishl fronti uzunligi, transport aloqalarining uzunligi, kon-kapital ishlari va boshqalarga ta’sir qiladi. Pog’onaning balandligi yuqori ko’rsatilgan majmualar faktorlariga ko’ra belgilanadi. Pog’onaning balandligini belgilashda asosiy talablardan biri qo’llaniladigan uskunaning xavfsiz ishlash sharoitini ta’minlanishidir. Gorizontal va nishab kon uyumlarini qazishda pog’ona balandligi asosan qazilmaning qalinligiga va qoplovchi tog’ jinsiga ko’ra tanlanadi. Qiya va tik qiya konlarda pog’ona balandligi qo’llaniladigan uskuna va qazib olish sifatiga ko’ra tanlanadi. Bir turdagi qoplovchi tog’ jinslarini va qalin kon uyumlarini qazib olishda pog’ona balandligi qo’llaniladigan uskunalarga ko’ra tanlanadi, bunda qoyasimon tog’ jinslarini qazib olishga tayyorlash va tashishga bo’lgan xarajatlar kamayadi. Shu o’rinda Texnik foydalanish talablariga ko’ra qoyasimon va yarim qoyasimon tog’ jinslarini qazib olishda pog’ona balandligi ekskavatorning maksimal qazish balandligidan foydali qazilma balandligi ekskavator qazish balandligidan bir qatorli va ikki qatorli portlatishda 1.5 martadan oshmasligi kerak. Ko’p qatorli portlatishda tog’ jinsi uyumi ekskavatorning maksimal qazish balandligidan 1.5 barobaridan oshmasligi kerak. Ekskavator bilan yuqoridan yuklashda uzaytirilgan ishchi a’zoda pog’ona balandligi ekskavatorning o’lchamlari bilan aniqlanadi. Murakkab tuzulishli kon uyumlarini qazib olishda pog’ona balandligining oshishi bilan yo’qotishlar va bo’sh tog’ jinslari bilan aralashuvlar ko’payadi. Shu o’rinda pog’ona balandligi ekskavatorning qazish balandligidan oshmasligi kerak. Ba’zida yo’qotishlarni kamaytirish maqsadida pog’onalar ikkita nimpog’onaga ajratiladi.
Oddiy tuzulishli konlami qazib olish amaliyoti shuni ko’rsatadiki, pog’onalaming ratsional balandligi mos ravishda ekskavatorlar cho’mich hajmi 3-5 va 8.12.5 M bo’lganda 11-14 va 16-19 m bo’ladi. Aniq holatda pog’ona balandligi yuqorida ko’rsatilgan faktorlarga ko’ra aniqlanadi va yuqorida ko’rsatilgan kattaliklardan farq qilishi mumkin.
Pog’onaning qiyalik burchagi a tog’ jinslarining fizik-texnik xususiyatlari, qo’llaniladigan uskunalar va pog’onalaming turish davomiyligiga bog’liq.
Pog’onalaming ishchi maydoni. Pog’onalarning ishchi maydonlarining minimal mumkin bo’lgan qiymatlari asosan qo’llaniladigan uskunalar, karyer transporti turi, transport vositalarining harakatlanish sxemalari, pog’onalar balandligi, tog’ jinsi qattiqligiga bog’liq bo’ladi. Qoyasimon tog’ jinslarini qazib olishda mexanik kuraklar va g’ildirakli transportdan foydalanganda ishchi maydonning minimal kengligi Bpn portlatilgan kon massasi yig’indisidan x , uyumning pastki qismidan transport chizig’igacha bo’lgan xavfsiz masofadan S, transport chizig’ining kengligidan T, yordamchi uskunalar uchun bo’lgan maydonning kengligidan Пв va xavfsizlik bermalari z kengligidan hosil bo’ladi (8.1-rasm.). Yumshoq tog’ jinslarini qazib olishda uyumning kengligi o’rnida butunlik bo’yicha zaxodkaning kengligi A qabul qilinadi. Uyumning kengligi x tog’ jinsi xususiyatlari, portlatish usuli, PM kattaligi va zaryad turlari, pog’ona balandligi, skvajinalarni portlatish tartibiga bog’liq bo’ladi. Taxminiy hisoblar uchun quyidagi uyum kengligini qabul qilish mumkin: oson portlatiladigan tog’ jinslaridax = 1,2^, o’rtacha portlatiladiganx = 2.3^ va qiyin portlatiladigan tog’
jinslarida x = 3hy .Transport chizig’ining kengligi transport vositalarining turi va
harakatlanish sxemasiga bog’liq bo’ladi. Пв kattaligi 2.5-3.5 m ga teng qilib qabul qilinadi. Xavsizlik bermalarining kengligi o’pirilishi mumkin bo’lgan prizmasi kengligi bilan aniqlanadi.
8.1-rasm.. Pog’ona ishchi maydoni kengligini aniqlash sxemasi
EKG-5 va EKG-8 turdagi mexanik kuraklardan foydalanishda va temiryo’l transportida ishchi maydonning minimal kengligi mos ravishda yumshoq tog’ jinslarida 26-31 va 29-33 m ni, qoyasimon tog’ jinslarida 39-52 va 45-60 m ni tashkil qiladi. Avtomobil transportidan foydalanishda ishchi maydon kengligi mos ravishda yumshoq va qoyasimon tog’ inslarida 23-30 va 37-52 m ni tashkil qiladi.
Pog’ona ish fronti - pog’onaning kon ishlariga tayyorlangan bir qismi. Pog’onada ish frontini tayyorlash kerakli kenglikdagi ish maydonini hosil qilish va kon-transport uskunalarining ishini ta’minlash uchun transport va energiya aloqalarini keltirishga asoslangan. Alohida pog’onalarning ish fronti umumiy uzunligi karyer ishlar frontini tashkil qiladi, bularda ochish ishlarini bajaradigan ochuvchi ishlar frontiga va qazib oluvchi pog’onalardagi ishlar frontiga ega qazib olish frontiga bo’linadi. Birlamchi ishlar frontini hosil qilish va ularni ish vaqtida siljitish mustaqil amalga oshirilmaydi. Pog’onalarni kesish (qirqim transheyalar o’tish yo’li bilan) va ish frontini ko’chirish ish vaqtida kerakli ochuvchi va qazib oluvchi pog’onalari sonini ta’minlash bilan bajariladi.
Ishlar frontining birlachi holati karyer maydonining uzun va qisqa o’qida shuningdek aralash joylashtirilishi mumkin (8.2-rasm.). Ish frontining karyerning uzun o’qi bo’ylab joylashtirish qazib olishning tezlikda amalga oshirilishini va katta miqdorli qoplovchi tog’ jinsini qazib olishni ta’minlaydi. Lekin ish frontining bunaqa joylashuvi karyer qurilishida katta kon-kapital ishlarini bajarish va katta transport aloqalarini talab qiladi. Bu usulni uncha katta bo’lmagan qoplovchi tog’ jinslarida qo’llash mumkin. Ish frontini karyer maydonining qisqa o’qida joylashtirganda nisbatan kam kon-kapital ishlari va transport aloqalari qisqa bo’ladi. Lekin shu o’rinda karyeming unumdorligini oshirish va foydali qazilmalarning ochilgan zaxiralarini oshirish imkoni cheklangan. Pog’onalarni ochish va transport aloqalarining tez-tez ko’chirilishi sababli foydalanish murakkablashadi. Bunday frontning joylashuvi katta miqdordagi qoplovchi tog’ jinslari mavjudligida ma’qul. Bunday holatda qoidaga ko’ra kichik mobil bo’lgan transport vositalari qo’llaniladi.
Ish frontning markazlashgan joylashuvi karyer ishi vaqtida uning joylashuvi o’zgarishini talab qiladi. Bunaqa joylashuv minimal kon-kapital ishlarni amalga oshirish va katta chuqurlishish tempiga ega bo’lish imkonini beradi.
Pog’ona ish fronti karyer maydonining uzun yoki qisqa o’qi bo’ylab uning bir chegarasidan ikkinchisiga qarab parallel harakatlanishi mumkin (bir bortli qazib olish), shuningdek karyer maydonining uzun va qisqa o’qi bo’ylab chegaralrga qarab parallel (ikki bortli qazib olish), ratsional qazib olish qatlami markazidan uning chegaralariga qarab yoki pereferiya maydonlaridan markazga qarab, karyer maydoni chegarasida yoki uning yonida joylashgan o’ra bo’yicha burulish nuqtalaridan harakatlanishi mumkin (8.2-rasm.).
Pog’ona ishlar fronti uzunligiьфу va uning siljish tezligi^ ekskavatorning
belgilangan yillik unumdorligini ta’minlashga mos bo’lishi kerak, bu esa quyidagi formula bilan aniqlanadi:
Пэ.г = уУф 1 Ns.у
Bunda, Кэ.у - bitta pog’onada ishlovchi ekskavatorlar soni.
Pog’onadagi ekskavatorlar soni turlicha bo’lishi mumkin, lekin quvvatli uskunadan foydalanishda pog’onada bitta ekskavatordan foydalanish ma’qul, uning unumdorligi rejalashtirilgan ish hajmiga teng bo’lishi kerak. Bu pog’onadagi ishlarni tashkil qilishni osonlashtiradi va ukunaning unumdorligini oshirishga yordam beradi.
8.2-rasm.. Ish frontining joylashuv tartibi va harakatlanishi:
a - karyer maydonining parallel uzun o’qi bo’ylab ish frontini bir chegaradan ikkinchisiga parallel harakatlantirish; b - xuddi o’sha, faqat qisqa o’q bilan; v, g - mos ravishda karyer maydonining uzun va qisqa o’qi bo’ylab ish frontini oraliq joylashuvdan chegaraga parallel ko’chirish; d - frontning markazdan karyer maydoniga qarab radial ko’chirish; e - xuddi o’sha, chegaradan markazga qarab; j, z - frontning yelpig’ichsimon harakatlanishi mos ravishda karyer maydoni chegarasida va uning yonida burilish nuqtalari bilan ko’chirish
Ish frontining kichik uzunligida va uning kichik siljish tezligida bir guruh pog’onalarni bitta ekskavator bilan qazib olish talab qilinadi, bu esa davriy transport aloqalarining joyini o’zgartirishni talab qiladi. Ekskavatorlarni (nisbatan kuchli) pog’onadan pog’onaga ko’chirish ularning unumdorligining pasayishi bilan bog’liq va texnik sabablarga ko’ra ma’qul emas.
Pog’onada ikki va undan ortiq ekskavatorlarning ishlashida pog’ona ishlar fronti bloklarga bo’linadi, ularning uzunligi EKG-5 va EKG-8 ekskavatorlari
uchun mos ravishda avtomoil va temiryo’l transportidan foydalanganda 500-600 va 1000-1400m ni tashkil qiladi.
Ish frontining siljish tezligi uskunaning quvvatiga, kon uyumi qalinligiga, karyer unumdorligiga va boshqa faktorlarga bog’liq va 30-250 m/yil oralig’ida bo’ladi. Asosan ishl frontining yillik harakatlanish tezligi 40-140 m oralig’ida bo’ladi.
Karyerning ishchi maydoni - bu ochish va qazib olish ishlari bajariladigan maydon. U bir vaqtda ishda bo’lgan ochish va qazib olish pog’onalarining mavjudligi bilan asoslanadi. Ishlar maydonining joylashuvi ishchi pog’onalarining balandlik nuqtalari va ularning ish fronti uzunligi bilan xarakterlanadi. Ishchi maydon o’zidan vaqt bo’yicha harakatlanadigan va o’zgaradigan yuzani tashkil qiladi, uning chegaralarida kon massasini tayyorlash va qazib olish amalga oshiriladi. U karyerning bir, ikki yoki barcha bortlarini o’z ichiga olishi mumkin. Karyerning qurilishida ishchi maydon qoidaga ko’ra, faqatgina ochuvchi pog’onalarni o’z ichiga oladi, kon-kapital ishlarning yakuniga ko’ra qazib oluvchilarni ham o’z ichiga oladi. Ishchi maydondagi qazib oluvchi, ochuvchi va kon-tayyorlash zaboylarining soni mustaqil tanlanmaydi, buning sababi alohida ishlarning bajarilishi bu ko’rsatkichlarga bog’liq bo’ladi. Karyerda har bir ekskavator ish vaqtida muayyan gorizontal maydonni S6 egallaydi, u ishchi maydonning kengligi врп va ekskavator blokining uzunligi L bilan xarakterlanadi.
Asosan temiryo’l transportida S6 = 20^40минг.м2 va avtomobil transportida
Ss = 5 ^ 10минг.м2.
Karyer ishchi maydonida joylashishi mumkin bo’lgan ekskavator bloklarining soni quyidagi formula bilan aniqlanadi:
N = k0 к p 6 S р з / S6
Bunda, ко =0.85-0.93 - ishchi maydondagi pog’onalarning qiyaliklarini inobatga oluvchi koeffitsiyent;
kp6 = 0,7 ^ 0,8 - zaxira bloklarining mavjudligini inobatga oluvchi koeffitsiyent (ishchi bo’lmagan).
Konni qazib olish davrida ishchi maydonning o’zgarishi turlicha bo’ladi. Karyerning qurilish davrida va uning quvvatini aniqlashda ishchi maydon rejada va balandlikda turli konlarni qazib olishda oshadi. Karyerning loyiha quvvatini aniqlashda ishchi maydon maksimal nuqtaga erishadi. Gorizontal va nishab konlarni qazib olishda ishchi maydonning balandlik nuqtasi uncha o’zgarmaydi (asosan yuza relyefining o’zgarishidan va foydali qazilmaning joylashish chuqurligidan) va uning o’lchamlari rejada faqatgina karyer konfiguratsiyalarining o’zgarishi sababli o’zgaradi (7.3-rasm.). Bunday konlarning qazib olish davrida kon - tayyorlash ishlari bo’lmaydi. Gorizontal va nishab konlarni qazib olishda ishchi maydon asosan qoplovchi tog’ jinsi va foydali qazilmada cheksiz va nisbatan o’lchamlar bo’yicha doimiydir. Shu sababli ular uzunasiga rivojlanadi. Qiya va tik qiya konlarda karyerning chuqurlashishi bilan ishchi maydon ham pasayadi (8.3-rasm.). Yangi pog’onalarni kesish oqibatida yuqoridagi gorizontlar karyer chegarasigacha bormaguncha ularning kattaligi oshadi. Maydonning tekis relyefida karyerning ikkala bortining qazib olinishida ishchi maydonning yuzasi (м2) quyidagi formula bilan aniqlanadi:
SP.3 = [hp.3 (CtgPe + °tgPn ) + Вд ] h.у
Bunda, h - ishchi maydon balandligi, m;
pe, рл - mos ravishda qazilmaning yotgan va osilgan tomonidan ishchi bort qiyalik burchagi, daraja;
В - karyer tubi kengligi, m;
By - pog’onalar ish frontining o’rtacha uzunligi, m.
Yuqorida karyer chegaralariga yetgandan keyin yuqori gorizontlarda ishlar to’xtatiladi va ishchi maydon vertikal bo’yicha siljiydi (chuqurlashadi) va uning o’lchamlari kamayadi. Shu sababli qiya va tik qiya konlarni qazishda ishchi maydon chuqurlashuvchi deb ataladi.
8.3-rasm.. Gorizontal (a) va tik qiya (b) kon uyumlarini qazishda karyerning ishchi maydoni (sonlar bilan karyer ishchi maydoni holatining o’zgarishi ko’rsatilgan); K- karening oxirgi konturi
Ochiq usulda qazib olish tizimi klassifikatsiyalari.
Konlami qazib olish klassifikatsiyalari ochish tizimlari bilan bir qatorda ham yer osti usulida, ham ochiq usulda qazib olish texnologiyalarining muhim tashkil etuvchi qismi hisoblanadi.
Mavjud kon geologik va tashkiliy iqtisodiy sharoit uchun ratsional va to'g'ri tanlangan qazish tizimi ko'p jihatdan kon ishalrining iqtisodi va xavfsizligini, shuningdek atrof muhitga bo'lgan ta'sirini aniqlaydi.
|
| |