|
Tashish va ko'tarish ishlarini bajaruvchu uskunalar sinflari7
|
bet | 56/83 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 3,73 Mb. | | #136021 |
Bog'liq Konchilik ishi asoslariTashish va ko'tarish ishlarini bajaruvchu uskunalar sinflari7
Ish
|
Usul
|
Tashish
masofasi
|
Ko'tarish imkoniyati egaligi (gradius)
|
O'rtacha
|
Maks.
|
Tsiklli
|
Temir yo'l (poezd) Avtoo' zagdargich Avtopoezd
|
chegaralanmagan 0.2-5mil (0.3-8km)
|
2
8
|
3
12
|
Skreper
|
500-5000ft
(150-1500m)
|
12
|
15
|
Frontal yuk tashuvchi
|
<1000ft (300m)
|
8
|
12
|
Buldozer
|
<500ft (150m)
|
15
|
20
|
Skifli ko'targich
|
<8000ftvertikal.
(2400m)
|
chegaralanmagan
|
Kanatli (arqon) yordamida
|
0.5-5mill (0.8-8km)
|
5
|
20
|
7 Howard L. Hartman, Jan M. Mutmansky. Introductory Mining Engineering, 2002, р 584.
Uzluksiz
|
Lentali konveyer
|
02-10mil (0.3-16km)
|
17
|
20
|
O'ta qiya konveyer
|
<1mil (1.6km)
|
40
|
60
|
Gidravlik uskunalar (quvurlar)
|
chegaralanmagan
|
chegaralanmagan
|
Uzluksiz transport turi unumliroq transport turi bo'lib, kon ishlarini uzluksiz olib borilishini, boshqarishni avtomatlashtirishni va yuqori ish unumdorligini ta'minlaydi. Uning qazuvchi-yuklovchi va ag'darma hosil qiluvchi texnikalar bilan birgalikda ishi butunlay avtomatlashtirilgan yuqori unumdorlikka ega bo'lgan komplekslarni tashkil qilib, tog' jinslarini qazib olishga xizmat qiladi. Masalan, rotorli ko'p cho'michli ekskavatorlar, konveyer transporti, transport-ag'darma ko'prigi yoki ag'darma hosil qiluvchi komplekslari. Karyerlarda tog' jinslarini qazib olishda uzluksiz ishlaydigan komplekslarni qo'llaganda yuk oqimini soddalashtiradi, karyerlarda uskunalarni ishlatish darajasi ortadi.
Karyerlarda avtomobil transporti keng qo'llaniladi. Bunga sabab uning avtonomligi, harakatchanligi, topogorafik, geologik va ob-havo sharoitlarida ham yuqori unumdorligi va temir yo'l transportiga nisbatan soddaroq tuzilganidir.
Avtomobil transporti tashish masofasi 4-5 km bo'lgan va yillik yuk aylanish hajmi uncha katta bo'lmagan, ya’ni 15-20 mln.t bo'lgan hollarda karyerda keng qo'llaniladi. Ishlash printsipi kon massasini zaboylardan qabul qilish punktlarigacha tashish va to'kishdan iborat.
Karyerlardagi avtomobil yo'llaridan foydalanish sharoitlariga qarab yo'llar kapital va vaqtinchalik yo'llarga bo'linadi. Kapital yo'llar doimiy uchastkalarda, yer yuzasida, transheyalarda va transport bermalarida quriladi. Kapital yo'llar yo'l qoplamasiga ega. Vaqtinchalik yo'llar zaboylarda, ishchi maydonchalarda, suriluvchi tushish joylarida va ag'darmalarda quriladi. Ular pog'ona va ish frontining siljib borishi bilan davriy o'zgarib turadi va yo'l qoplamasiga ega emas.
Yo'llar yuk zichligi, bir kilometr uzunlikdagi yuk miqdori yoki harakat uzluksizligi vaqt birligi ichida bir tomonga o'tgan mashinalar soni bilan
xarakterlanadi. Yuk ko'tarish va harakat uzluksizligi bo'yicha kapital yo'llar uch kategoriyaga bo'linadi va o'z qoplamalari xususiyatlari ularning ko'rsatkichlari bilan farqlanadi.
1mil>500ft>1000ft>
|
| |