• 5.7. Rasm. Draglaynning ishlash sxemalari.
  • Konchilik ishi asoslari




    Download 3,73 Mb.
    bet51/83
    Sana12.01.2024
    Hajmi3,73 Mb.
    #136021
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   83
    Bog'liq
    Konchilik ishi asoslari

    5.5-rasm.
    Draglaynning ishchi parametrlari.


    5.6. Rasm. Draglayn zaboylari.
    Draglaynlar asosan karyerlarda ochish ishlarini olib borish va ochish ishlaridan hosil bo'lgan tog' jinslarini ishlangan bo'shliqlarga joylashtirishda qo'llaniladi hamda karyerlarni qurayotganda transheyalarni qazish uchun ishlatiladi.
    Pog'ona balandligi draglaynning qo'llash prizmasi chegarasidan tashqarida joylashishini hisobga olgan holda, cho'michlash chuqurligiga qarab belgilanadi (qazish joyi tekisligiga 30-60° ). Kirish kengligi V(m) - draglaynning qaytib olish burchagi (^ va y2) ni hisobga olgan holda cho'michlash radiusi bilan aniqlanadi (siljish uqiga nisbatan 45° dan yuqori emas).
    V = Rch ( sin^i + sin^2 ).
    Qazish joylarini pastdan cho'michlab qazib olishda -avvalo tepadan pastga qarab gorizontal qatlamlar bilan qirqib olinadi. Draglaynning siljish qadamining kattaligiga qarab, har qaysi qatlam cho'mich to'ladigan masofada qazib olinadi. Qazib olishning har bir bosqichi pog'ona qiyaligidan boshlanadi. Qatlamlar to'la balandlik bo'yicha qazib olinib bo'lganidan keyin, qazish joyida qolgan tog' jinslari qiya qatlamlar bilan qazib olinadi.
    Yuqoridan cho'michlab qazib olish uchun draglayn cho'michining sig'imi 10m3 dan kam bo'lmasligi kerak. Bunda, pog'ona balandligi (h) - qazish joyida ekskavator burilganida cho'michi bilan pog'onaga tegib ketmasligi uchun h = 0,8 Hr dan katta bo'lmasligi kerak. Ekskavator cho'michi toyib (inib) ketmasligi uchun qazish joyi tekisligining qiyalik burchagi 20-25° bo'ladi.


    5.7. Rasm. Draglaynning ishlash sxemalari.
    a, b, v - yon qiya zaboyda ishlash sxemasi; a - pog'ona yuqori qatlamida, b - pog'onaning oraliq qatlamida, v - pog'ona pastki qatlamida; g - pog'ona pastki qatlamida boshi berk (tupikli) zaboyda ishlash sxemasi.
    Ba’zi bir draglaynlarning ish rejimi yarim avtomatlashtirilgan. Ekskavatorni boshqarish tizimiga elektron qurilma ulanadi va mashinist tomonidan cho'michlash amali bajarilganidan keyin operatsiyalarni boshqarish punktiga

    cho'michni ko'tarish, ekskavatorni bo'shatish joyiga burish, bo'shatish va burilib qazish joyiga qaytib kelish komandasini beradi va bu ishlar mashinist tomonidan nazorat qilib turiladi. Bu tizim ekskavator ishini maromlashtiradi, ekskavatsiyalash tsiklini kamaytirib, ekskavator unumdorligini oshishiga olib keladi.



    Download 3,73 Mb.
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   83




    Download 3,73 Mb.