|
Konchilik ishi asoslari
|
bet | 50/83 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 3,73 Mb. | | #136021 |
Bog'liq Konchilik ishi asoslari5.3 rasm. Zaxodka turlari:
a, b - boshi berk transheyali va ekspluatastion bo'ylama zaxodka; v, g - ikki tomoni ochiq normal va tor zaxodkalar; d - ikki tomoni ochiq diagonal zaxodkalar; e - ikki tomoni ochiq ko'ndalang zaxodkalar.
-k Ochiq zaxodkalar (8.3. rasm, v,g) transport vositalarini zaxodkaning butun uzunligi bo'ylab harakatlanishi bilan xarakterlanadi.
Joylashish sharoiti va pog'ona yoki portlatilgan kon massasi chegarasidagi tog' jinslarining turli navligiga bog'liq holda tuzilishi bo'yicha zaxodkalar bir jinsli, har xil jinsli va murakkab jinsli zaxodkalarga ajratiladi.
Har xil jinsli zaxodkalar blok uzunligi bo'ylab alohida blokda foydali qazilma va alohida blokda foydali qazilma joylashishi bilan xarakterlanadi. Bunda bloklar bo'ylab yoppasiga qazish ishlari amalga oshiriladi.
Murakkab jinsli zaxodkalarda blok uzunligi bo'ylab foydali qazilma va qoplovchi tog' jinsi birgalikda joylashganligi yoki turli navli foydali qazilmalar joylashganligi bilan xarakterlanadi va bu zaxodkalarda ajratib qazib olish ishlari amalga oshiriladi.
Har bir pog'ona panellar, ya'ni pog'ona fronti bo'ylab tog' jinsi massivi yo'laklari bilan qazib olinadi. Panelning aloxida kon qazish mashinasi bilan qazib olinadigan qismiga panel bloki deyladi.
Tog' jinslarini bir cho'michli kon qazish mashinalari bilan
qazib olish.
Tog' jinslarini draglaynlar yordamida qazib olish.
Draglayn davriy ishlovchi ekskavator bo'lgani uchun uning 1tn konstrukstiyasiga to'g'ri keladigan unumdorligi uzluksiz ishlovchi ekskavatorlarnikiga nisbatan kam bo'ladi. Ammo uning qo'llanish soxasi juda kengdir. Draglayn bilan yarim qoya tog' jinslarini oldindan burg'ulab portlatib yumshatilganidan keyin qazib olish mumkin. Draglaynning ishchi organi - cho'michli kanat osilgan strela hisoblanadi. Draglaynlarning ishlash printsipi shundan iboratki, ekskavator tortuvchi kanat bilan cho'michni tortib qazish joyi yuza qatlamini qirqadi, cho'mich chuqurlashib tishlari bilan tog' jinsiga botadi.
Zich tog' jinslarini qazib olishda cho'michning orqa qismi ko'taruvchi kanat yordamida biroz ko'tariladi va qazish joyi bilan cho'mich tishi orasidagi burchak kattalashtiriladi. Bu esa, o'z navbatida cho'michning tog' jinsiga botishini osonlashtiradi. Ishchi tsikl - ekskavatorning burilish bilan bir vaqtda cho'michni
qazish joyiga tushirishi, undan keyin cho'michni to'ldirish, qazish joyidan ko'tarish va burilish bilan birga bo'shatish joyiga bo'shatishlardan iboratdir.
To'ldirilgan cho'mich gorizontal holatda tortuvchi kanat yordamida ushlab turiladi. Ish vaqtida ekskavator doirasimon - aylanuvchi platformaga tayanadi va shuning uchun ham ekskavatorning og'irligidan qat’iy nazar yerga bo'ladigan solishtirma bosim kam bo'ladi va bu ekskavatorning to'kilgan tuproq va ag'darmalar ustlarida samarali ishlash imkonini beradi.
5.4 Rasm. Draglaynning umumiv kofrinishi.
Draglaynlarning qazib olish texnologiyasi va parametrlari. Draglaynlarning asosiy texnologik parametrlari - cho'mich sig'imi, ekskavator o'lchamlari, uning massasi, yerga beruvchi solishtirma bosimi, zabt etish qiyaligidan iboratdir. Ishchi parametrlari esa qo'yidagilardan iborat:
4- cho'michlash radiusi-R^;
4- cho'michlash chuqurligi-Nr;
4- yuklash radiusi-Rr;
4- yuklash balandligi-Nr.
|
| |