|
Konchilik ishi asoslari
|
bet | 49/83 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 3,73 Mb. | | #136021 |
Bog'liq Konchilik ishi asoslarirasm. Zaboylar turlari.
a, d, e, j - yon qiya zaboy; b - zaboy-maydoncha; v - frontal zaboy; g - kombinatsiyalashgan zaboy.
Bundan tashqari zaboylari oddiy va murakkab zaboylarga bo'limdi.
Oddiy zaboylarda bir xil xususiyatli va bir tarkibli foydali qazilma yoki qoplovchi tog' jinslari joylashgan bo'ladi, bunday zaboylarda yoppasiga qazib olish amalga oshiriladi.
Murakkab zaboylarda turli xususiyatli va turli tarkibli qoplovchi tog' jinslari yoki foydali qazilmalar joylashadi. Agar zaboyda turli tarkibli va turli xususiyatli foydali qazilmalar joylashgan bo'lsa, bunday zaboylarda foydali qazilmalarni ajratib qazish ishlari amalga oshiriladi. Agar murakkab zaboyda turli tarkibli va turli xususiyatli qoplovchi tog' jinslari joylashgan bo'lsa, bunday zaboylarda yoppasiga qazib olish ishlari amalga oshiriladi.
Zaboy va ekskavator joylashgan gorizontning o'zaro joylashuviga ko'ra quyidagi qazib olish usullari mavjud:
-k yuqoridan cho'michlash, zaboy mashina joylashgan gorizontdan yuqorida joylashgan;
-k pastdan cho'michlash, zaboy mashina joylashgan gorizontdan pastda joylashgan;
-k aralash holda cho 'michlash.
Aralash holda cho'michlashda, bir vaqtning o'zida yoki navbati bilan pastdan ham yuqoridan cho'michlash amalga oshiriladi. Transport o'rtadagi gorizontda joylashgan bo'ladi.
Zaxodkalar turlari.
Ekskavatorning qazib o'tish yo'lagi zaxodka deyiladi. Zaxodkaning boshi berk qismi zaboy deyiladi. Zaboyning siljib borishi natijasida zaxodkalar hosil qilinib boriladi.
Pog'onadagi ish frontiga nisbatan zaxodkalar quyidagi guruxlarga bo'linadi: -k bo 'ylama zaxodka, pog'ona ish fronti bo'ylab joylashgan (5.3. rasm);
-k ko 'ndalan zaxodka, ish frontiga ko'ndalang joylashgan (5.3. rasm);
-k dioganalzaxodka, oraliq yo'nalishda joylashgan (5.3. rasm).
Zaxodkalar kengligi bo'yicha normal An, torAu va keng Ash zaxodkalarga ajratiladi (8.3. rasm).
-k Normal zaxodkalarda tog' jinslarini qazib olish qazuvchi mashinaning zaxodka uzunligi bo'ylab harakatlanish o'qining doimiy turar holatida va uning ishchi parametrlaridan maksimal darajada foydalangan holda amalga oshiriladi.
-I- Tor zaxodkalar normal zaxodkalardan qazuvchi mashinaning zaxodka bo'ylab harakatlanish o'qining doimiy turar holatida mashinaning ishchi parametrlaridan to'liq foydalinmasligi bilan farqlanadi.
-k Keng zaxodkalar barcha turdagi zaboylarda qazuvchi mashinaning zaxodka uzunligi bo'ylab harakatlanish o'qining o'zgaruvchan holatida qazib olinishi bilan xarakterlanadi.
Transport vositalarining harakatlanish yo'nalishiga qarab boshi berk va ochiq zaxodkalarga bo'linadi.
-k Boshi berk zaxodkalar (5.3. rasm, a,b) transport vositalarini faqatgina qazib o'tilgan maydon chegarasida harakatlanishi bilan xarakterlanadi. Ular transheyali va ekspluatastion zaxodkalarga bo'linadi.
|
| |