|
Konchilik ishi asoslari
|
bet | 38/83 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 3,73 Mb. | | #136021 |
Bog'liq Konchilik ishi asoslariMahkamlik - tog‘ jinslarini tashqi kuch ta’sirlarini buzilmasdan qabul qilishidir. Mahkamlik mezonlari bir o‘qli siqilishga bo‘lgan karshilik, siljish va tortishishga vaqtinchalik qarshiligi hisoblanadi (asj, asd i ar).
Tog‘ jinslari siqilish, tortishish va siljishga mahkamlikning turli qiymatlari bilan xarakterlanadi. Tog‘ jinslari eng yuqori siqilishga, eng kichik chuzilishga mahkamlikga ega. Siljishga mahkamlik, tog‘ jinslarining siqilish va cho‘zilishga mustaxkamlikning oraliq holatini egallaydi. Tog‘ jinslarining siqilishga mahkamlik chegarasi, siqilish va cho‘zilishga qaraganda 5-35 marta katta.
Tog‘ jinslarining siqilishga va cho‘zilishga mahkamlik ko‘rsatkichlari, ularni lahim zaboyida yumshatish va massivdan ajratib olish, yuklash, kon massasini tashish va lahim o‘tish ishlarini me’yorlashtirish masalalarini yechish uchun birinchi darajali ahamiyatga ega.
Tog‘ jinslari uchun ko‘rastilgan mahkamlik mezonlari o‘rtacha, taxminan asj : csd : ar = = 1,0 : 0,3 : 0,1 nisbatda bo‘ladi.
Mustaxkamlik - yumshatish jarayonida (burg‘ulashda, o‘yishda, portlatishda va b.) tashqi kuchlar ta’siriga qarshilik ko‘rsatish xususiyati. Miqdoriy jihatdan ushbu xususiyat, M.M. Protodyakonov tomonidan tavsiya etilgan qattiqlik koeffitsienti / bilan baholanadi.
Mustaxkamlik koeffsienti / bir o‘qli siqilishga vaqtinchalik qarshilikning mustahkamlikning bir birligiga nisbatiga teng. Mustahkamlik birligi sifatida, kub shaklidagi namunaning 10 MPa ga teng bo‘lgan, siqilishga vaqtinchalik qarshiligi qabul qilingan. Shuning uchun / = asj/10.
Ushbu mezon bo‘yicha, M.M. Protodyakonov klassifikatsiya taqdim etdi. Taqdim etilgan klassifikatsiyada, tog‘ jinslari 10 ta kategoriyaga bo‘lingan. Mustaxkamlik koeffitsientining o‘zgarish chegarasi 0,3 dan 20 gacha.
Kon ishlarini olib borishning o‘ziga xosliklarini inobatga oluvchi tog‘ jinslarining boshqa klassifikatsiyalari ham mavjud.
Charxlanuvanlik - ish paytida, tog‘ jinslarining kesish asbobining u bilan o‘zaro aloqa qiluvchi sirtini va kon mashinalarining detallarining yemirilishi. Tog‘ jinslarining charxlanuvchanligi, silindrsimion o‘lchov sterjenining ma’lum sharoitlarda yemirilishida uning massasidagi o‘rtacha yo‘qotilishi (milligramlarda) bilan baholanadi. Charxlanuvchanlik bo‘yicha tog‘ jinslari 8 ta sinfga bo‘lingan.
Qattiqlik - tog‘ jinsining unga konchilik asbobining kirishiga (botishiga) qarshilik ko‘rsatish xususiyati.
Elastiklik - tog‘ jinsiga tashqi kuchlar ta’siri bartaraf etilgandan keyin, uni dastlabki shakli va o‘lchamiga qaytish xususiyati.
Qayishqoqlik - tog‘ jinsi hajmini saqlagan holda o‘z shaklini o‘zgartirish xususiyati.
Mo‘rtlik - tog‘ jinsining yengil plastik deformatsiyalar ta’siri natijasida parchalanish qobiliyati.
Yumshatilganlik - tog‘ jinsini massivdan qazib olishda uning hajmining oshishi.
Yumshatilganlik koeffitsienti bilan baholanadi:
kr = Vv/Vm;
bu yerda: Vv — qazib olingan tog‘ jinsi hajmi; Vm — massivdagi tog‘ jinsi hajmi (butunlikda).
Yumshatilganlik koeffitsienti yumshatishda tog‘ jinsi hajmining oshishini xaraketrlaydi. Ko‘mirning yumshatilganlik koeffitsienti 1,2-1,4, cho‘kindi tog‘ jinslarining (qumtosh, alevrolit, argillit) yumshatilganlik koeffitsienti 1,4-2,2, magmatik va metamorfik tog‘ jinslarining yumshatilganlik koeffitsienti 1,7-2,3 ni tashkil etadi.
Tog‘ jinsining burg‘ilanuvchanligi - tog‘ jinsiga burg‘ulash asbobi botishida uning qarshilik ko‘rsatish qobiliyati yoki burg‘ulash jarayonida tog‘ jinsida hosil bo‘lgan shpur yoki skvajinalarni hosil bo‘lish jadalligi.
Ko‘rsatkich sifatida burg‘ulash tezligi (mm/min), ba’zan, 1 m shpurni burg‘ulash davomiyligi (min,m) xizmat qiladi. Burg‘ulash ko‘rsatkichi bo‘yicha tog‘ jinslari tasniflari mavjud.
Tog' jinsini qazib olishga tayyorlash usullari. Mexanik usulda
qazib olishga tayyorlash.
Tog' jinslarini qazib olishga tayyorlash usullari.
Tog' jinslarini qazib olishga tayyorlash keyingi ishlab chiqarish jarayonlari, ya’ni kon massasini qazish va yuklash, tashish, ag'darma hosil qilish va qayta ishlash jarayonlari uchun texnik imkoniyat va qulay sharoit yaratib berish maqsadida amalga oshiriladi.
Tog' jinslarini qazib olish tayyorlashning texnologik o'rni bo'yicha ularni ikki guruhga bo'lish mumkin:
mexanik yoki gidravlik usul bilan oldindan yumshatmasdan qazib olishga tayyorlash mumkin bo'lgan tog' jinslari (tuproq, qumoq tuproq, yumshoq ko'mir, shamol ta’sirida to'la parchalangan metamorfik jinslar, bo'r, tuproqli ma’danlar);
oldindan yumshatilishi zarur bo'lgan tog' jinslari (tuproqli va qum-tuproqli slanetslar, tuproqli va ohakli qumlar, temir ma’danlari, argilitlar, alevrolitlar, gips, toshli tuz, toshko'mir va qo'ng'ir ko'mir, ohaktosh, qum, kvartsitlar, granitlar, bazaltlar, gabbro).
Tog' jinsining turi va holatiga bog'liq holda tog' jinsini qazib olishga tayyorlash asosan quyidagi usullar yordamida amalga oshiriladi:
4- muzlashdan himoya qilish;
4- muzlagan tog' jinsini eritish;
4- gidravlik usulda tayyolash;
4- mexanik yoki portlatish usuli bilan tayyorlash.
|
| |