|
Konchilik ishi asoslari
|
bet | 36/83 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 3,73 Mb. | | #136021 |
Bog'liq Konchilik ishi asoslariTurgUnlik deganda, tog‘ jinslarining ma’lum bir maydonda ochilgandan keyin qulab tushmaslik qobiliyati tushuniladi. Jinslarining turg‘unligi ularda tog‘ jinslarining yuqori bosimi yoki portlatish ishlari natijasida yoriqlar hosil bo‘lganda kamayadi.
Rudalar va aaralash jinslarning turg‘unlik darajasi bo‘yicha quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:
Juda turg‘un — pastdan o‘nlab va yuzlab kvadrat metr maydonda ochishga ruxsat etiladi va o‘nlab yillar davomida o‘pirilmaydi.
Turg‘un - bir necha oy davomida qulashsiz sezilarli ochish imkonini beradi. Uncha katta bo‘lmagan o‘lchamdagi lahimlar mustaxkamlagichsiz bir necha yil davomida turishi mumkin.
O‘rtacha turg‘unlik - nisbatan qisqa muddatga sezilarli darajada ochish imkoini beradi.
Noturg‘un - ochish bilan birgalikda ketma-ket musahkamlashni talab etadi. Eng turg‘un tog‘ jinslariga zarrachalar orasida katta ulashish kuchiga ega
bo‘lgan qovushqoq jinslar (kvarsitlar, mayda donador granitlar, kremniylashgan ohaktosh va b.); noturg‘un tog‘ jinslariga - yumshoq va yumshatilgan jinslar (gil, tuproqlar); juda noturg‘un tog‘ jinslariga - bo‘shashgan tog‘ jinslari (qum) taalluqli.
Tog‘ jinslarining tuzilishi va fizik xususiyatlari kon o‘tish va tozalash ishlarini xavfsiz va samarali olib borishini belgilaydi. Tog‘ jinslarining holati va xususiyatlari lahim o‘tish usuli, turi va tayyorlov kon lahimlari mustaxkamlagichining zichligini aniqlaydi.
Kon bosimining paydo bo‘lishi va lahimlarning turg‘unligi ko‘p jihatdan tog‘ jinslarining zichlik, suvli-fizik,mustaxkamlik va deformatsiya xususiyatlariga bog‘liq. Ushbu xususiyatlar kon lahimlarini o‘tish texnologiyasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.
Tog‘ jinslarining asosiy zichlik xossalari zichlik, hajmiy massa, solishtirma og ‘irlik, to ‘kma hajmiy massa va g‘ovaklik hisoblanadi.
Tog‘ jinsining zichligi p deganda, g‘ovak, bo‘shliq va yoriqlarni hisobga
olinmagandagi uning birlik hajmdagi massasi tushuniladi. Tog‘ jinsining zichligi
■? ■? kg/m da o‘lchanadi (ba’zida t/m ).
Toshko‘mirlarning zichligi 1300^1500; qumtosh, alevrolit, ohaktoshlarning zichligi - 2580^2800; magmatik va metamorfik tog‘ jinslarida, ularning metall
о
tarkibi bo‘yicha - 2700 dan 5000 kg/m gacha.
Tog‘ jinsining hajmiy og‘irligi po - bu, g‘ovaklik, bo‘shliq va yoriqlikni
buzmasdan uning tabiiy holatda bo‘lgan birlik hajmdagi massasidir. Ko‘plab tog‘ jinslarining hajmiy massasi 1300 dan 4500 kg/m gacha, ya’ni, 1,3 dan 4,5 t/m . Toshko‘mirlarning hajmiy massasi - 1300-1400; qumtoshlar, alevrolit va argillitlar - shipning asosiy jinslari va ko‘mir qatlamlari tuprog‘i - 2400-2650 kg/m3. Gil, tuproqlar va yer yuzasiga yaqin boshqa jinslarning hajmiy og‘irligi asosan 1700- 2300 kg/m3.
Tog‘ jinsining zichligi va hajmiy og‘irligi tushunchasidan tog‘ jinsiningyoki qazib olingan foydali qazilma miqdorini baholashda foydalaniladi.
Tog‘ jinsining solishtirma og‘irligi у - tog‘ jinsining qattiq zarralarining (mineral skeleti) hajmining birligiga to‘g‘ri keladigan og‘irligi (N/m ):
Y = gP,
bu yerda: g - erkin tushish tezligi, m/s2.
Tog‘ jinsining solishtirma va hajmiy og‘irligi tushunchasidan kon bosimi yoki mustaxkamlagichga bo‘lgan bosimni baholashda foydalinladi.
|
| |