• 3.12 - rasm. Karyerda avtomobil transportining ish jarayoni.
  • 3.13 - rasm. Karyerda konveyer transportining qollanilish jarayoni. Qoplovchi toq jinslaridan agdarmalar qosil qilish.
  • - rasm. Karyerda temir yo'l transportining ish jarayoni




    Download 3,73 Mb.
    bet35/83
    Sana12.01.2024
    Hajmi3,73 Mb.
    #136021
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   83
    Bog'liq
    Konchilik ishi asoslari

    3.11 - rasm. Karyerda temir yo'l transportining ish jarayoni.



    Avtomobil transporti tashish masofasi 4-5 km bo'lgan va yillik yuk aylanish hajmi uncha katta bo'lmagan, ya'ni 15-20 mln.t bo'lgan hollarda kar'yerda keng qo'llaniladi. Avtomobil transporti temir yo'l transportiga qaraganda ancha afzalliklarga ega: manyovrining kattaligi, qiyaligining kattaligi, ya'ni 150%0 va burilish radiusining kichikligi. Avtomobil transportining tezligi s'yezdlarda 10 km/s, asosiy yo'llarda 18-25 km/s ni tashkil etadi.





    3.12 - rasm. Karyerda avtomobil transportining ish jarayoni.
    Konveyer transporti (lentali konveyer) karyerda maydalangan kon massasini (bo'lak o'lchami 400 mm gacha) tashish uchun qo'llaniladi. Karyerda mehnat unumdorligi 300 dan 1000 m /s gacha bo'lgan lentali konveyerlar qo'llaniladi. Ba'zan konveyerlarning quvvati 12000 m /s gacha yetadi.
    Konveyer lentasi eni - 900 dan 2200 mm gacha, harakatlanish tezligi - 2m/sek dan 5m/sek gacha yetadi. Konveyerlarni qo'llash tashishning uzluksizligini ta'minlaydi


    3.13 - rasm. Karyerda konveyer transportining qo'llanilish jarayoni.

    Qoplovchi toq jinslaridan ag'darmalar qosil qilish.


    Foydali qazilma konlarini ochiq usulda qazib olish ma’lum bir hajmdagi qoplovchi tog' jinslarini qazish va tashishning zaruriyatiyligi bilan bog'liqdir.
    Tashiladigan qoplovchi tog' jinslari shu maqsad uchun maxsus tayyorlangan maydonlarga joylashtiriladi.
    Qoplovchi tog' jinslarini joylashtirish natijasida hosil bo'lgan uyum - ag'darma deyiladi.


    3.14 - rasm. Muruntov karyerining ag'darma maydoni

    Ishlab chiqarish jarayonida tog' jinslarini ag'qdarmalarga joylashtirish - ag'darma hosil qilish deyiladi.


    Agar ag'darma oldin qazib o'tilgan karyer maydonida joylashgan bo'lsa, ichki ag'darma, karyer chegarasidan tashqarida joylashgan bo'lsa, tashqi ag'darma deyiladi.
    4. BOB. TOG’ JINSLARINI YUMSHATISH ASOSLARI

      1. Tog‘ jinslarining fizik-mexanik xususiyatlari

    Tog‘ jinslarining fizik-mexanik xususiyatlari haqida bilimga ega bo‘lish, tog‘ jinslarini yumshatishning turli usullarinining samaradorligini, lahimlarning turg‘unligini baholash, mustaxkamlagich turlarini to‘g‘ri tanlash, umumiy holda lahimlarni o‘tishning u yoki bu usulini qo‘llash muvofiqligini asoslash, kon ishlarini to‘g‘ri loyihalash imkonini beradi.
    Tog‘ jinslarining xususiyatlari asosan ularning mineral tarkibi, strukturasi va teksturasiga bog‘liq.
    Tog‘ jinslarining teksturasi deganda, alohida mineral donalari yoki mineral donalar agregatlarining yo‘nalishi va fazoda joylashishini angalatadi.
    Tuzilishi bo‘yicha tog‘ jinslari biriktiruvchi, sochma va oquvchan turlarga bo‘linadi.
    Bog‘lanuvchan tog‘ jinslarida mineral zarrachalar bir-biri bilan ichki ulashish kuchlari orqali o‘zaro bog‘langan. Bo‘shashgan jinslar bir-biri bilan o‘zaro aloqaga ega bo‘lmagan alohida donalardan iborat. Ba’zi bo‘shashgan jinslar suv bilan to‘yinganida oquvchanlik xususiyatiga ega bo‘lib, qum hosil qiladi.
    Jinslar zarrachalari orasidagi ulashish kuchi tog‘ jinslarining turg‘unligin aniqlaydi, bu esa, konchilik ishlarini olib borishda katta ahamiyatga ega bo‘lgan, ayniqsa, yer osti usulida qazib olinganda.

    Download 3,73 Mb.
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   83




    Download 3,73 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    - rasm. Karyerda temir yo'l transportining ish jarayoni

    Download 3,73 Mb.