|
Konchilik ishi asoslari
|
bet | 20/83 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 3,73 Mb. | | #136021 |
Bog'liq Konchilik ishi asoslarimurakkab shaklli uyumlar;
v) tektonik buzilgan qatlamlar tizimi (z,i,k,l,m).
Uyumlarning yer ustiga nisbatan joylashishiga qarab konlar quyidagilarga ajratiladi:
yer yuzasiga yaqin joylashgan yoki kichik qalinlikdagi nanoslar bilan qoplangan ustki turdagi kon uyumlari (a);
yer yuzasiga nisbatan pastda joylashgan chuqur turdagi kon uyumlari
(b,v,g,d,e,j,z,k,m);
v) yer yuzasiga nisbatan balandda joylashgan ya'ni, tog' yonbag'rida yoki tepalikda joylashgan tog'li turdagi kon uyumlari;
g) qisman tog'da yoki tog' yonbag'rida va chuqurlikda birga joylashgan baland- chuqur turdagi kon uyumlari (i,l).
3. Gorizontga nisbatan qiyalik burchagi bo 'yicha foydali qazilmalar uyumining quyidagi turlari mavjud (2.1-rasm):
gorizontal yoki 10-15° gacha qiyalik burchagiga ega bo'lgan nishab (a,b,v,g,d); Bunday sharoitlarda ruda tanasining yon tomonidan qazib olish tavsiya etilmaydi va imkoni boricha qoplovchi jinslarni qazib olingan maydonga joylashtirish kerak.
qiyalik burchagi 10-15° dan 25-30° gacha bo'lgan qiya kon uyumlari (2.1- rasm j);
Bunday sharoitlarda qoplama jinslarni qazib olingan maydonga joylashtirishga yo'l qo'ymaydi, biroq jinslarni ma’dan yon tomonidan yetkazib berish talab etilmaydi;
v) qiyalik burchagi 25-30° dan yuqori bo'lgan tik kon uyumlari (e,z,i,m).
2.1 rasm. Konlarning joylashish sharoitlari.
4. Uyumlarning sifat taqsimoti va tuzilish strukturasi bo'yicha quyidagilarga bo'linadi:
bir komponentli - bir tuzilishli va sifat ko'rsatkichlari bir xilda taqsimlangan oddiy uyumlar;
uyumlarning planda va chuqurlikda joylashishi bo'yicha tur va navlari bir xilda taqsimlanmagan ko'p komponentli va ko'p navli murakkab strukturali uyumlarga.
1. Konning ustunlik qiluvchi turlari bo'yicha tog' jinslari quyidagilar bilan ifodalanadi:
qoyali tog' jinslari va qattiq ma’danlar bilan;
qattiq ruda va qoyali jinslar bilan;
|
| |