|
Konchilik ishi asoslari
|
bet | 22/83 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 3,73 Mb. | | #136021 |
Bog'liq Konchilik ishi asoslarigeol
= Z + Z
Zbal + Z zab
Balans zahiralar - qidiruv ishlari olib borilib o‘rganilgan, ulardan foydalanish iqtisodiy jihatdan maqbul bo‘lgan zahiralar va ular ushbu konning yer qa’ridagi zahiralarini hisoblash uchun belgilangan talablariga javob berishi lozim.
Balansdan tashqari zahiralar - hozirgi zamon texnika va texnologiyalarini qo‘llagan holda qazib olish iqtisodiy jihatdan maqbul bo‘lmagan (kam miqdorda, kam quvvatli, tarkibida kul miqdori ko‘p bo‘lgan, joylashishi murakkab bo‘lgan va b.) qidiruv ishlari olib borilib o‘rganilgan zahiralar.
Balans zahiralar sanoat zahiralari Z va yo‘qotilishlarga Z bo‘linadi,
ya’ni:
Z = Z + Z
Zbal Zsan + Zy
C
Z
Z
san
bal
Sanoat zahiralari - qazib olinadigan va yer yuzasiga chiqariladigan balans zahiralarning bir qismi. Sanoat zahiralarning balans zahiralarga nisbati qazib olish koeffitsienti (C) deyiladi. O‘z navbatida:
Yo‘qotilish - qazib olish jaryonida balans zahiralarning yer qa’rida qolib ketgan qismi. Yo‘qotilishning balans zahiralarga nisbati yo‘qotilish koeffitsienti КУ deyladi, ya’ni:
к
z
Zbal
Shu narsa aniqki, C + Ky = 1
Qazib olish jarayonida foydali qazilmani yo‘qotilishidan qochish deyarli imkonsiz. Ularning asosiylari quyidagilardan iborat: qalinligi va tushish burchagi,
kon yuzasidagi qo‘riqlanadigan ob’ektlarning mavjudligi, joylashishining murakkabligi, qazib olish usuli, qo‘llaniladigan qazib olish texnika va texnologiyasi va b.
Yo‘qotilishni kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘pincha qo‘shimcha xarajatlar bilan bog‘liq bo‘lib, bu maxsulot tannarxining oshishiga olib keladi.
Turli konlar uchun yo‘qotilishlarning haqiqiy darajasi keng miqyosda o‘zgarib turadi. Misol uchun, o‘rtacha qalinlikdagi bo‘lgan nishab va qiya ko‘mir konlarida yo‘qotilish 10-15% ni, qalin qatlamli tik qiya va tik joylashgan ko‘mir konlarida yo‘qotilish 25-30 % va undan yuqorini tashkil etadi.
Ruda konlarida geotexnologiyada qazib olish usullarining qo‘llanilishiga bog‘liq holda, yo‘qotilish 4-6 % dan 40-50 % gacha o‘zgarib turadi. M.I. Agoshkov tomonidan taklif etilgan klassifikatsiyada konlarni qazib olishda qattiq tog‘ jinslarining yo‘qotilishi, qabul qilingan “Qazib olishda yo‘qotilishni aniqlash va hisobga olish bo‘yicha namunaviy uslubiy ko‘rsatmalar”da ikkita xususiyatga asoslanadi: yo‘qotilgan foydali qazilmaning holati va uning joylashgan o‘rni.
Ushbu klassifikatsiya bo‘yicha yo‘qotilishlarning barcha turlari ikki sinfga bo‘linadi, qaysiki ular alohida va turlicha hisobga olinadi.
sinf - umumruda yo‘qotilishlar.
Ularga quyidagilar taalluqli: kon ajratmasi chegarasi bo‘yicha qazib olinmagan saqlovchi butunliklarda qoldirilgan, kapital kon lahimlari atrofida, bino va inshootlar ostida, kommunikatsiya, suv omborlari, suvli gorizontlar, muhofaza qilinadigan hududlar va b. ostida qoldirilgan rudalar.
sinf - ekspluatatsion yo‘qotilishlar, ya’ni, qazib olish jarayonida yuzaga keladigan yo‘qotilishlar.
O‘z navbatida, ekspluatatsion yo‘qotilishlar yo‘qotilgan foydali qazilma holatiga ko‘ra ikki guruhga bo‘linadi:
Massivda rudalarning yo‘qotilishi - kon-tayyorlov lahimlari o‘tkazilgan butunliklarda, qazuvchi uchastka ichidagi tayanch (ushlab turuvchi) butunliklarida, o‘pirilsh joyi atrofidagi o‘rab turuvchi butunliklarda, shuningdek, uyumning nurash joylarida, ruda tanasining qazib bo‘lingan qismlarida va b.
Massivdan ajratilgan (qazib olingan) rudalarning yo‘qotilishi -juda ko‘p aralashgan yoki yotgan yon tomonning notekisligida tiqilib qolgan rudalar, osilmalarda, shuningdek, o‘pirilish, nurash, cho‘kish, yong‘in o‘oqlari, yuklash, bo‘shatish, g‘aramlash, rudalarni navlarga ajratish va kon ishlab chiqarishning trnapsort yo‘llarida sochilgan ruda bo‘laklari.
Miqdor jihasitidan yo‘qotilishdan tashqari qazib olishda sifat jihatidan yo‘qotilish ham tez-tez uchraydi. Sifat jihatidan yo‘qotilish- qazib olinadigan foydali qazilmaga qoplovchi tog‘ jinslarining aralashishi natijasida uning sifatining buzilishi.jinslarni foydali qazilmaga aralashib ketishi va bu aralashish natijasida qazib olingan foydali qazilmaning sifatini (tabiiy holati bilan solishtirilganda) pasayishi odatda aralashuv deb ataladi.
Foydali qazilmalar aralashuvning ekspluatatsion turi mavjud bo‘lib, 3 guruhga bo‘linadi:
Qoplab turgan tog‘ jinslari yoki to‘ldiruvchi material bilan tiqilib qolishdan aralashuv - yotqiziqning ruda bilan qo‘shilgan joyida rudani noto‘g‘ri (bo‘sh tog‘ jinslarining “yopishishi” tufayli) ajratib olish, qazish maydoni yon tomonlaridagi bo‘sh tog‘ jinslari qatlaminig cho‘kishi tufayli, rudani o‘pirilib tushgan tog‘ jinslari ostidan chiqarilganda, jinslarning bir qismi ruda bilan aralashganda va juda yupqa qatlamli ruda tanalarini yoppasiga ajratib olishda ruda massasi sifatida chiqariladi.
Foydali kompnonent miqdori yuqori bo‘lgan foydali qazilmaning yo‘qotilishidan aralashuv - boyitilgan ruda bo‘laklarini taxta to‘shama yoriqlari orqali to‘ldiruvchi bo‘shliqga to‘kishda, yetkazib berish va tashishda, shuningdek, qazish maydonida nisbatan boy yotqiziqlardan butunliklar qoldirganda (kamdan kam hollarda).
Foydali qazilma tarkibidagi foydali komponentlarni shaxta suvi bilan eritib, eruvchan birikmalar shaklida ajratib olishdagi aralashuvlar.
Ham miqdoriy, ham sifat jihatidan yo‘qotilishlar (aralashuv) konlami qazib olishning iqtisodiy ko‘rsatkichlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Miqdoriy yo‘qotilishlar qidiruv xarajatlarini oshishiga, kapital xarajatlar amortizatsiyasining va qazib olingan foydali qazilma uchun qazib olishga tayyorlash bo‘yicha xarajatlarni oshishiga olib keladi, shuningdek, foydali qazilmaning yo‘qotilgan qismi uchun foyda olinmasligiga olib keladi. Bevosita iqtisodiy zarardan tashqari, yo‘qotilish rudnikning (shaxta, qavat) xizmat qilish muddatini qisarishiga va yangi rudnik (shaxta)ni qurishga muddatidan oldin sarmoya kiritish yoki yangi qavatni ochish va qazishga tayyorlash zaruriyatiga olib keladi. Yonishga yoki o‘z-o‘zidan yonib ketishga moyil bo‘lgan foydali qazilmalarni qazib olishda, yo‘qotilishlar juda katta zarar yetkazadigan rudalar yong‘inlarining yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Shuni inobatga olish lozimki, sifat jihatidan yo‘qotilishlar (aralashuv) qazib olishda korxonaga miqdoriy yo‘qotilishlardan kam bo‘lmagan iqtisodiy zarar keltiradi. Ushbu zarar quyidagilarda ifodalanadi:
aralash jinslarni tashish va uni boyitish fabrikalari yoki metallurgiya zavodlarida qayta ishlash uchun noishlab chiqarish xarajatlarida;aralashgan rudalarni qayta ishlashda foydali komponentning yo‘qotilishining oshishida; rudani qayta ishlash korxonalarining yakuniy maxsulotlar (konsentrat, metall) bo‘yicha ishlab chiqarish quvvatini kamayishida va ko‘pincha bu maxsulotlar siqatining yomonlashuvida.
Natijada, qazib olish jarayonida sifat jihatidan yo‘qotilishlari korxonaning ko‘pincha juda katta miqyosda foydaning yo‘qotilishga olib keladi.
Aralashuv odatda aralash jinslar miqdorining (В) qazib olingan ruda massasining umumiy miqdoriga (D) nisbati sifatida ifodalanadi.
|
| |