|
Konchilik ishi asoslari
|
bet | 23/83 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 3,73 Mb. | | #136021 |
Bog'liq Konchilik ishi asoslariA
B_
D
Aralashuv koeffitsienti:
Aralashuv protsentlarda:
D
A = —100
D
Lekin, qazib olingan rudada aralashgan jinsning miqdorini aniqlash doim ham aniqlash mumkin emas. Shuning uchun aralashuv miqdorini shuningdek, kondagi ruda tarkibiga nisbatan, qazib olingan rudada foydali komponentning tarkibini pasayishi orqali ifodalash mumkin.
Tarkib bo‘yicha aralashuv koeffitsienti:
. c - a
At =
c
bunda: c va a — mos ravishda, kondagi rudada va qazib olingan rudada (ruda massasida) foydali komponent miqdori.
A
t
— -100 c
Tarkibi bo‘yicha aralashuv foizlarda:
Miqdoriy va sifat jihatidan aralashuvlar qazib olish jarayonida o‘zaro bog‘langanligi (odatda, sifat jihatidan yo‘qotilishlar oshishi bilan miqdoriy yo‘qotilishlar kamayadi) sababli, ikkalasining ham ruxsat etilgan qiymatini qo‘shma texnik-iqtisodiy hisoblashlar bilan aniqlash lozim.
BOB. TOG‘ JINSLARINI OCHIQ USULDA QAZIB OLISH
Umumiy holat. Foydali qazilmalarni ochiq usulda qazib olish.
Ilgari biz yer qa’rining mineral resurslarini o‘zlashtirishning uchta majburiy
bosqichi haqida gapirgan edik:
yer yuzasidan kongacha yetib borishni ta’minlash;
tog‘ jinslariga qo‘zg‘aluvchanlikni berish;
foydali qazilma va bo‘sh tog‘ jinslarini qayta ishlash va ag‘darma hosil qilish (g‘aramlash) punktlariga yetkazish.
Litosfera moddasi uchun yangi xususiyat - qo‘zg‘aluvchanlik - qo‘llaniladigan kon texnologiyalari doirasida, yoki ushbu moddaning ma’lum hajmda parchalanishi (yumshatilishi), yoki hosil bo‘lgan joyidan faqat foydali komponentning ko‘chishi uchun sharoit yaratish yo‘li orqali, yoki uning agregat
holatini (misol uchun, oltingugurtni eritish), - fizik (neft, gaz, suv) yoki kimyoviy (ishqorlash) o‘zgartirish orqali ta’minlanishi mumkin.
Qattiq tog‘ jinslari uchun ustun turuvchi holati birinchi variantni egallaydi va ikkinchi, uchinchi variantlar - cheklangan. Uchinchi variant esa gazsimon va suyuq tog‘ jinslari uchun asosiy hisoblanadi.
Qattiq litosfera hosilalarining parchalanishi uchun, qo‘llaniladigan energiya turi bo‘yicha bir-biridan farq qiluvchi quyidagi yumshatish usullari qo‘llaniladi:
mexanik yumshatish;
portlatib yumshatish;
termik yumshatish;
elektrofizik yumshatish.
Konchilikdagi bilim va imkoniyatlarimizning hozirgi zamon darajasida sanoatda asosan portlovchi va mexanik usullardan foydalaniladi.
Bundan tashqari, tog‘ jinslarini yumshatish mexanizmiga bog‘liq bo‘lgan bir nechta modifikatsiyalarda qo‘llaniladi.
kesish;
zarb;
maydalash;
gidravlik ta’sir etish.
Konchilik ishlarida tog‘ jinsi massivi va aynan tog‘ jinslarining o‘zi texnogen ta’sirning ob’ekti sifatida qaraladi. Geologik atamalarga o‘xshab, tog‘ jinsi massivi deganda, ularning kon yoki bir qismi chegaralaridagi butun majmuasi tushuniladi.
Endi konchilik texnologiyasi talablariga bog‘liq holda tog‘ jinslarining xususiyatlarini qarab chiqamiz va barcha ko‘rsatkichlar u yoki bu darajada ushbu xususiyatlar bilan aniqlanadi. Shu sababli, tog‘ jinslarining juda uo‘p turli fizik - mexanik xususiyatlari orasidan “geotexnologik xususiyatlar” guruhi ajralib turadi. “Foydali qazilmalarni qazib olish” tushunchasi turli mazmundagi keng ko‘lamli
ishlami o‘z ichiga olganligi sababli, jinslaming geotexnologik xususiyatlarining ruyxati ham yetarlicha katta.
1
Ushbu xususiyatlaming tog‘ jinslarini yumshatish samaradorligiga va konchilik ishlarini olib borishga ta’sir ko‘rsatuvchi eng muhim xususiyatlar, jinsning tuzilishi va tarkibi, qatlamsimonligi, mustaxkamlik, mahkamlik (pishiqlilik), g‘ovaklik, qovushqoqlik, elastiklik, qattiqlik, egiluvchanlik, yumshatiluvchanlik va b. hisoblanadi.
Tog‘ jinslari molekular ulashish va ishqalanish kuchlari bilan o‘zaro bog‘langan mineral zarrachalardan tashkil topgan. Tog‘ jinsining mexanik xarakteristikasi quyida formula bilan ifodalanadi:
т = С + kT • N
bunda: т —siljish maydonidagi urinma kuchlanish; С — alohida zarrachalar
orasidagi ulashish kuchi; kr — ishqalanish koeffitsienti (kT = tgv);p — ichki ishqalanish burchagi; N — normal kuch.
|
| |