• Konlarning joylashish sharoitlari.
  • Konchilik ishi asoslari




    Download 3,73 Mb.
    bet19/83
    Sana12.01.2024
    Hajmi3,73 Mb.
    #136021
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   83
    Bog'liq
    Konchilik ishi asoslari

    Yo'qotilish - konditsion foydali qazilmalarning yer qa’rida qolib va qoplovchi jins tarkibiga qo'shilib ketishi, yuklash va tashish oqibatida hamda boshqa hollarda hajmning kamayishidir.
    Aralashuv - kon ishlarini olib borish jarayonida qoplovchi jinslarning va konditsiya talabiga javob bermaydigan foydali qazilmalar turlarining konditsiya talabiga javob beruvchi foydali qazilmaga aralashuv darajasini belgilaydi.
    Iste’molchilarning talablari va sifatiga bog'liq holda foydali qazilmalar zaxirasi texnologik tur va navlarga bo'linadi. Bu tur va navlar odatda qazib olishning turli texnologiyalarini talab etadi va ba'zan ularni karyerda alohida qazib olish zarurati paydo bo'ladi.
    Ma’dan turi kimyoviy-mineralogik tarkibi va boshqa ko'rsatkichlari bilan xarakterlanadi. Ma’dan navlari undagi foydali komponent tarkibi bo'yicha aniqlanadi. Ba’zan esa, zararli komponentlar tarkibi bo'yicha ham aniqlanadi.
    Foydali qazilmaning har bir turi va navi bo'yicha o'zining sanoat talablari mavjuddir. Bu talablarning asosini ulardan kelgusida foydalanish va qayta ishlash shartlari tashkil etadi. Maxsulot sifatiga bo'lgan bu talablarni qayta ishlash jarayonidagi texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlar kafolatlaydi. Foydali qazilmaning berilgan sifatidan chekinish, uni qayta ishlashga ketadigan xarajatning o'sishiga olib keladi. Bu esa o'z navbatida samaradorlikni pasayishiga olib keladi.
    Foydali qazilmani boyitish fabrikalarida qayta ishlash jarayonida konchilik sanoatining yakuniy samaradorligiga erishiladi. Shuning uchun ham karyerda kon ishlarini ishlab chiqarish jarayonida iste’molchiga yetkazib beriladigan foydali qazilma sifatiga katta ahamiyat beriladi.
    Qoplovchi tog' jinslari nafaqat texnologik xususiyatlari bilan balki, sifat ko'rsatkichlari bilan ham xarakterlanadi. Bu sifat ko'rsatkichlari qoplovchi tog' jinslaridan korxonalarda qurilish materiallari yoki xom ashyo sifatida foydalanishda alohida o'ringa egadir. Bundan tashqari ba’zi tog' jinslari istiqbolli foydali qazilma sifatida ham baholanadi. Ular alohida qazib olinishi va kelajakda foydalanishni hisobga olib, maxsus ag'darmalarga joylashtirilishi kerak.
    Konlarning joylashish sharoitlari.
    Turli tabiiy sharoitlarda joylashgan, istalgan shakldagi foydali qazilmalar koni ochiq usulda qazib olinadi. Kon ishlari texnologiyasi va mexanizatsiyasini tanlashga hamda umumiy texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlarga konning joylashish sharoitlari ta’sir ko'rsatadi.
    Bu sharoitlarning turlichaligiga qaramasdan ularning barchasi bir-biridan farq qiluvchi belgilari bo'yicha quyidagi turlarga bo'linadi (2.1-rasm):

    1. Konlar shakliga qarab quyidagilarga bo'linishi mumkin:

    1. qalinligi va ustki hamda ostki tekis yuzalari nisbiy saqlangan qatlamsimon uyumlar va qatlamlar ( a,b,v,g,d,e,j);


    2. Download 3,73 Mb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   83




    Download 3,73 Mb.