• Konlarning joylashish sharoitlari Foydali qazilma haqida tushuncha.
  • -rasm. Metamorfik jinslarning turlari




    Download 3,73 Mb.
    bet17/83
    Sana12.01.2024
    Hajmi3,73 Mb.
    #136021
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   83
    Bog'liq
    Konchilik ishi asoslari

    2.1-rasm. Metamorfik jinslarning turlari




    1. BOB. FOYDALI QAZILMA KONLARINI O ‘ ZLASHTIRISHNIN G TABIIY-TEXNIK TIZIMLARI

      1. Konni o‘zlashtirishning texnik ob’ektlari

    Har qanday konning zahiralarini o‘zlashtirish litosfera moddasini b olish va boyitish bo‘yicha texnik tizimlarni yaratish va foydalanishdan iborat bo‘lib, u ham har doim tabiiy ekotizimning abiotasi kabi biotasining ham buzilishi bilan birga kechadi.
    Hozirgi vaqtda, kundalik hayotda bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan va yagona ijtimoiy-iqtisodiy funksiyani bajaruvchi tabiiy va texnik iqsmlardan iborat tabiiy- texnik tizimning yagona ob’ekti sifatidagi tushuncha qo‘llanila boshlandi. Ushbu tizimda foydali qazilmani qazib olishni kon korxonasi amalga oshiradi.
    Kon korxonasi - ekspluatatsion qidiruv, foydali qazilmalarni qazib olish va boyitish ishlarini amalga oshiruvchi mustaqil ishlab chiqarish birlashmasi.
    Foydali qazilmalarni qazib olish va birlamchi boyitish ishlarini amalga oshiruvchi kon korxonasi kon qazib olish korxonasi deyiladi.
    Kon qazib olish korxonasining quyidagi turlari mavjud: shaxta, rudnik, karer, razrez, priisk, promisel.
    Shaxta - asosan ko‘mirni yer osti usulida qazib olish uchun mo‘ljallangan kon korxonasi.


    Alardinskaya ” shaxtasi. RF sining Kemerova viloyati, Kaltan shaxri, Malinovka posyolkasida joylashgan.Alardin konini o ‘zlashtirish 1956 yilda boshlangan.



    Rudnik - asosan ruda, kon-kimyoviy xom-ashyo va qurilish materiallarini yer osti usulida qazib olish uchun xizmat qiluvchi kon korxonasi. Bu tushancha ba’zida, markazlashgan iqtisodiyotga ega bo‘lgan yagona ma,muriy-xo‘jalik birligiga birlashgan bir nechta shaxtalar (karerlar) ni ifodalash uchun foydalaniladi.





    NKMK AJ. Janubiy kon boshqarmasi.“Gujumsoy” rudnigi. Samarqand viloyati qo‘shrabot tumanida joylashgan. 2009 yilda ishga tushirilgan. Qazib olinadigan ma’dan turi: kvars-sulfidli ma’dan.
    Karer - foydali qazilmalarni ochiq usulda qazib olishni amalga oshiruvchi kon korxonasi.





    NKMK AJ. Markaziy kon boshqarmasi. «Muruntov» kareri Markaziy Qizilqumda, Navoiy shahridan 180 km shimolda, Zarafshon shahridan 40 km sharqda, Tomditovning janubiy etaklarida joylashgan. 1965 yilda konni qazib olish boshlangan. Dunyodagi eng yirik karer hisoblanadi. Oltin zahiralari bo‘yicha XX asr mo jizasi deb tan olingan.
    Razrez - ko‘mirni qazib olish bo‘yicha kar’er.


    Krasnobrodskiy” razrezi. RFKemerovo viloyati Belovo shahrida joylashgan. 1947yilda qazib
    olish ishlari boshlangan.



    Priisk - sochma holda joylashgan qimmatbaho va nodir metall i (oltin,
    olmos, qalay va b.) qazib olish bo‘yicha kon korxonasi.





    Solovevskiy” priiski. «Priisk Solovevskiy» AJ 1868 yilda tashkil
    topgan.Korxonaning asosiy faoliyati sochma holdagi oltinni qazib olish. .Sochilmalarni qazib olish . suvli muxitdan draga yordamida (suv ostidan) va ochiq usulda qazib olish usuli yordamida amalga oshiriladi.Rossiyaning eng yirik oltin qazib oluvchi korxonalari qatoriga kiradi.
    Promisel - suyuq va gazsimon foydali qazilmalarni qazib olish bo‘yicha kon korxonasi (neft promiseli).


    «O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyatining Gazli neft gaz qazib chiqarish boshqarmasi tasarrufida 29 ta neft va gaz konlari mavjud. Shundan 22 ta kondan sanoat miqyosida tabiiy gaz qazib olinmoqda. Qolgan 7 ta konda geologik qidiruv va jihozlash ishlari davom etyapti.



    Ishlab chiqarish quvvati deb nomlanuvchi kon korxonasining ishlab chiqarish unumdorligi, yil davomida qazib olinadigan foydali qazilmaning tonnada ifodalanishi. Kon korxonalarining ishlab chiqarish unumdorligi shaxta (karer) maydonidagi foydali qazilmalarning balans zahiralari hajmiga va unga bo‘lgan ehtiyojiga bog‘liq holda belgilanadi. Rudnik va shaxtalar uchun u o‘n mingdan bir necha million tonnagacha tashkil etadi. Yirik karerlarning ishlab chiqarish quvvati ko‘pincha o‘n millionlab tonnalarda o‘lchanadi. Kon korxonasining ishlab chiqarish unumdorligi A, t/yil, ning amal qilish muddati T va shaxta (karer) maydonidagi foydali qazilma zahirasi K quyidagi ifoda bilan o‘zaro bog‘liq: A=K/T.
    Kon korxonasining xizmat qilish muddatini 5-7 yildan 50 yilgacha va undan ko‘p yilgacha bo‘lgan muddat doirasida tanlanadi. Yirik shaxta (kar’er)
    maydonlarida xizmat qilish muddati uzoq bo‘lgan katta ishlab quvvatiga ega bo‘lgan kon korxonalari barpo etiladi.
    Har qanday kon-korxonasining faoliyati davomida barcha ishlar kon ajratmasi doirasida amalga oshiriladi.
    Kon ajratmasi - tashkilot yoki korxonalar tomonidan mavjud bo‘lgan foydali qazilma uyumini sanoat miqyosida qazib olish uchun taqdim etilgan yer qa’rining bir qismi. Kon ajratmasi o‘z chegaralarida yer yuzasidan foydalanish huquqini bermaydi. Yani, kon ajratmasining maydoni yer ajratmasining maydoni bilan aniqlanmagan, balki, kon korxonasining ishlab chiqarish quvvati va xizmat qilish muddati bilan aniqlanadi.
    Kon ajratmasi - yer qa’ridan foydalanish huquqi litsenziyasida ko‘rsatilgan, litsenziyaga muvofiq foydalanish uchun taqdim etilgan, yer qa’rining yuzasi va chuqurligi bo‘yicha chegaralangan geometrlashtirilgan uchastkasi. Kon ajratmasini taqdim etish va rasmiylashtirish Konsanoattexnazorat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
    Kon korxonasining yer yuzasidagi qismini qurish uchun yer ajratmasi ajratiladi. Yer ajratmasi - foydalanuvchiga foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlar uchun beriladigan ham ishlov berilgan, ham ishlov berilmagan yer qa’rining bir qismi.
    Kon qazib olish korxonasi uchun yer ajratmasining namunaviy tuzilmasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: - rudnikning sanoat maydonchasi; - qoplovchi tog‘ jinslari va kambag‘al ma’danlar ag‘darmasi; -ichki kapital magistrallar; - boyitish fabrikasining sanoat maydonchasi; - chiqindi ombori; - uy-joy fondi uchun hudud. Tabiiy-texnik tizimlarni yaratishda tabiiy komponent tarkibiga quyidagi uchastkalar kiradi: - kon ajratmasi uchkstkasidagi litosfera; - geofizik xususiyatlari o‘zgargan litosferalar; - kon ishlab chiqarish sanoatining texnogen omillari ta’siriga duchor bo‘lgan yer ajratmasi uchastkasidagi tabiiy ekotizimlar.

      1. Konlarning joylashish sharoitlari

    Foydali qazilma haqida tushuncha.

    Download 3,73 Mb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   83




    Download 3,73 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Metamorfik jinslarning turlari

    Download 3,73 Mb.