|
Magmatik jinslarning tasnifi va tarkibi
|
bet | 13/83 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 3,73 Mb. | | #136021 |
Bog'liq Konchilik ishi asoslariMagmatik jinslarning tasnifi va tarkibi. Magmatik jinslarning tasnifi. Magmatik jinslar hosil bo‘lish sharoitlariga bog‘liq holda chuqur (intruziv), otqindi (effuziv) va yarimuchuqur (gipabissal) turlarga bo‘linadi. Intruziv jinslar katta chuqurliklarda magmaning yuqori harorat va bosim sharoitlarida sekin sovishi va birtekis qotishidan hosil bo‘ladi. Bu jarayonlar tog‘ jinslarida to‘liq kristalli struktura, massiv tekstura shakllanishi va unda mineral komponentlarning bir tekis tarqalishi bilan yakunlanadi.
Otqindi jinslar Yer yuzasida past harorat va atmosfera ta’siri sharoitlarida lavadan issiqlik va gazsimon moddalarning tez ajralib chiqishi tufayli vujudga keladi hamda qotganidan so‘ng ularda ko‘plab g‘ovakliklar saqlanib qoladi. Shuning uchun ular amorf shisha ko‘p bo‘lgan chala kristalli struktura, har xil tekstura hamda turli tarkib va strukturaga ega bo‘lgan uchastkalarning almashinib turishi bilan farq qiladi.
Subvulkan jinslari Yer yuzasiga yaqin chuqurlikda harorat pasayib borish rejimida hosil bo‘ladi. Shu tufayli magmadan muayyan bir mineralning turli o‘lchamdagi kristallari vujudga keladi. Bunday jinslar aralash donali strukturasi bilan xarakterlanadi va porfirsimon jinslar deb ataladi.
Magmatik tog‘ jinslarining moddiy tarkibi ulardagi kimyoviy elementlarning (oksidlarining) va jins hosil qiluvchi minerallarning foyiz miqdorini hisoblash orqali aniqlanadi.
Tog‘ jinslarining kimyoviyva mineral tarkiblari o‘zaro bog‘liq, ammo bu bog‘liqlik murakkab, shuning uchun ham tog‘ jinslarining kimyoviy tarkibini qayta hisoblash orqali uning mineral tarkibini, mineral tarkibi orqali esa kimyoviy tarkibini aniqlab bo‘lmaydi. Vulkan shishasidan iborat bo‘lgan jinslarning moddiy tarkibini faqat kimyoviy yo‘l bilan aniqlash mumkin.
Magmatik jinslarning mineral tarkibi. Mineral tarkib - bu kimyoviy tarkibi ma’lum bo‘lgan jinslarni tashkil etuvchi minerallarning foyiz miqdori
(hajmiy yoki vazniy). Mineral tarkib kimyoviy elementlardan hosil bo‘lgan birikmalar xarakteri to‘g‘risida fikr yuritish imkoniyatini beradi.
rasm. Magamatik jinslarning tasnifi.
(Understanding Earth., J. Grotzinger, T. H. Jordan, F. Press, R. Siever.).
Magmatik tog‘ jinslarining mineral tarkibi ham turli-tuman. Ularning orasida eng keng tarqalganlari dala shpatlari, kvars, amfibollar, piroksenlar, slyudalar, kamroq tarqalganlari - olivin, nefelin, leytsit, magnetit, apatit va boshqalar hisoblanadi. Nordon intruziv jinslar asosan kaliyli dala shpati, kvars, plagioklazdan tarkib topgan bo‘ladi, qisman muskovit, biotit va amfibol uchrashi mumkin
rasm. Nordontarkibli jinslarning minerallari
(Understanding Earth., J. Grotzinger, T. H. Jordan, F. Press, R. Siever.)
O‘rta jinslar uchun amfibol, biotit, plagioklaz, kvars xarakterli, muskovit va kaliyli dala shpati ham uchrashi mumkin. Asosli jinslar piroksen va plagioklazdan tarkib topgan, o‘taasosli jinslarda esa faqat olivin va piroksen kuzatiladi. Minerallarning foyiz miqdoriga asoslanib intruziv jinslarning nomini aniqlash mumkin. O‘ta asosli jinslarning tipik vakillari bo‘lib dunit, peridotit va
piroksenit hisoblanadi. Asosli jinslar gabbro, labradorit, diabaz va bazaltdan tarkib topgan bo‘ladi. O‘rta jinslarning tipik vakillariga sienit, diorit, traxit, andezit, dala shpatili porfir, porfirit, nordonlariga esa - granit, riolit, granit-porfir kiradi. O‘ta nordon jinslarfaqat pegmatitlardan iborat bo‘ladi.
Tabiatda keng tarqalgan minerallar jins hosil qiluvchi minerallar deb ataladi. Magmatik tog‘ jinslari umumiy tarkibining 99% ga yaqinini tashkil etuvchi jins hosil qiluvchi minerallarga kvars, kaliyli dala shpatlari, plagioklazlar, leytsit, nefelin, piroksenlar, amfibollar, slyudalar, olivin va b. kiradi.
Tog‘ jinslarining juda kam miqdorini tashkil etuvchi minerallar aksessorlar deb ataladi. Aksessor minerallarorasida sirkon, apatit, rutil, monatsit, ilmenit, xromit, titanit, ortit va boshqa minerallarni ko‘rsatish mumkin; ba’zan ma’danli minerallar (magnetit, xromit, pirit, pirrotin va b.) ham uchraydi.
Tog‘ jinslarida juda kam miqdorda (foyizning yuzdan bir ulushlari) uchraydigan element-qo‘shimchalar: litiy, berilliy, bor, qalay, mis, xrom, nikel, xlor, ftor va b. ajratiladi. Jins hosil qiluvchi minerallar tog‘ jinslarining 5% dan ko‘pini, aksessorlar esa 5% dan kam miqdorini tashkil etadi.
Qora rangli minerallarning miqdori ham katta tasnifiy ahamiyatga ega. Masalan, kremnezyomga to‘yinmagan olivin minerali asosan o‘taasosli jinslarda uchraydi. O‘rta jinslarda odatda rogovaya obmanka, nordonlarida esa biotit mavjud bo‘ladi. Ishqorli jinslar amfibollarning uchrashi bilan xarakterlanadi. Kvars o‘rta va asosli jinslarda ham uchrasada, nordon jinslarning tipik minerali hisoblanadi. Silikatlar hosil bo‘lishi uchun metallar bilan birikmaga kirishadigan SiO2 miqdori magmada keragidan ortiq bo‘lishi lozim. Tog‘ jinslarida olivinning mavjudligi ularning kremnezyom bilan to‘yinmaganligining belgisi bo‘lib xizmat qiladi. Bu mineral SiO2 miqdori piroksen hosil bo‘lishi uchun etarli darajada bo‘lmaganda faqat magmadangina kristallanadi. Aks holda olivin hosil bo‘lmaydi, chunki magma eritmasida kremnezyom miqdori etarli darajada bo‘lganda olivin enstatitga aylanar edi. (7Understanding Earth., J. Grotzinger, T. H. Jordan, F. Press, R. Siever. 2007. p 80-83)
Cho’kindi tog’ jinslari va ularning tasnifi
Cho‘kindi jinslar turli tabiiy-iqlimiy sharoitlarda quruqlik yuzasida va suv havzalarining tubida shakllanadi. Cho‘kindi hosil bo‘lish jarayoni litogenezdeb ataladi. N.M.Straxov (1963) bo‘yicha litogenezning 4 ta turi: gumid (nam-iliq iqlimli), arid (quruq-issiq iqlimli), nival (nam-sovuq iqlimli) va vulkanogencho‘kindi ajratiladi. Litogenez turlariga bog‘liq holda boshqa barcha teng sharoitlarda to‘plangan jinslarning tarkibi va sementi turlicha bo‘lishi mumkin.
rasm. Cho‘kindi jinslarning bo‘lakli, xemogen, organogen va aralash
tarkibli turlarga ajratilishi.
^o^indi jinslarning yagona tasnifi hozirgacha mavjud emas. Har bir tadqiqotchi bajariladigan vazifaga qarab u-yoki bu tasnifdan foydalanadi. Eng keng tarqalgan tasniflar cho‘kindi jinslarning moddiy tarkibini o‘rganishga va hosil bo‘lish sharoitlariga asoslangan. Birinchi tasnifga muvofiq cho‘kindi jinslar alyumosilikatli, karbonatli, kremniyli (silitsitli), galogenli, allitli, temirli, marganetsli, fosfatli jinslarga va kaustobiolitlarga bo‘linadi. Ikkinchi tasnif bo‘yicha cho‘kindi jinslar bo‘lakli, xemogen, organogen va aralash tarkibli turlarga
'У'У
|
| |