|
Cho‘kindi jinslarning turlari
|
bet | 15/83 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 3,73 Mb. | | #136021 |
Bog'liq Konchilik ishi asoslariCho‘kindi jinslarning turlari. Alyumosilikatli (bo‘lakli) cho‘kindi jinslar. Alyumosilikatli jinslar bo‘shoq yoki sementlangan bo‘lishi mumkin. Bo‘shoq jinslarga dumaloqlangan yoki qirrali bo‘laklarning to‘planishidan hosil bo‘lgan turlari kiradi. Sementlangan bo‘lakli jinslar bo‘shoq jinslarning turli kimyoviy moddalar yordamida birikishi tufayli hosil bo‘ladi. Kremnezyomli sement (ikkilamchi kvarts, opal, xalsedon) eng mustahkam, temirli sement (limonit) mustahkam, karbonatli (kalsit) va sulfatli (gips) mustahkamligi past va gilli sement nomustahkam bo‘ladi.
rasm. Alyumosilikatli jinslar
Alyumosilikatli jinslarga xarsang va g‘o‘lakli konglomeratlar, brekchiyalar, gravelitlar, qumtoshlar va alevrolitlar kiradi.
Metamorfik tog’ jinslarining tasnifi,
Metamorfik jinslarning hosil bo‘lish sharoitlari . Yer po‘stida joylashgan tog‘ jinslari vaqt o‘tishi bilan o‘zining kimyoviy tarkibini o‘zgartirmasdan turib struktura va boshqa xossalarini keskin o‘zgartirishi mumkin. Bunday o‘zgarishlarning sababi uzoq vaqt davomida yuqori bosim va harorat hamda minerallashgan suvlar ta’siridir. Metamorfizmga magmatik jinslar ham, cho‘kindi jinslar ham uchrashi mumkin. Metamorfizmning yaqqol misoli - yaxlit magmatik
jinslaming peridotitga, o‘zining tarkibida ingichka tolali mineral - asbestga ega bo‘lgan qatlamli jinslaming serpentinitga aylanishini ko‘rsatish mumkin.
Metamorfizm deganda termodinamik sharoitlarning (birinchi navbatda harorat va bosim) kuchli o‘zgarishini keltirib chiqaruvchi turli endogen geologik jarayonlar ta’sirida tog‘ jinslarining o‘zgarishi va qayta o‘zgarishi tushuniladi. Metamorfizmga barcha genezisdagi - cho‘kindi, magmatik va metamorfik tog‘ jinslari uchrashi mumkin. Birlamchi tog‘ jinslarining o‘zgarish darajasi (metamorfizm darajasi) turlicha - jinslaming tarkibi va ko‘rinishi uncha sezilarli
OA Л 1
bo‘lmagan holdan to‘liq o‘zgarishigacha etadi. , ( Essentials of Geology -
Frederick K. Lutgens, Edward J. Tarbuck. 2012. p 178. 31Understanding Earth., J. Grotzinger, T. H. Jordan, F. Press, R. Siever. 2007. p 132,133.)
Metamorfik tog‘ jinslari yer yuzasida ham, yer po‘stining chuqurligida ham keng tarqalgan. Ular qadimiy tokembriy qalqonlari maydonlarida, o‘zgacha yoshdagi burmali viloyatlarda hamda platformali mintaqalar fundamentining tuzilishida ishtirok etuvchi magmatik jinslarning hosilalari sifatida rivojlangan. Metamorfik jinslar tarkibi va strukturasi bo‘yicha juda ham turli-tuman bo‘lib, ularda bir qator qimmatli foydali qazilmalar: oltin, uran, molibden, volfram, temir, qimmatbaho va texnik toshlar, keramik xom ashyolar uchraydi. Turli gneyslar, marmarlar, slanetslar ajoyib qurilish va bezak materiallari hisoblanadi.
Metamorfizm sabablarideganda dastlabki jinslarning o‘zgarishiga olib keluvchi sabablar tushuniladi. Ularning orasida harorat, bosim va tog‘ jinslari bilan o‘zaro ta’sirga kirishadigan kimyoviy faol birikmalar (eritmalar, flyuidlar) asosiy o‘rinda turadi, ular asosan er po‘stining 10 km dan 30 km gacha bo‘lgan chuqurliklarida sodir bo‘ladi.
Bosim tog‘ jinslarining chuqurliklarga cho‘kishi bilan bog‘liq bo‘lib, chuqurlikdagi jinslar turli tomondan, shu jumladan ustida yotuvchi jinslar ta’sirida bosimga uchraydi. Umumiy holda bosim chuqurlik sari oshib boradi. Harorat - mineral hosil bo‘lish jarayoniga ta’sir ko‘rsatuvchi va paydo bo‘ladigan minerallar majmuasini belgilaydigan muhim omil hisoblanadi. Yer po‘stining turli xududlarida harorat 20 dan 60 darajagacha, o‘rtacha bir kilometr chuqurlikda 300 С ga oshadi. Metamorfizm jarayonlari 250°С gacha harorat oralig‘ida sodir bo‘ladi. Aynan shu chegarada kimyoviy reaksiyalar tezligining keskin o‘zgarishi sababli diagenez va metamorfizm orasidagi chegara o‘tkaziladi. Shunday qilib, 15 km chukurlikda xarorat 4500 С ni tashkil qiladi, bu esa yer yuzasining haroratidan (o‘rtacha 10°С da 20°С gacha) ancha yuqoridir (6.1- rasm). 15 km chuqurlikdagi bosim cho‘kindi jinslar g‘ovakligi va zichligiga bog‘liq bo‘lib yuzasidagi bosimdan o‘rtacha 4000 marta oshadi.
|
| |