• BOB. MINERAL RESURSLAR MANBALARIHAQIDA UMUMIY TUSHUNCHALAR Yer qa’rining tuzilishi
  • Konchilik ishlarida yerdan foydalanish va tuproq 224




    Download 3,73 Mb.
    bet9/83
    Sana12.01.2024
    Hajmi3,73 Mb.
    #136021
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   83
    Bog'liq
    Konchilik ishi asoslari

    10.4 Konchilik ishlarida yerdan foydalanish va tuproq 224
    muhofazasi 224
    FOYDALANILGAN ADABIY OTLAR. 228
    Internet saytlari: 229

    KIRISH.
    O'zbekiston zaminida mavjud bo'lgan foydali qazilma boyliklari bo'yicha tasdiqlangan zaxiralar va istiqbolli rudalar jixatidan dunyoda yetakchi o'rinni egallaydi. O'zbekiston iqtisodiyotida mineral xom ashyoni qazib olish va qayta ishlash yetakchi o'rinlardan birini egallamoqda. Hozirgi paytda sanoatning har bir jabhasini foydali qazilmalarsiz tasavvur qilish qiyin. Shu sababdan Respublikamizda foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlashga talab kuchaymoqda.
    Joylarda hududiy ishlab chiqarishni rivojlantirish, sanoat korxonalarini qurish, ishlab chiqarishga jalb etiladigan kadrlar salohiyatini har tomonlama oshirish borasida olib borilayotgan amaliy ishlar natijasida bugungi kunda ishlab chiqarish quvvatining ortib borayotgani, jahon moliyaviy- iqtisodiy inqiroz sharoitida bo'lishiga qaramasdan o'sish sur'atlarining izchil oshib borayotganligi bilan ham izohlash mumkin.
    Istiqlolning ilk yillarida O'zbekiston kon-metallurgiya majmuining ustuvor rivojlanishi va foydali qazilmalarni qazib olish hamda qayta ishlash sanoati uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlab berish maqsadida - Navoiy davlat konchilik instituti tashkil qilinishi ham bugungi kunda zarur sohalarni malakali kadrlar bilan ta'minlash imkonini berdi.
    Konchilik soxasida tayyorlangan yetuk kadrlar jahon fundamental va amaliy tadqiqotlari yutuqlarini o'rganish asosida foydali qazilmalarni qazib olish hamda qayta ishlash sohasida o'z ilmiy va intellektual salohiyatini rivojlantirish, shuningdek, foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlash sohasida yangi ilg'or texnologiyalarni ishlab chiqish va ularni respublikaning muayyan geologik hamda iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda amaliyotga joriy qilish malakalariga ega bo'ladilar.
    Talabalarda O'zbekiston Respublikasining moddiy-ma'naviy rivojida jamoa va alohida shaxs sifatida qo'shadigan hissasi ahamiyatini tushuntirish va ularda o'z ishlaridan faxr tuyg'usini shakllantirish ushbu fo'quv qo'llanmaning muxim vazifalaridan biridir.
    Respublikamizda kon sanoatining jadal sur'atlarda rivojlanib borishi talabalardan bu sohadagi bilimlarini qunt bilan egallash va nazariyani amaliyotda tatbiq etishda jonbozlikni talab etadi. Talabalar respublikamiz konchilik sanoatining rivojlanish istiqbollari va kon korxonalari, foydali qazilmalar va ularni qazib olish to'g'risida umumiy ma'lumotlar, ishlab chiqarish jarayonlari va ushbu jarayonlarda qo'llaniladigan kon-texnika vositalarini ishlash tamoyillari bo'yicha egallagan bilim, ko'nikma va malakalarini kon korxonalarida amaliyotni yaxshi bajarishga va mutaxassislik fanlarini mukammal egallashida, shuningdek, kelgusida ishlab chiqarishda qo'llash imkoni va malakalariga ega bo'ladilar.
    Yurtimiz kelajagi, xalqimiz, mamlakatimizning intellektual salohiyatiga, aql-zakovatiga, milliy ta'lim-tarbiya tizimini jahon andozalari asosida takomillashtirish, ta'lim tizimini yangi zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil qilishga, kadrlar tayyorlashga bevosita bog'liq. Yangicha fikrlaydigan, zamonaviy bilimlarga ega bo'lgan barkamol tashkilotchi va zukko mutaxassis kadrlarga ega bo'lishi uchun avvalo ta'lim-tarbiya tizimini tubdan o'zgartirish, uni hozirgi davr talabi darajasiga ko'tarish zarur va muhimligini hayot taqozo etayapti.
    Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, ushbu tayyorlangan darslik hozirgi davr talabi darajasidagi zamonaviy bilimlarga ega bo'lgan barkamol tashkilotchi va zukko mutaxassis kadrlar yetkazishda tashlangan muhim qadamlardan biri hisoblanadi.


    1. BOB. MINERAL RESURSLAR MANBALARIHAQIDA UMUMIY TUSHUNCHALAR

    1. Yer qa’rining tuzilishi

    Yeming ichki tuzilishini o‘rganish murakkab masala hisoblanadi. Shu maqsadda foydalaniladigan usullar bevosita va bilvosita turlarga bo‘linadi.

    Download 3,73 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   83




    Download 3,73 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Konchilik ishlarida yerdan foydalanish va tuproq 224

    Download 3,73 Mb.