Skvajinalarniburg‘ulashtexnologiyasi




Download 1,25 Mb.
bet119/132
Sana15.12.2023
Hajmi1,25 Mb.
#119905
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   132
Bog'liq
Konchilik ishi asoslari majmua

Skvajinalarniburg‘ulashtexnologiyasi.

Tog‘jinsimassividaskvajinalarniburg‘ulashda, burg‘ulashsnaryadidiametrivamehnatunumdorligiturlichabо‘lganburg‘ulashdastgohlariishlatiladi. Dastgohlarni (burg‘ulashdastgohlarini) tanlashesa, tog‘jinsixususiyatlari, burg‘ulashishlarihajmivaportlovchiskvajinalarparametrlarinihisobgaolganholdaamalgaoshiriladi.


Zichvayarimqoyalitog‘jinslariniburg‘ulashda – kesuvchikoronkalivaaylanmaburg‘ulovchiSBRturdagistanoklardanfoydalaniladi, qoyalitog‘jinslarida – burg‘ulashishlarihajmikattabо‘lganida, sharoshkaliburg‘ulovchidasgohlarqо‘llaniladi. Shuningdek, о‘rtavakamishunumlikaryerlarda – zarbliaylanmaburg‘ulovchidastgohlarqо‘llaniladi. Kristallstrukturagaegabо‘lganо‘taqattiqtog‘jinslaridaburg‘ulashishlariniolibborishda, SBOturdagidastgohlarvaо‘takо‘pyoriqlivatarkibidakarstlarbо‘lgantog‘jinsimassivlarida – kanatli-zarbliburg‘ulashdastgohlariqо‘llaniladi.
Aylanma burg‘ulash (skvajinalarni kesish yо‘li bilan burg‘ulash). Kesuvchi koronkalar yordamida aylanma burg‘ulash asosan vertikal va qiya skvajinalarni о‘tishda qо‘llaniladi (tog‘ jinsi qattiqligi f=2-8). Bunday stanoklar bilan burg‘ulash texnologiyasining mohiyati shundaki – elektr dvigateli bilan hosil bо‘ladigan bosimning aylanish о‘qi bо‘ylab kesgichga ta’sir etadi va keskich aylanib-bosib tog‘ jinsini parchalaydi. Maydalangan tog‘ jinsi parchalari esa aylanma qobirg‘ali shneklar bilan skvajinadan chiqarib tashlanadi. Burg‘ulash ishlari tugallangandan keyin skvajinada qolgan tog‘ jinsi parchalari siqilgan havo yordamida tozalanadi. Keskichlar yeyilishga chidamli pо‘latlardan ishlangan bо‘lib, qattiqqotishmali elementlar bilan armirovkalangan buladi.
SBR-125 dastgoxining yurishi – qadamlovchi.
SBR-150 dastgoxiniki esa gusenitsali.
Sharoshkali burgulash. Sharoshkali burg‘ulash ham tog‘ jinsini aylanma burg‘ulab parchalash prinsipiga asoslangan. Bunda skvajinadagi ishchi organnning ishchi yuzasi bilan skvajinadagi qazish joyi aylanma siqilib tog‘ jinsi parchalanadi. Ishchi organ uchiga sharoshkali tishlar о‘rnatilgan bо‘ladi. Skvajinalarni burg‘ulash chiqindilaridan tozalash va sharoshkalarni sovutish – burg‘ulash shtangalari og‘zidan (ichidagi bо‘shlikdan) yuboriladigan siqilgan havo yordamida amalga oshiriladi.
Zarbli – aylanma burg‘ulash. Bu dastgohlarni ishchi organi havoli zarblagichlar hisoblanadi. Siqilgan havo shtanga bо‘shlig‘i orqali havoli zarblagichga beriladi. Bu siqilgan havo klapanli qurilma yordami bilan urgichli porshenning qaytma-ilgarilanma harakatlanishiga olib keladi va bu urgich burg‘ulash koronkasi dumchasiga minutiga 1700-2500 zarba beradi. Havoli zarblagichning aylanishi elektr dvigatel aylantirgichdan shtanga orqali amalga oshiriladi va bu aylantirgich dastgohning о‘zida joylashgan bо‘ladi. Har bir zarba berilganida dolota pichog‘i burg‘ulash asbobi aylanishga ulgurgan sektordagi tog‘ jinsiga botib uni maydalaydi.
Termik (olovli) burg‘ulash. Bu usul asosan qattiqligi (f=20 gacha) juda yuqori bо‘lgan, tarkibida kvars bо‘lgan monolit tog‘ jinslarini burg‘ulashda qо‘llaniladi.Bunda skvajinadagi qazish joyining yuzasi yuqori temperaturali (3200ºS gacha) gaz oqimi bilan juda tez (lahzali) isitiladi. Bu yerda yupqa yuzaga (qatlamga) uzatilayotgan yongan gaz oqimining tezligi tovush tezligidan ham yuqori bо‘lib, termik zо‘riqish (tog‘ jinsida) paydo bо‘ladi va tog‘ jinsi parchalanib massivdan ajralib, gaz oqimi kuchi bilan skvajinadan chiqarib tashlanadi.
Zarbli burg‘ulash. Zarbli –buralishli burg‘ulash hozirgi paytda juda kam qо‘llaniladi, chunki bu usulda mehnat unumdorligi kam va katta mehnat sarfi talab etiladi.
Zarbli – buralishli burg‘ulash prinsipi shundan iboratki, bunda og‘irligi juda katta (1200-2800 kg) bо‘lgan burg‘ulash snaryadi kanatga osilgan bо‘lib, bu snaryad ritmik ravishda 1-1,2 m balandlikka kо‘tarilib, erkin tashlanadi. Snaryad zarb bilan urilganida zaboyda tog‘ jinsini parchalaydi. Dastgohning ish rejimi – burg‘ulash snaryadining kо‘tarilish balandligi, zarblar chastotasi hamda suvni yetkazib berish vaqti bilan bog‘liq.

Hozirgi kunda karyerlarda turli modeldagi burg‘ulash stanoklari qо‘llanilmoqda. Portlovchi skvajinalarning 85% i sharoshkali burg‘ulash dastgohlari yordamida burg‘ulanmoqda.
Hamdо‘stlik mamlakatlarida bir qator burg‘ulash dastgohlari turli kon texnik sharoitlarda diametri 125 mm dan 400 mm gacha bо‘lgan portlovchi skvajinalarni burg‘ulashni ta’minlaydi. Ishlab chiqarish quvvati kam bо‘lgan (5 mln. t. gacha) karyerlarda 2SBSH-200 (skvajina diametri 190va 214 mm) turdagi sharoshkali burg‘ulash dastgohi, о‘rta va katta ishlab chiqarish unumdorligiga ega bо‘lgan karyerlarda esa, SBSH-250 va SBSH-250 MN (skvajina diametri 243-269 mm) dastgohlari keng tarqalgan.
Xorij mamlakatlarida esa, Byusayrus Eri (AQSH) firmasining 31R modeldagi diametri 159-200 mm bо‘lgan va III seriya 60R modeldagi burg‘ulash diametri 311 mm bо‘lgan sharoshkali burg‘ulash dastgohi keng tarqalgan.
Keyingi yillarda xorijiy firmalar tomonidan yangi turdagi burg‘ulash dastgohlari yaratildi. Bular: P seriyadagi VE-55R dastgohi (Byusayrus Eri firmasi) skvajina diametri 171-311 mm, burg‘ulash chuqurligi-76 m; YESM-450 (Intersol-Rend firmasi) markali dizel privodli gusenitsali gidravlik burg‘ulash dastgohi: skvajina diametri 130-200 mm, burg‘ulash chuqurligi-19,8 m. Hamdustlik mamlakatlarida burg‘ulash dastgohlari ishlab chiqaridigan yagona mamlakat bu Rossiyadir.


Download 1,25 Mb.
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   132




Download 1,25 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Skvajinalarniburg‘ulashtexnologiyasi

Download 1,25 Mb.