|
rasm.Konlarningjoylashishsharoitlari
|
bet | 116/132 | Sana | 15.12.2023 | Hajmi | 1,25 Mb. | | #119905 |
Bog'liq Konchilik ishi asoslari majmua3.1 rasm.Konlarningjoylashishsharoitlari.
Uyumlarning sifat taqsimoti va tuzilish strukturasi
bо‘yicha quyidagilarga bо‘linadi:
a) bir komponentli – bir tuzilishli va sifat kо‘rsatkichlari bir xilda taqsimlangan oddiy uyumlar;
b) uyumlarning planda va chuqurlikda joylashishi bо‘yicha tur va navlari bir xilda taqsimlanmagan kо‘p komponentli va kо‘p navli murakkab strukturali uyumlarga.
Konning ustunlik qiluvchi turlari bо‘yicha tog‘ jinslari quyidagilar bilan ifodalanadi:
a) qoyali tog‘ jinslari va qattiq rudalar bilan;
b) qattiq ruda va qoyali jinslar bilan;
v) yumshoq va zich qoplovchi tog‘ jinslari bilan;
g) yarim qoyali qoplovchi tog‘ jinslari va foydali qazilmalar bilan;
d) yumshoqqoplovchi tog‘ jinslari va yumshoq yoki zich foydali qazilmalar bilan.
Tog‘ jinslarining turi asosan texnologik sxema va qazuvchi hamda transport vositalarining asosiy modelini tanlashni belgilaydi.
Yumshoq tog‘ jinslarini qazib olishda quvvatli rotor ekskavatorlar va konveyer transportini qullash mumkin. Qoyali tog‘ jinslarini qazib olishda burg‘ulash portlatish ishlari qо‘llaniladi, asosan bir kovshli ekskavator va temir yul hamda avtomobil transportlarini qо‘llash mumkin.
Yangi mavzuni mustahkamlash.
1. Konlarni joylashish sharoitlari nechta va ularga ta’rif bering ?
2. Qatlamsimon uyumlarga ta’rif bering ?
3. Tektonik buzilgan qatlamlar tizimiga ta’rif bering ?
Mavzu-16:Portlatish usuli bilan tog’ jinslarini qazib olishga tayyorlash.
Reja:
1.Portlatish ishlari haqida umumiy ma’lumot.
2.Skvajinalarni burg’ilash.
3. Burg’ilanish haqida.
Tog‘jinsiniqazibolishningportlatishusulitog‘jinsinimassivdanajratibolishvaularnibelgilangankattalikdamaydalashdaniborat. Yarimqoyalitog‘jinslariniqazibolishgatayyorlashdaportlatishusulibilanyumshatishkengqо‘llaniladi. Ushbuusulkaryerlardaqoyalitog‘jinslariniqazibolishgatayyorlashningyagonausulihisoblanadi. Barchakaryerjihozlariningishunumdorligivakonishlarigaketganxarajatlarma’lumdarajadaportlatishishlarisifativaularnitashkiletishgabog‘liqdir.
Portlatish ishlari quyidagilarni ta’minlashi zarur:
keyingi ishlab chiqarish jarayonlari uchun tog‘ jinslarini belgilangan darajada maydalanishini;
portlatilgan foydali qazilmaning talab etilgan sifat va navlarini;
minimum darajada pog‘ona maydonchalari belgilari о‘lchamlari va shakllaridan chekinish;
berilgan pog‘ona shakli va qiyalik burchaklarini, keyingi (navbatdagi) skvajinalarni burg‘ulash va zaryadlash xavfsizligini;
qazish va yuklash ishlari uchun qulay bо‘lishi uchun belgilangan о‘lcham va shakldagi portlatilgan tog‘ jinsi uyumini,
tog‘ jinslarini joylashtirishda zarur bulgan masofa va yо‘nalishlarni, asosan qazib о‘tilgan maydonga joylashtirishda;
atrofdagi inshootlar va karyerning oxirgi konturidagi tog‘ jinsi massivini maksimal darajada saqlash xamda, ularga minimal darajada portlashning seysmik ta’sirini;
yuqori unumdorlikda qazish va yuklash ishlari uchun yetarli hajmdagi portlatilgan tog jinslarini;
kon ishlarini yuqori samaradorligini, ish unumdorligini va xavfsizligini.
Skvajinalarni burg‘ulash – ayniqsa qoyali, parchalanishi qiyin bо‘lgan tog‘ jinslarida ishh katta va qimmat turuvchi jarayondir.
Portlovchi skvajinalarni burg‘ulash samaradorligi burg‘ulash tezligi bilan aniqlanadi. Burg‘ulashtezligiquyidagilargabog‘liqdir:
burg‘ulash asbobi ta’siri ostida tog‘ jinslarining buzilish kobiliyati (asosiy faktor);
burg‘ulash asboblarining turi va shakllari, skvajina zaboyigata’siretish usuli (zarbli, aylanma, aylanma-zarbli va boshqalar);
burg‘ulash asbobining skvajina zaboyiga ta’sir kuchi va tezligi;
skvajina diametri va bir qator hollarda uning chuqurligi;
tog‘ jinsi buzilishiga ta’sir etuvchi (xalaqit beruvchi) burg‘ulash chiqindisini skvajina zaboyidan tozalash tezligi, doimiyligi va usuli.
Yuqorida sanab о‘tilgan barcha faktorlar burg‘ulash dastgoxlarining texnologik parametrlarini aniqlaydi.
|
| |