|
Muzlagantog‘jinsinieritish
|
bet | 114/132 | Sana | 15.12.2023 | Hajmi | 1,25 Mb. | | #119905 |
Bog'liq Konchilik ishi asoslari majmuaMuzlagantog‘jinsinieritish. Tog‘jinslarinieritishpar, suv, chuquryokiyuzaviyelektrisitgichelektrodlarvayuzanikuydirishyordamidaamalgaoshiriladi.
Chuqurelektrisitgichdaelektrodlarbir-biridan 0,5–0,7 mmasofadabо‘lganshpurlargamuzlashchuqurligigachajoylashtiriladi. Elektrzanjirierigantog‘jinsidaqisqatutashuvhosilqiladivauningerishjarayonipastdanyuqorigaqarabhosilbhladi. Eritishga ketgan elektr energiya sarfi 1 m3 tog‘ jinsiga 8-10 kvt s ni tashkil etadi.
Yuzaviy elektr isitgichda elektrod metal setka kо‘rinishida eritiladigan uchastka yuzasiga yotqiziladi. Elektr ta’minoti yuqori chastotali generator orqali amalga oshiriladi.
Par bilan eritishhavo harorati 0 dan past bо‘lib, bu xolat uzoq davom etadigan iqlim sharoitlarida muzlagan tog‘ jinslarida qо‘llaniladi. Par bilan eritishda ichki diametri 19-22 mm, uzunligi 1,5-3 m bо‘lgan pо‘lat trubalar qо‘llaniladi. Bu trubalar shpurlarga joylashtiriladi(shpurlar orasidagi masofa 2-2,5m) yoki skvajinalar burg‘ulanib, bu skvajinalarga par yuboriladi yoki boshqa isituvchi materiallar joylashtiriladi. Eritish davomiyligi 4-6 soatda 24-27 kg parni sarflab 1m3 tog‘ jinsini eritish mumkin.
Yuza qismini kuydirish yordamida eritish muzlagan tog‘ jinsi yuzasida kо‘mir qatlami, torf yoki о‘tin yoqish orqali amalga oshiriladi. 1m3 tog‘ jinsini eritish uchun yoqilgi sarfi: 30-60 kg kо‘mir, 120-140 kg torf va 0,14-0,17 m3о‘tin sarflanadi.
Gidravlik usul. Tog‘ jinsini qazib olishning gidravlik usuli tog‘ jinsi tarkibiga suv va eritmalar jо‘natishga asoslangan. Shag‘al va qum qazib olish korxonalarida gidravlik usul, suv bilan yuvib olish yoki kimyoviy aralashmalar qо‘llaniladi.
Bulardan tashqari burg‘ulashning: elektrogidravlik, skvajinlarni burg‘ulash va tog‘ jinslarini kesishda (qirqishda) ultratovushlarni qо‘llash, portlatib burg‘ulash, plazmali burg‘ulash turlari ham mavjuddir.
Yangi mavzuni mustahkamlash.
|
| |