|
Skvajinalizaryadlashusuli
|
bet | 122/132 | Sana | 15.12.2023 | Hajmi | 1,25 Mb. | | #119905 |
Bog'liq Konchilik ishi asoslari majmuaSkvajinalizaryadlashusuli. Bugungikundakaryerlardaturlitog‘jinslaridaburg‘uquduqlarniburg‘ulashdaturli-tumansamaradorlivositalarimavjuddir (8.1 rasmd).
Buusulningmoxiyatishundaniboratki, portlovchimoddaqiyayokivertikalskvajinalargajoylashtirilib, ularningtepaqismlaritiqinlanadi. Tiqinlovchimaterialо‘rnidaqumliinertmaterillardan, burg‘ulashqirindilaridanyokimaxsustarkibgaegabо‘lgantiqinlovchimateriallardanfoydalaniladi. Skvajinalarpog‘onaningtepaqismidaparallelholatdabiryokibirnechaqatoretib, orasidagimasofalarhisoblabtengqilibjoylashtiriladi.
Skvajinalarorasidagimasofashundaytanlanishikerakki, harbirportlatilganskvajinaо‘rtadaochiqjoyqoldirmasdanbir-biriningustigaparchalangantog‘jinslariniyopishiyokiqoplashikerak.
Skvajinali zaryadning ta’sir zonasi:
Patron boyevik (jangari patron) odatda skvajina tubida asosiy zaryad ostiga joylashtiriladi. Bu esa, о‘z navbatida portlovchi modda bilan zaryad detonatsiyasining massiv parchalanishi yо‘nalishiga mos kelishiga, parchalanishning sifatli kechishiga, pog‘ona asosining tekis chiqishiga olib keladi.
Skvajinalarni diametrlarini, qatorlar sonini, qiyalik burchagini о‘zgartirish massivda tog‘ jinslarining xossalariga qarab portlovchi moddalarni ancha tо‘g‘ri joylashtirishga imkon beradi.
Shpurli zaryadlash usuli. Shpur – bu tog‘ jinsida silindrik shaklda о‘yilgan bо‘shliq bо‘lib, uning chuqurligi 5m gacha va diametri 75 mm gacha bо‘lishi mumkin.
Massivda shpurli zaryadlash usulini qо‘llash natijasida portlovchi moddalarni ancha tо‘g‘ri taqsimlash mumkin bо‘ladi. Shpurli zaryadlash usuli asosan, qurilish materiallarini qazib olish karyerlarida, yer osti usulida qо‘llaniladi va ma’lum darajada foydali qazilmalarning strukturasini о‘zgartirmasdan saqlab qolish imkoniyatini beradi. Bu usulning kamchiliklari: mehnat darajasi yuqori, portlovchi modda sarfi baland.
Quyma zaryadlash usuli. Qayta maydalashda va yordamchi ishlarda bu usul qо‘llaniladi. Quyma zaryadlarni portlatishdan avval ularning ustki qismi loy yoki yopishqoq modda bilan berkitiladi. Berkitilgan qismining balandligi zaryad balandligidan kichik bо‘lmasligi kerak. Zaryadning о‘zi katta tog‘ jinsi bо‘lagining chuqurroqqismiga yoki ostiga qо‘yiladi. (8.1 rasma).
Quyma zaryadlarni joylashtirish oddiy bо‘lib tayyorlash ishlarini talab qilmaydi, lekin juda katta portovchi modda sarflashga tо‘g‘ri keladi. Hattoki xarsang toshlarni maydalashda kichik shpurli usulga qaraganda 10 baravar kо‘p portlovchi moddalar sarflanadi.
|
| |