|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
bet | 125/132 | Sana | 15.12.2023 | Hajmi | 1,25 Mb. | | #119905 |
Bog'liq Konchilik ishi asoslari majmuaYangi mavzuni mustahkamlash.
1. Qazish- yuklash nima ?
2. Uzluksiz ishlovchi mashinalar misollar keltiring?
3. Davriy ishlovchi mashinalarga misollar keltiring?
4. Qazib-yuklovchi mashinalarga ta’rif bering ?
5. Ekskavatsiyalovchi mashinalar nima ?
Mavzu-22:Tog’ jinslarini uzluksiz ishlovchi qazib-yuklochi mashinalar yordamida qazib olish.
Reja
1.Ekskavator haqida umumiy ma’lumot.
2.Tog’ jinslarini rotorli ekskavator yordamida qazib olish.
3.Rotorli ekskatorining parametrlari
Ekskavator deb shunday mashinaga aytiladiki, tog‘ jinslarini chо‘michlab, qisqa masofaga tashib va transport vositalariga yoki ag‘darmaga tо‘kuvchi mashinadir.
Ish jarayoni quyidagi 4 xil ketma-ket bajariladigan harakatlardan iborat: chо‘michni tо‘ldirish (chо‘michlash), uni tо‘kish joyiga surish (harakatlantirish), tо‘kish va bо‘sh chо‘michni chо‘michlash joyiga qaytarib keltirish.
Ekskavatorlar umumiy holda quyidagi belgilar bо‘yicha turlanadi:
Ishchi a’zosini turiga qarab kо‘p chо‘michli ekskavatorlar: zanjirli, sidirg‘ichli-chо‘michli, rotorli, frezerli-chо‘michli va chо‘michsiz frezerli ishchi a’zoli turlarga bо‘linadi. Harakatlanishturigaqarab:
bо‘ylamaqazuvchiekskavatorlar, ulardaharakatlanishyо‘nalishiqazishyо‘nalishigatо‘g‘rikeladi;
kо‘ndalangqazuvchiekskavatorlar, ulardaharakatlanishyо‘nalishiyо‘nalishigaperpendikulyarbо‘ladi;
radial qazuvchi ekskavatorlar, ularda ishchi a’zo asos bilan birgalikda mashinaning umumiy asosiga nisbatan buriladi.
Ochiq kon ishlarida asosan rotorli va zanjirli ekskavatorlarning kо‘ndalang va radial yо‘nalishda ishlaydiganlari qо‘llaniladi.
Ekskavatorlar pastdan kovlaydigan va yuqoridan kovlaydigan turlarga bо‘linadi. Harakatlanish mexanizmlari bо‘yicha relslik, gusenitsalik, relsli gusenitsalik va qadamlovchi turlarga bо‘linadi.
Tog‘ jinslarini rotorli ekskavatorlar yordamida qazib olish.
Rotorli ekskavatorlar о‘zi yurar tinimsiz ishlaydigan mashina bо‘lib, rotor g‘ildiragiga о‘rnatilgan chо‘michlar yordamida tog‘ jinslarini qazib ma’lum masofaga tashiydi va transport vositalariga yuklaydi. Ishlash prinsipi - rotorli g‘ildirak gorizontal va vertikal tekislikda о‘zining chо‘michlari bilan tog‘ jinsini tirnaydi va hosil bо‘lgan (ajralib chiqqan) qirindilar rotorli g‘ildirak biqinida joylashgan konveyrga dumalab tushadi va undan qayta yuklash konsoliga о‘tadi.
Rotorli ekskavatorlar ish unumi yuqori bо‘lgan mashinalar hisoblanib, ularning unumdorligi 12000 m³/s gacha yetadi. Ular yumshoq va zich tog‘ jinslariga mо‘ljallangan.
Rotorli ekskavatorlarning parametrlari va qazib olish texnologiyasi – asosan, karyerda kon texnik sharoitiga, kompleks tarkibidagi transport turlariga va ularning konstruktiv parametrlariga bog‘liq bо‘ladi.
9.1-chizma. Rotorliekskavatorsxemasi.
Rotorliekskavatorlarningasosiytexnologikparametrlari: Hch- chо‘michlashbalandligi, Jch- chо‘michlashchuqurligi, Rch-maksimalchо‘michlashradiusi, Rmin - minimalchо‘michlashradiusi, l- strelaningsurilibchiqishuzunligi, Rp- bо‘shatish (yuksizlanish) radiusi, Hpmax- maksimalbо‘shatishbalandligi, Hpmin - minimalbо‘shatishbalandligivad - rotorg‘ildiraginingdiametrlaridaniboratdir.
Ekskavatorturganjoyganisbatanpastdayokitepadajoylashganpog‘onaostipog‘onalarningbalandligi – ekskavatorlarningkonstruktivimkoniyatlaridankelibchiqibaniqlanadi. Bu balandlik – strelaning maksimal ruxsat etilgan qiyalik burchagi bilan cheklanadi: yuqorilab chо‘michlaganda - 27º, quyilab (pastdan) chо‘michlaganda - 18º. Yuqorilab chо‘michlashning maksimal balandligi - hozirgi zamon ekskavatorlari uchun – 53,5 m gacha, pastdan chо‘michlashda – 25 m ni tashkil etadi.
Rotorli ekskavatorlarning unumdorligida tog‘ jinsini qazib olish muhim rol о‘ynaydi. Rotorli g‘ildirak gorizontal tekislikda strelani siljitganida qalinligi 0,3–0,5 m va balandligi 0,4-0,7d bо‘lgan tog‘ jinsini qirqib oladi.
Tog‘ jinslarini kо‘p chо‘michli zanjirli ekskavatorlar bilan qazib olish. Tog‘ jinslariga uzluksiz ta’sir kо‘rsatib qazib oluvchi mashinalardan yana biri – bu kо‘p chо‘michli zanjirli ekskavatordir. Bu turdagi mashinalarda ishchi organnnig ishlash prinsipi – shundan iboratki, pog‘ona ustida chо‘michlar haraktlanganda, har qaysi chо‘mich ma’lum qalinlikda tosh bо‘laklarini qirqib oladi va chо‘michni tо‘lg‘azadi. Yuqorigi baraban egilganida, chо‘michdagi tog‘ jinslari bunkerga bо‘shaydi va yerdan vagon konveyrga kelib tushadi. Kо‘p chо‘michli ekskavatorlar – pastdan, yuqoridan yoki pastdan va yuqoridan chо‘michlovchi konstruksiyalarda ishlab chiqariladi. Pastdan chо‘michlovchi ekskavatorlar konda ochish ishlarini olib borish va foydali qazilmani qazib olishda qо‘llaniladi. Yuqoridan chо‘michlovchi ekskavatorlar temir yо‘l transporti bilan birgalikda ochish ishlarini olib borishda qо‘llaniladi. Kо‘p chо‘michli ekskavatorlarning asosiy parametrlari: lch - chо‘michlash chuqurligi, Nch - chо‘michlash balandligi va l - bо‘shatish konsoli uzunligidan iboratdir.
Kо‘p chо‘michli zanjirli ekskavatorlar bilan qazib olish texnologiyasi karyerdagi kon texnik sharoit va kullaniladigan transport turi bilan bog‘liq. Tog‘ jinslarini pogona kiyaligidan yoki orka tarafdan qazib olish mumkin.
Temir yо‘l izda yuruvchi barcha ekskavatorlar – pog‘ona qiyaligida qazib olayotganda ish fronti bо‘ylab harakatlanadi va bunda ikki xil sxema qо‘llanilishi mumkin:
Ekskavator 10-15 sm qatlamni (yumshoq tog‘ jinslarida) qirqib borish bilan birga, maxsus о‘rnatilgan yо‘lga siljituvchi yordamida yangi joyga siljiydi va sikl takrorlanadi. Bu sxemada – chо‘mich pog‘ona qiyaligini butun uzunligi bо‘yicha qatlamni qirqadi va ekskavatorning yuqori unumdorligini ta’minlaydi.
Sikl boshida – ekskavator qazishga mо‘ljallangan uchastkadan tekislovchi zveno uzunligiga teng bо‘lgan masofa turadi. Front bо‘ylab oldinga va orqaga harakatlanib, xar safar chо‘michni qirqib olinishi kerak bо‘lgan qatlam qalinligida tushiradi. Bunda pog‘onaning ostki qismida uchburchak kо‘rinishida qazilmay qolgan joy hosil bо‘ladi va u keyinchalik tekislovchi zveno tomonidan qazib olinadi.
Gusenitsali yuradigan ekskavatorlar pog‘ona qiyaligida ham, orqadan kirib ham tog‘ jinslarini ekskavatsiyalashi mumkin. Qazib olinadigan pog‘onaning balandligi ekskavatorning konstruksiyasi bilan aniqlanib, texnik xarakteristikasida chо‘michlash chuqurligi va balandligi kо‘rsatilgan bо‘ladi. Xozirgi zamon ekskavatorlari uchun bu raqamlar – 12 m dan 33 m gacha yetadi.
Ekskavatorlarning ishlash rejimi tо‘laligicha avtomatizatsiyalashtirilgan va ularning yuqori unumdorlik bilan ishlashini ta’minlaydi. Kо‘p chо‘michli zanjirli ekskavatorlar chо‘mich tishlarining kesish kuchi kam bо‘lgani uchun, asosan yumshoq tog‘ jinslarida, kо‘mir, fosfatlar, boksitlarni qazib olishda qо‘llaniladi.
|
| |