• Mavzu-23:Tog’ jinslarini mexanik kurakli ekskavatorlar bilan qazib olish. Reja 1. Karyer mexanik kuraklarining texnologik xarakteristikasi.
  • Yangi mavzuni mustahkamlash. 1. Karyer mexanik kuraklarining texnologik xarakteristikasiga ta’rif bering 2. Tog’ jinslarini skreperlar bilan qazib olishga ta’rif bering
  • 1.Karyer yuklari. 2.Kon massasini tashishda avtomobil transportini qo’llash. 3.Kon massasini tashishda avtotransport ishini tashkillashtirish.
  • Yangi mavzuni mustahkamlash




    Download 1,25 Mb.
    bet126/132
    Sana15.12.2023
    Hajmi1,25 Mb.
    #119905
    1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   132
    Bog'liq
    Konchilik ishi asoslari majmua

    Yangi mavzuni mustahkamlash.

    1. Ekskavator nima ?
    2. EKG so’zining ma’nosi ?
    3. Tog’ jinslarini rotorli ekskavator yordamida qazib olish ?
    4. Rotorli ekskatorining parametrlari ta’rif bering ?
    5. Ekskavator ish jarayoniga ta’rif bering ?

    Mavzu-23:Tog’ jinslarini mexanik kurakli ekskavatorlar bilan qazib olish.
    Reja
    1. Karyer mexanik kuraklarining texnologik xarakteristikasi.
    2. Tog’ jinslarini skreperlar bilan qazib olish.
    3. Tog’ jinslarini buldozerlar bilan qazib olish.
    Mexanik kurakli qazib-yuklovchi ekskavatorlar karyerlarda keng qо‘llaniladi. Ular konstruksiyalarining tuzilishi – uzluksiz ishlovchi qazib-yuklovchi mashinalar ishlay olmagan iqlim sharoitlarida ham ishlash imkonini beradi.
    Karyer mexanik kuraklarining texnologik xarakteristikasi.

    Kо‘rsatkichlar


    Karyermexanikkuraklari



    Ochuvchimexanikkuraklari

    EKG- 3,2

    EKG-5A

    EKG-8I

    EKG-12,5

    EKG-15

    EKG-20A

    EVG- 35/65

    EVG-100/70

    Kovshsig‘imim³

    2,5;3,24

    4;5; 6,3

    6,3;8; 10

    10;12,5;16

    15

    20

    35

    100

    CHо‘michlashradiusi,m

    8,8

    11,2

    11,9

    14,8

    15,6

    -

    37

    -

    Maksimalyuklashradiusi,m

    12

    13,6

    16,3

    19,9

    20

    21,6

    62

    66

    Maksimal chо‘michlash radiusi, m

    13,5

    15,5

    18,2

    22,5

    22,5

    24

    65

    70

    Maksimal chо‘michlash balandligi, m

    9,8

    11

    12,5

    15,6

    16,4

    18

    40

    50

    Maksimalyuklashbalandligi, m

    6,1

    7,5

    9,1

    10

    10

    11,6

    45

    40

    Kо‘tarilishbalandligi, grad

    12

    12

    12

    12

    12

    12

    5

    5

    Ekskavatormassasi,t

    140

    250

    370

    653

    672

    1060

    3790

    12000

    Dvigatelquvvati, kVt

    250

    320

    520

    1250

    1250

    1358

    5500

    11600

    Sikl davomiyligi (90ºburchak ostida burilganda), sek

    23,3

    25

    28

    32

    28

    32

    56

    55

    Ularasosanzichtog‘jinslariniyumshatmasdan, qoyalivayarimqoyalitog‘jinslarinioldindanyumshatibqazibolishgamо‘ljallangan.


    CHо‘mich, strela va rukoyat – mexanik kurakli ekskavatorning ishchi organi hisoblanadi.
    Bu ekskavatorlar bilan zich tog‘ jinslarini ekskavatsiyalash jarayonida chо‘michning keskir tishlari bilan tog‘ jinsi qatlami qirqiladi. Tо‘ldirilgan chо‘mich bilan ekskavator bо‘shatish joyiga buriladi va kovshni (chо‘michni) bо‘shatib, ishchi organ yana qazish joyiga qaytadi. Portlatibyumshatilganuyumlarniyuklashdaesa, chо‘michuyumgabotiriladi.

    9.3 – rasm. Mexanik kurakli ekskavatorlarning parametrlari va qazib olish texnologiyasi.
    Rukoyatni siljitish prinsipiga qarab mexanik kurakli ekskavatorlar kanatli va gidravlik siljituvchi ekskavatorlarga bо‘linadi.
    Ishlatilish sferasiga qarab mexanik kurakli ekskavatorlar ikki turga bо‘linadi:

    1. karyerlardaishlovchiekskavatorlar;

    2. ochish ishlari uchun mо‘ljallangan ekskavatorlar.

    Karyerda ishlovchi ekskavatorlar – tog‘ jinslarini qazib olish
    va ularni transport vositalariga yuklashga mо‘ljallangan.
    Ochish ishalriga mо‘ljallangan ekskavatorlar esa, qazib olingan tog‘ jinslarini ishlangan ishlangan (foydali qazilma qazib olingan) bо‘shliqlarga tashlab ishlaydi.
    Bir chumichli mexanik kurakli ekskavatorlar asosan Rossiya, AKSH, Fransiya, Germaniya va Yaponiya davlatlarida ishlab chiqariladi.

    Yangi mavzuni mustahkamlash.
    1. Karyer mexanik kuraklarining texnologik xarakteristikasiga ta’rif bering ?
    2. Tog’ jinslarini skreperlar bilan qazib olishga ta’rif bering ?
    3. Tog’ jinslarini buldozerlar bilan qazib olishga ta’rif bering ?
    Mavzu-24Karyer yuklari. Avtomobil transportining kon-texnologik qo’llanilish sohalari.

    Reja:

    1.Karyer yuklari.
    2.Kon massasini tashishda avtomobil transportini qo’llash.
    3.Kon massasini tashishda avtotransport ishini tashkillashtirish.
    Karyeryuklarinitashishkaryerlardaengkо‘penergiyasarfbо‘ladiganjarayonhisoblanadi. Ochiq kon ishlaridagi umumiy xarajatlar ichidan transport xarajatlari 60-70% ni tashkil qiladi. Ochiq kon ishlarida kon ishlari olib borishda tog‘ jinslari, foydali qazilmalar, foydali komponentlar miqdori kam bо‘lgan foydali qazilmalar va materiallar tashilishi kerak. Tashiladigan yuk turiga va yо‘nalishiga qarab ochuvchi va foydali qazilma yuk oqimlari tarkib topadi. Yuk oqimlari zaboylardan boshlanib, noruda tog‘ jinslar ag‘darmalarida yoki foydali komponentlar miqdori kam rudalar ag‘darmalarida yoki foydali qazilma zaxiralarida tugaydi.
    Karyer yuklarini tashishchun deyarli barcha transport turlari qо‘llaniladi, ular ish prinsipiga qarab quyidagilarga bо‘linadi:

    • uzluksiz (konveyerli, truboprovodli, osma pо‘lat arqon yо‘lli);

    • siklli (temir yо‘l, avtomobil, skipli, yuk kо‘taruvchiqurilmalar, konveyer poyezdlari).

    Uzluksiz transport turi unumlirok trnansport turi bо‘lib,
    kon ishlarini uzluksiz olib borilishini, boshqarishni avtomatlashtirishni va yuqori ish unumdorligini ta’minlaydi. Uning qazuvchi-yuklovchi va ag‘darma hosil qiluvchi texnikalar bilan birgalikda ishi butunlay avtomatlashtirilgan yuqori unumdorlikka ega bо‘lgan komplekslarni tashkil qilib, tog‘ jinslarini qazib olishga xizmat qiladi. Masalan, rotorli kо‘p chо‘michli ekskavatorlar, konveyer transporti, transport-ag‘darma kо‘prigi yoki ag‘darma hosil qiluvchi komplekslari. Karyerlarda tog‘ jinslarini qazib olishda uzluksiz ishlaydigan komplekslarni qо‘llaganda yuk oqimini soddalashtiradi, karyerlarda uskunalarni ishlatish darajasi ortadi.

    Kon massasini tashishda avtomobil transportini qо‘llash.



    Karyerlarda avtomobil transporti keng qо‘llaniladi. Bunga sabab uning avtonomligi, harakatchanligi, topogorafik, geologik va ob-havo sharoitlarida ham yuqori unumdorligi va temir yо‘l transportiga nisbatan soddaroq tuzilganidir.
    Avtomobil transporti tashish masofasi 4-5 km bо‘lgan va yillik yuk aylanish hajmi uncha katta bо‘lmagan, ya’ni 15-20 mln.t bо‘lgan hollarda karyerda keng qо‘llaniladi. Ishlash prinsipi kon massasini zaboylardan qabul qilish punktlarigacha tashish va tо‘kishdan iborat.
    Karyerlardagi avtomobil yо‘llaridan foydalanish sharoitlariga qarab yо‘llar kapital va vaqtinchalik yо‘llarga bо‘linadi. Kapital yо‘llar doimiy uchastkalarda, yer yuzasida, transheyalarda va transport bermalarida quriladi. Kapital yо‘llar yо‘l qoplamasiga ega. Vaqtinchalik yо‘llar zaboylarda, ishchi maydonchalarda, suriluvchi tushish joylarida va ag‘darmalarda quriladi. Ular pog‘ona va ish frontining siljib borishi bilan davriy о‘zgarib turadi va yо‘l qoplamasiga ega emas.
    Yо‘llar yuk zichligi, bir kilometr uzunlikdagi yuk miqdori yoki harakat uzluksizligi vaqt birligi ichida bir tomonga о‘tgan mashina soni bilan xarakterlanadi. Yuk kо‘tarish va harakat uzluksizligi bо‘yicha kapital yо‘llar uch kategoriyaga bо‘linadi va о‘z qoplamalari xususiyatlari ularning kо‘rsatkichlari bilan farqlanadi.
    Kapital avtomobil yо‘llari asosan kyuvetlar, suv uzatuvchi ariqcha, ag‘darma, yо‘l о‘tkazgich qurilma, kо‘prik, yо‘l qoplamasi о‘tkazuvchi qism va obochinalardan tuzilgan. Obochina kengligi 1-2 m ni tashkil etadi. Lahimlarda joylashgan yо‘llar trapetsiya shakldagi enliligi 0,4 m bо‘lgan yon kyuvetlar (chuqukurligi 0,8-0,9m) ga ega bо‘lishi kerak. Yо‘l parametrlari о‘tish qismining kengligi, burilish radiuslari, bо‘ylama yо‘nalishdagi qiyalik, kо‘ndalang muyulishdagi qiyalik va eng qisqa qurish masofalaridan iboratdir.
    Yо‘l qoplamasi betondan, asfaltobetondan, sementbetondan va shebenlardan iborat bо‘ladi. Yо‘l qoplamasi turi yо‘ldan foydalanish muddatini, harakat intensivligini, haraaktlanuvchi sostav turi va maxalliy yо‘l qurilishi materiallarini hisobga olgan holda tanlanadi. Karyerlarda doimiy yо‘llarda, katta harakat intensivligida (sutkada avtosamosvallar reysi 2000-3000 bо‘lganda) sementbeton yoki asfaltobeton qoplamalari qо‘llaniladi. Kam harakat intensivligida (sutkada avtosamosvallarning reysi 1000-1500 bо‘lganda) shebenli qoplama qо‘llaniladi. Vaqtinchalik yо‘llar qoyali muxitda joylashgan bо‘lsa qoplamaga ega bо‘lmaydi, yumshoq muhitda joylashgan bо‘lsa gruntli qoplamaga ega bо‘ladi.
    Qor kо‘chkisi kutiladigan yо‘l qismlarida qordan tо‘suvchi passiv va aktiv qurilmalar yasaladi. Qordan ximoya kiluvchi passiv vositalar qish paytida о‘rnatilib, ular shamol tomondan qorni tо‘sib qо‘yadi. Qordan ximoya kiluvchi aktiv vositalar balandligi 6 m bо‘lgan tayanchlarga osilgan tо‘siq devor bо‘lib, yul balandligidan 2 m balandga osiladi. Ularning ishlash prinsipi qor bо‘roni oqimi yoriq kengligigacha qisilib tezligi oshadi, natijada yо‘lni qor qoplamasdan о‘tib ketadi.


    Download 1,25 Mb.
    1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   132




    Download 1,25 Mb.