• 1.Ag’darma haqida ma`lumot. 2. Ag’darma turlari. 3. Ag’darmalarni shakllantirish
  • Yangi mavzuni mustahkamlash




    Download 1,25 Mb.
    bet129/132
    Sana15.12.2023
    Hajmi1,25 Mb.
    #119905
    1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   132
    Bog'liq
    Konchilik ishi asoslari majmua

    Yangi mavzuni mustahkamlash.

    1. Konveyerga ta’rif bering?
    2. Konveyer nechi turga bo’linadi va ularga ta’rif bering ?
    3. Konveyerning texnik tasnifiga ta’rif bering ?


    Mavzu-27:Ag’darmalarni hosil qilsh to’g’risida tushuncha.
    Reja:


    1.Ag’darma haqida ma`lumot.
    2. Ag’darma turlari.
    3. Ag’darmalarni shakllantirish.

    Agdarma xosil kilish usuli kullaniladigan transport va ishchi uskunalar turlariga bog‘liqdir.


    Temir yо‘l transportida – ekskavatorli (mexanik kurakli, abzetserli), plugli va buldozerli ag‘darmalar, konveyer transportida esa, ag‘darmaga tog‘ jinslarini joylashtirishda konsolli ag‘darma hosil qilgichlar qо‘llaniladi.
    Ochiq kon ishlari natijasida qazib olingan qoplovchi jinslarni va nokonditsion hisoblangan foydali qazilma tо‘planadigan joyga ag‘darma deyiladi. Ularni joylash bilan bog‘liq bо‘lgan texnologik jarayonga ag‘darma hosil qilish deyiladi. Ag‘darmalarning karyer konturiga nisbatan joylashuviga qarab ular ichki va tashqi ag‘darmalarga bо‘linadi. Agar ag‘darma karyer konturi ichkarisida joylashgan bо‘lsa ichki ag‘darma, tashqarisida joylashgan bо‘lsa tashqi ag‘darma deyiladi.
    Turg‘unligi bо‘yicha – doimiy va vaqtinchalik ag‘darmalarga bо‘linadi. Ag‘darma о‘z konstruksiyasiga kо‘ra kon massasi uyumi hisoblanib, bir necha qatlamdan (yarusdan) iborat va planda notо‘g‘ri shaklga ega tо‘g‘ri burchakka yaqin bо‘ladi. 10.1 chizma.
    Bitta ag‘darmaga alohida qilib 4 xil turdagi tog‘ jinsi yoki nokonditsion foydali qazilmalar joylashtirilishi (tog‘ jinslarini navlarga bо‘lgan holda joylashtirish) mumkin.
    Qazib chiqarilgan qoplovchi jinslar qayta ishlov beruvchi va qurilish sanoatining xom ashyosi yoki nokonditsion foydali qazilma hisoblangan (nokonditsion – ma’lum vaqtda iqtisodiy samara bermaydigan, ammo texnik va texnologiyaning rivojlanishi bilan birgalikda kelgusida samarali bо‘lishi mumkin bо‘lgan foydali qazilma) hollarda ag‘darmalar alohida (navlarga bо‘lib) joylashtiriladi. Bunda har xil turdagi kon jinslari bir-biriga qо‘shilib ketmasligi, bir-birin yopib qо‘ymasligi zarur. Natijada ag‘darma uchastkalarga bо‘linadi. Har bir uchastka atrofida birinchi yarusdan to oxirgi yarusgacha bir xil turdagi tog‘ jinsi joylashtiriladi. Tog‘ jinslarining fizika-mexanik xususiyatlari va sifat kо‘rsatkichlariga bog‘liq bо‘lmagan holda g‘aramlash (skladirovaniye) yalpi g‘aramlash (valoviy) deb aytiladi.
    Ag‘darmaning asosiy parametrlariga:
    -ag‘darma balandligi – No;
    -ag‘darma yarusi balandligi – h;
    -ag‘darma eni – Vo;
    -ag‘darma uzunligi – Lo;
    -ag‘darma о‘tish kengligi – Ao;
    -ag‘darma egallab turgan yer uchastkasi yuzasi - So.
    Ag‘darma balandligi va ag‘darma pog‘onasi balandligi qо‘yidagilarga bog‘liq:

    • -ag‘darma hosil qilishni mexanizatsiyalashtirish usuliga;

    • -g‘aramlanadigan tog‘ jinsi turg‘unligiga va ag‘darma asosiga;

    • -ag‘darma ostidagi yer relyefiga;

    • -transportturiga.

    Ag‘darma balandligi bо‘yicha 25 yarusdan iborat bо‘ladi va har bir yarus balandligi ag‘darma pog‘onasi balandligiga teng bо‘ladi. Agar tog‘ jinsi turg‘unligi kam bо‘lsa, ag‘darma pog‘onasi balandligi 810 m bо‘ladi. Turg‘un qattiq tog‘ jinslarida ag‘darma pog‘onasi balandligi 3040 m bо‘ladi. Bir jinsli bо‘lmagan tog‘ jinslari joylashtirilgan ag‘darmalarda esa, yaruslar balandligi har xil bо‘lishi mumkin. Masalan: quyi yarusga ag‘darma va ag‘darma pastki qismi (tagi) turg‘unligini oshiruvchi tog‘ jinslari tashlanadi. Yuqori yarusga esa, ag‘darma yuzasini rekultivatsiya qilish imkoniyatini yengillashtrish maqsadida unumdor tog‘ jinslari joylashtiriladi.О‘rtayarusvaag‘darmaningplandagimarkaziyqismigazararlitog‘jinslarijoylashtiriladi, ularningostigavaatrofigagillijinslarjoylashtiriladi. Butog‘jinslarizararlielementlarningyuvilibketmasligivaatrofmuhitnigeoximikzararlantirmaslikuchunizolyatsiyalovchiekranhosilqiladi.
    Ag‘darmaningumumiybalandligioptimalbо‘lishikerak, chunkitog‘jinslarningag‘darmalargajoylashtirishgaketadiganxarajatkambо‘ladi. Ag‘darmabalandligiqanchakattabо‘lsa, jinslarnitashishvaag‘darmayuzasinirekultivatsiyaqilishgaketadiganxarajatshunchakattabо‘ladi. Lekinag‘darmaegallabturganjoyqanchakichikbо‘lsa, ag‘darmaostidagiyerniotchujdeniyeshunchakichikbо‘ladi. Temir yо‘l transporti qо‘llanilganda tekis joyda ag‘darmaning optimal balandligi 100-300 m ga yetadi. Tog‘li joylarda esa, ag‘darma balandligi 200-500 m ga yetadi.
    Ag‘darma о‘tish kengligi ag‘darma hosil qilish usuli va transport turiga bog‘liq bо‘ladi va yо‘llarni siljitish qadamiga teng bо‘ladi. Yо‘llarni siljitish qadami – ag‘darma uskunalari parametrlari bilan aniqlanadi va temir yо‘l transporti qо‘llanilganda: plugli ag‘darmalarda 1,5-3 m, ekskavatorli agdarmalarda: mexanik kurak bilan 21-34 m, draglaynlar bilan 120 m gacha, buldozerli ag‘darmalarda 50-60 m dan 110-120 m gacha, avtomobil transportida: buldozerli ag‘darmalarda 35-50 m, draglaynlar qо‘llanganda 200 m gacha bо‘ladi.
    Ag‘darmali о‘tish hajmi yoki ag‘darmali tupikning qabul qilish qobiliyati, bu – yо‘lni bir marotaba siljitish evaziga ag‘darmaga joylashtirish mumkin bо‘lgan kon jinsi miqdoridir.
    Ag‘darmali tupikning qabul qilish qobiliyati (m3/m):
    V = hyaAo/kp,
    bu yerda:
    hya – ag‘darma yarusi balandligi, m;
    Ao– yо‘llarni siljitish qadami, m;
    kp– tog‘ jinslarining maydalanganlik koeffitsiyenti.
    Qabul qilish qobiliyati 1 m ag‘darmali tupikda quyidagicha bо‘ladi: plugli ag‘darmalarda – 30-60 m3; mexanik kurakli ekskavatorli ag‘darmalarda – 500-1200 m3; draglayn bilan – 10-12 ming m3 gacha.
    Ag‘darmalarni joylashtirish uchun ajratilgan joy quyidagi talablarga javob berishi kerak:

    • tog‘ jinslarini tashish oralig‘i kichik bо‘lishi uchun, karyerga yaqin masofada bо‘lishi kerak;

    • doimiy ag‘darmalar egallab turgan maydon rudasiz va kо‘mirsiz bо‘lishi kerak.

    Tashqi ag‘darmalar juda katta yer maydonini egallaydi. Katta
    karyerlarda bu maydon 2-3 ming gektargacha yetadi. Agar bu maydonlar qishloq va о‘rmon xо‘jaligi uchun yaroqli bо‘lsa, u holda bо‘sh tog‘ jinslarini ag‘darmalarga joylashtirish kon korxonasiga katta zarar keltiradi. Shuning uchun xam ag‘darmalar uchun yaroqsiz maydonlar tanlanishi kerak.

    Download 1,25 Mb.
    1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   132




    Download 1,25 Mb.