|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
bet | 128/132 | Sana | 15.12.2023 | Hajmi | 1,25 Mb. | | #119905 |
Bog'liq Konchilik ishi asoslari majmuaYangi mavzuni mustahkamlash.
1. Karyer yuklariga ta’rif bering?
2.Kon massasini tashishda avtomobil transportini qo’llash usullari ?
3.Kon massasini tashishda ish prinsipiga qarab nechi turga bo’linadi va ularga ta’rif
bering ?
4. Karyerlardagi avtomobil yо‘llaridan foydalanish sharoitlariga qarab nechi turga
bo’linadi va ularga ta’rif bering ?
Mavzu-26 Kon massasini konveyer transorti bilan tashish.
Reja
1. Konveyer haqida umumiy ma’lumot.
2. Konveyer turlari.
3. Konveyerning texnik tasnifi.
Konveyer transporti transport turi sifatida allaqachonlardan beri ishlatlishiga qaramasdan karyerlarda yosh transport turi hisoblanadi. Konveyer metall formalardan tuzilgan bо‘lib, tashuvchi a’zosi sifatida rezina lenta (lentali konveyer), kurakli zanjir (kurakli konveyer), plastinkalar (plastinkali konveyer) yoki ariqcha shakldagi (vibratsiyali konveyer) a’zolari ishlatiladi. Karyerlardi yumshoq, maydalangan (bо‘lak о‘lchami 400 mm gacha) qattiq va yarim qoyatoshlarni tashish uchun lentali konveyerlar keng qо‘llanilmoqda. Ularning ish prinsipi shundan iboratki: konveyer lentasida tog‘ jinslari tо‘ldirilib baraban yuritgich yordamida tortish bilan harakatga keltirilib tashiladi. Konveyr lentasiga nagruzkani kamaytirish uchun qо‘shimcha tortish a’zolari, pо‘lat arqon, zanjir, telejkalar qо‘llaniladi. Bunday hollarda lenta faqat kon massasini joylashtiruvchi idish vazifasini о‘taydi.
Karyerlardagi konveyrlar transporti joylashishi va mо‘ljaliga qarab zaboydagi, tо‘plovchi, yuk kо‘taruvchi, magistral va ag‘darma turlariga bо‘linadi.
Zaboy konveyerlari pog‘ona ishchi maydonchasiga joylashtirilib, kon massasini ekskavatordan tо‘plovchi konveyrgacha tashishga mо‘ljallangan. karyerlarda zaboy fronti sekin-asta siljib borganligi uchun zaboy konveyer seksiyalari maxsus texnika turbodozerlar yordamida yoki gusenitsalik, qadamlovchi mexanizmlar yordamida suriladi.
Tо‘plovchi (uzatuvchi) konveyerlar karyerning yon qismida joylashgan bо‘lib, ular bir yoki bir necha zaboy konveyrlaridan yuk kо‘taruvchi konveyerga tashishga mо‘ljallangan. Tо‘plovchi konveyrlar zaboy konveyrlari ortidan о‘z о‘qiga parallel yо‘nalishda gusenitsali yoki rels yо‘lli izlarda harakatlanadi.
Yuk kо‘taruvchi konveyerlar ishchi bо‘lmagan yoki vaqtinchalik ishchi bо‘lmagan karyer qismida (transheyalarda yoki yer osti qiya lahimlarida) joylashgan bо‘lib, karyer ishchi qismidan kon massasini yuqoriga tashishga mо‘ljallangan. Yuk kо‘taruvchi konveyer yukni tо‘plovchi konveyerdan olib, oddiy konveyrlarda 18º burchak ostida va maxsus konveyerlarda 50º gacha qiyalikda karyer borti bо‘ylab yer yuzasiga kо‘taradi. Yuk kо‘taruvchi konveyr ancha yuqori yuritgchi va konstruksiyaga ega bо‘lib bir yerda muqim о‘rnatilishga mо‘ljallangan. Kon massasini qattiq jinslarda 14º burchakdan yuqori va yumshoq jinslarda 18º dan yuqori balandliklarga unumli va xavfsiz kutarish uchun lenta yuzasi qovurgalarga bо‘linib yasaladi yoki yuqoridan bosib turuvchi lenta yoki zanjirli tur ishlatiladi. Ular materialni pastga surilib ketishiga yо‘l qо‘ymaydi.
Magistral konveyrlar karyer yuzasida joylashgan bо‘lib, qoplama jinslarni ag‘darmaga va foydali qazilmalarni boyitish fabrikasiga yoki omborlarga tashishga mо‘ljallangan.
Ag‘darma konveyrlar ag‘darmalarda joylashgan. Bajaradigan ishiga qarab ular zaboy konveyerlariga о‘xshab ketadi. Ular ag‘darma fronti deyiladi. Tuzilishi bо‘yicha qayta yuklovchi va ag‘darma hosil qiluvchilar bilan birgalikda kompleks hosil qiladi. Qayta yuklovchi uzatuvchi a’zo vazifasini о‘taydi, ekskavatordan zaboy konveyerigacha yoki zaboy konveyeridan tо‘plovchiga bir gorizontdan ikkinchisiga, shuning uchun u о‘zi yurar gusenitsali yoki qadamlovchi shakldagi yurish mexanizmiga ega bо‘lib, qabul qiluvchi va konveyer sо‘ngida tо‘kuvchi qismlari bо‘lib, bu qism 18º gacha har qanday qiyalikda ishlay oladi. Yassi tekislikda qabul qiluvchi moslama va tо‘kuvchi qismlari 60º gacha burchakka burilishi mumkin.
|
| |