|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
bet | 132/132 | Sana | 15.12.2023 | Hajmi | 1,25 Mb. | | #119905 |
Bog'liq Konchilik ishi asoslari majmuaYangi mavzuni mustahkamlash.
1. Avtomobil transportiga ta’rif bering ?
2. Ag’darma turlari turlari ?
3. Avtomobil transporti yordamida ag’darma hosil qilish haqida ta’rif bering ?
Mavzu:30. Ochiq usulda qazib olish sistemasi va ularning klassifikatsiyasi.
Reja:
1. Foydali qazilmalarni ochiq usulda qazish tizimlari.
2. Transportsiz qazish tizimi.
3. Transportli qazish tizimi.
Konlarniqazibolishtizimlariochishtizimlaribilanbirqatordahamyerostiusulida, hamochiqusuldaqazibolishtexnologiyalariningmuhimtashkiletuvchiqismihisoblanadi.
Mavjudkongeologikvatashkiliyiqtisodiysharoituchunratsionalvatо‘g‘ritanlanganqazishtizimikо‘pjixatdankonishalriningiqtisodivaxavfsizligini, shuningdekatrofmuhitgabо‘lganta’sirinianiqlaydi.
Ochiq kon texnologiyasida mavjud qazish tizimlari soni yer osti texnologiyasi tizimlari bilan taqqoslanganda kо‘p emas. Biroq, har doim ham u yoki bu karyerda qо‘llanilayotgan qazish tizimini nomini ifodalash oson emas, chunki ayni bir qazish turli klassifikatsiyalarda turlicha nomlanishi mumkin. Masalan, prof. YE.F.Sheshko klassifikatsiyasidagi transportsiz qazish tizimi akad. V.V.Rjevskiy klassifikatsiyasida qazib olishning yoppa uzunasiga bir bortli tizimi deb ataladi. Bunday holat turli klassifikatsiyalarda ayni bir qazish tizimining turli belgilari xarakterlanishi bilan tushuntiriladi.
Shuning bilan bir qatorda, qazish tizimining nomlanishi о‘quv jarayonida turli fanlarni о‘rganishda, kon sanoati amaliyotida, energiya, mehnat va materiallar sarf xarajatlarini meyorlashda, loyixalashda – samarali texnik yechimlarni tanlash va taqqoslash va shunga о‘xshash kо‘p soxalarda juda muhim amaliy ma’no kasb etadi. Qazib olish tizimining nomi ma’lum kon-geologik sharoitlarda kon ishlari texnologiyasining shunday jihatlarini о‘zida namoyon etishi kerakki, mavjud texnologik kompleksni boshqalaridan sezilarli darajada farqlasin.
Bunday jihatlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: birinchidan, bu kon jinslarini qazib olish va yetkazib berish jarayonlarining mexanizatsiyalash usullari, ikkinchidan bu, ish zonasining karyer muhitiga nisbatan va vaqt bо‘yicha shakllanishi, ya’ni, uning konstruksiyasi va dinamikasi (о‘zgarishi, rivojlanishi).
Yuqorida keltirilgan belgilarga mos ravishdaochiq usulda qazib olish texnologiyasi nazariyasida bir necha klassifikatsiyalar tavsiya etilgan bо‘lib, ularni ikki guruhga bо‘lish mumking.
Birinchi guruhga prof. YE.F.Sheshko, akad. N.V.Melnikov va boshqalarning klassifikatsiyalarini keltirish mumkin. Bu klassifikatsiyalarda ochiq usulda qazish tizimlari jinslarning ag‘darmalarga haraktlanish usullaridan kelib chiqib, transportsiz, transportli va kombinatsiyalashganholda bо‘lishi mumkin.
Ikkinchi guruh akad. V.V.Rjevskiy va A.I.Arsentyevlarning klassifikatsiyalarida qazish tizimlari ish zonasi shakllanishining tartibidan kelib chiqqan holda bо‘lingan.
Birinchi guruh klassifikatsiyalarining asosiy kamchiligi shundaki, ular tik qiya (krutoye padeniye) va qiya joylashgan foydali qazilma konlarini qazib olishning о‘ziga xos jihatlarini hisobga olmaydi, vaxolanki bunday hollarda ish zonasining asosiy konstruksiyasi va uning dinamikasi (vaqt bо‘yicha shakllanishi) asosiy farqlovchi belgi hisoblanadi. Ikkinchi guruh klassifikatsiyalarining kamchiligi shundaki, ular jinslarni ag‘darmalarga tashish usulini xarakterlamaydi, vaxolanki aynan shu jarayonni amalga oshirish kon siklining barcha xarajatlarining 60-70% ini talab qiladi.
Yuqorida keltirilgan guruh klassifikatsiyalaridan о‘rin olgan bir tomonlama va shuning natijasida qazish tizimini tо‘laqonli bо‘lmagan xarakteristikasidan qochish uchun, uning nomlanishida ikkala muhim belgi о‘z ifodasini topmog‘i lozim, ya’ni kon ishlab chiqarishning asosiy texnologik jarayoni bо‘lgan qoplovchi tog‘ jisnlarining tashish usuli, shuningdek ish zonasi konstruksiyasi va unda ochiq kon ishlari rivojlanish tartibi.
Bunday yondashuv ochiq usulda qazib olish tizimlari texnologik klassifikatsiyasini tavsiya etish imkonini berdi. Unda (tabl. 28):
a) ikkala guruh klassifikatsiyalarining asosiy jihatlari birlashtirildi;
b) ochiq kon ishlari texnologiyasining ikki muhim xarakterli о‘ziga xosliklari hisobga olindi;
v) loyixalash va rejalash amaliyotida qо‘llaniladigan qazish tizimini tashkil etuvchi elementlarining an’anaviy nomlanishi saqlab qolindi.
Muhimligi jihatidan kamayib boruvchi tartibda joylashtirilgan klassifikatsion belgilar quyidagilar hisoblanadi:
qoplovchijinslarnitashishusuli;
ishzonasiningrivojlanishshakli;
ishfrontiningplnadajoylashishi;
bortlar soni yoki ish frontining siljishi yо‘nalishi.
Qoplovchijinslarnitashishusuligakо‘raochiqusuldaqazishtizimlariuchsinfgabо‘linadi:
transportsiz;
transportli;
Yangi mavzuni mustahkamlash.
1. Ochiq usulda qazib olish sistemasiga ta’rif bering ?
2. Ochiq usulda qazib olish klassifikatsiyasi?
3. Transportsiz qazish tizimi haqida ta’rif bering ?
4. Transportli qazish tizimi haqida ta’rif bering ?
|
| |