|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
bet | 118/132 | Sana | 15.12.2023 | Hajmi | 1,25 Mb. | | #119905 |
Bog'liq Konchilik ishi asoslari majmuaYangi mavzuni mustahkamlash.
1. Portlatish ishlari haqida ta’rif bering ?
2. Skvajinalarni burg’ilashga ta’rif bering ?
3. Burg’ilanish nima ?
4. SBSH nima ?
5. Zarbli burg’ilashga ta’rif bering ?
6. Olovli burg’ilashga ta’rif bering ?
7. Skavija bilan shpurni farqi ?
Mavzu-17:Portlatish usuli bilan tog’ jinslarini qazib olishga tayyorlash.
Reja:
1.Portlatish ishlari haqida umumiy ma’lumot.
2.Skvajinalarni burg’ilash.
3. Burg’ilanish haqida.
Tog‘jinsiniqazibolishningportlatishusulitog‘jinsinimassivdanajratibolishvaularnibelgilangankattalikdamaydalashdaniborat. Yarimqoyalitog‘jinslariniqazibolishgatayyorlashdaportlatishusulibilanyumshatishkengqо‘llaniladi. Ushbuusulkaryerlardaqoyalitog‘jinslariniqazibolishgatayyorlashningyagonausulihisoblanadi. Barchakaryerjihozlariningishunumdorligivakonishlarigaketganxarajatlarma’lumdarajadaportlatishishlarisifativaularnitashkiletishgabog‘liqdir.
Portlatish ishlari quyidagilarni ta’minlashi zarur:
keyingi ishlab chiqarish jarayonlari uchun tog‘ jinslarini belgilangan darajada maydalanishini;
portlatilgan foydali qazilmaning talab etilgan sifat va navlarini;
minimum darajada pog‘ona maydonchalari belgilari о‘lchamlari va shakllaridan chekinish;
berilgan pog‘ona shakli va qiyalik burchaklarini, keyingi (navbatdagi) skvajinalarni burg‘ulash va zaryadlash xavfsizligini;
qazish va yuklash ishlari uchun qulay bо‘lishi uchun belgilangan о‘lcham va shakldagi portlatilgan tog‘ jinsi uyumini,
tog‘ jinslarini joylashtirishda zarur bulgan masofa va yо‘nalishlarni, asosan qazib о‘tilgan maydonga joylashtirishda;
atrofdagi inshootlar va karyerning oxirgi konturidagi tog‘ jinsi massivini maksimal darajada saqlash xamda, ularga minimal darajada portlashning seysmik ta’sirini;
yuqori unumdorlikda qazish va yuklash ishlari uchun yetarli hajmdagi portlatilgan tog jinslarini;
kon ishlarini yuqori samaradorligini, ish unumdorligini va xavfsizligini.
Skvajinalarni burg‘ulash – ayniqsa qoyali, parchalanishi qiyin bо‘lgan tog‘ jinslarida ishh katta va qimmat turuvchi jarayondir.
Portlovchi skvajinalarni burg‘ulash samaradorligi burg‘ulash tezligi bilan aniqlanadi. Burg‘ulashtezligiquyidagilargabog‘liqdir:
burg‘ulash asbobi ta’siri ostida tog‘ jinslarining buzilish kobiliyati (asosiy faktor);
burg‘ulash asboblarining turi va shakllari, skvajina zaboyigata’siretish usuli (zarbli, aylanma, aylanma-zarbli va boshqalar);
burg‘ulash asbobining skvajina zaboyiga ta’sir kuchi va tezligi;
skvajina diametri va bir qator hollarda uning chuqurligi;
tog‘ jinsi buzilishiga ta’sir etuvchi (xalaqit beruvchi) burg‘ulash chiqindisini skvajina zaboyidan tozalash tezligi, doimiyligi va usuli.
Yuqorida sanab о‘tilgan barcha faktorlar burg‘ulash dastgoxlarining texnologik parametrlarini aniqlaydi.
Burgulanish – tog‘ jinslarini burg‘ulash asboblari bilan burg‘ulashda ularning parchalanishga qarshilik darajasi. Burg‘ulanish tog‘ jinslarining elastik va plastik, mustahkamlik kabi mexanik xossalarni, hamda qattiqlik, yopishqoqlik va abrazivlik kabi texnologik kо‘rsatkichlarni о‘z ichiga oladi.
Burg‘ulanishni standart sharoitlarda 1 daqiqa vaqt mobaynida burg‘ulangan shpur yoki skvajina uzunligi bilan yoki aksincha, ya’ni ayni shu sharoitda 1 m shpur yoki skvajinani burg‘ulash uchun ketgan vaqt bilan baholash qabul qilingan.
|
| |