|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
bet | 111/132 | Sana | 15.12.2023 | Hajmi | 1,25 Mb. | | #119905 |
Bog'liq Konchilik ishi asoslari majmuaYangi mavzuni mustahkamlash.
1. Tog’ jinsi nima va unga ta’rif bering ?
2. Tog’ jinsini qazib yuklash ishlari ta’rif bering ?
3. Kon massasi tashish ishlari ta’rif bering ?
4. Foydali qazilmalarni nima ?
5. Foydali qazilmalarni boyitish ishlari ta’rif bering ?
Mavzu-12:Tog’ jinslarini qazish va yuklash. Kon massasini tashish.
Reja:
1. Tog’ jinslarini qazish
2. Tog’ jinslarini yuklash
3. Kon massasini tashish.
Tog‘ jinsi massivini tо‘g‘ridan tо‘g‘ri qazib olish va transport vositasiga yuklash yoki qazib olishning о‘zi mashinaning ishchi organi yordamida tog‘ jinsini bir joydan ikkinchi joyga siljitishi va ag‘darmaga bо‘shatishiga – qazib-yuklash ishlari deyiladi.
Bu jarayonni mexanizatsiyalash uchun, ishlatilishi turlicha bо‘lgan universal va karyer transportlaridan foydalaniladi.
Karyerda qazish-yuklash ishlarida ekskavatorlardan keng foydalaniladi. Ekskavator ishlari karyerning asosiy texnologik jarayoni hisoblanadi. Ba’zi karyerlarda esa skreper va buldozerlar qо‘llaniladi. Qazish - yuklash ishlari bitta transport vositasi yordamida amalga oshiriladi.
Kon masasi karyer transportlari yordamida tashiladi. Karyer transportining vazifasi – foydali qazilmani zaboydan yuklovchi bunkergacha yoki boyituvchi fabrikalargacha, qoplovchi tog‘ jinslarini esa ag‘darmalargacha tashishdan iborat.
Karyerlarda kon massasini tashish uchun turli kо‘rinishdagi karyer transportlaridan foydalaniladi. Asosiy transport vositalari:
-temir yо‘l transporti;
-avtomobil transporti;
-konveyer transporti.
Temir yо‘l tarnsporti tashish masofasi 4 km va undan yuqori, yillik yuk aylanish hajmi esa 25 mln.t va undan yuqori bо‘lgan karyerlarda keng qо‘llaniladi. Temir yо‘l transportida yuk kо‘tarish quvvati 100-180t bо‘lgan vagon dumpkarlar qо‘llaniladi. Lokomotiv sifatida esa, elektrovoz va teplovozlar qо‘llaniladi. Yо‘lning maksimal qiyaligi 60% . Burilish radiusi 180-200 m.
Avtomobil transporti tashish masofasi 4-5 km bо‘lgan va yillik yuk aylanish hajmi uncha katta bо‘lmagan, ya’ni 15-20 mln.t bо‘lgan hollarda karyerda keng qо‘llaniladi. Avtomobil transporti temir yо‘l transportiga qaraganda ancha afzalliklarga ega: manevrining kattaligi, qiyaligining kattaligi, ya’ni 150% va burilish radiusining kichikligi. Avtomobil transportining tezligi syezdlarda 10 km/s, asosiy yо‘llarda 18-25 km/s.
Konveyer transporti (lentali konveyer) karyerda maydalangan kon masasini (bо‘lak о‘lchami 400 mm gacha) tashish uchun qо‘llaniladi. Karyerda mehnat unumdorligi 300 dan 1000 m³/s gacha bо‘lgan lentali konveyerlar qо‘llaniladi. Ba’zan konveyerlarning quvvati 12000 m³/s gacha yetadi. Konveyer lentasi eni - 900 dan 2000mm gacha, xarakatlanish tezligi – 2m/s dan 5 m/s gacha yetadi. Konveyerlarni qо‘llash tashishning uzluksizligini ta’minlaydi.
Qoplovchi tog‘ jinslaridan ag‘darmalar hosil qilish.
Foydali qazilma konlarini ochiq usulda qazib olish ma’lum bir hajmdagi qoplovchi tog‘ jinslarini qazish va tashishning zaruriyatiyligi bilan bog‘liqdir.
Tashiladigan qoplovchi tog‘ jinslari shu maqsad uchun maxsus tayyorlangan maydonlarga joylashtiriladi.
Qoplovchi tog‘ jinslarini joylashtirish natijasida hosil bо‘lgan uyum – ag‘darma (otval) deyiladi. Ishlab chiqarish jarayonida tog‘ jinslarini ag‘darmalarga joylashtirish – ag‘darma hosil qilish (otvaloobrazovaniye) deyiladi.
Agar ag‘darma oldin qazib о‘tilgan karyer maydonida joylashgan bо‘lsa, ichki ag‘darma (vnutrenniy otval), karyer chegarasidan tashqarida joylashgan bо‘lsa, tashqi ag‘darma (vneshniy otval) deyiladi.
|
| |