• Ishlab chiqarishni yiriklashtirish
  • Ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi
  • Kapital quyilmalar
  • Kapital sig‘imi
  • Ishlab chiqarish rentabelligi




    Download 1,53 Mb.
    bet163/226
    Sana23.05.2024
    Hajmi1,53 Mb.
    #250996
    1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   226
    Bog'liq
    UMK soha iqtisodiyoti

    Ishlab chiqarish rentabelligi –foydaning asosiy ishlab chiqarish fondlari va me’yorlashtiriluvchi aylanma mablag‘larning o‘rtacha yillik qiymatiga nisbati sifatida aniqlanuvchi ishlab chiqarish samaradorligi ko‘rsatkichi.
    Ishlab chiqarish tuzilmasi– korxonaning mahsulot ishlab chiqarish jarayonida bevosita yoki bilvosita ishtirok etadigan ishlab chiqarish bo‘linmalari - sexlar, uchastkalar, xizmat ko‘rsatish xo‘jaligi aloqalarining yig‘indisi.
    Ishlab chiqarishni yiriklashtirish – mahsulotni yirik korxonalarda chiqarishni tashkil etish tarzi.
    Ishlab chiqarishni kimyolashtirish – mahsulot ishlab chiqarishda kimyoviy mahsulot va sun’iy materiallar, shuningdek, kimyoviy usullardan keng foydalanish.
    Ishlab chiqarishning diversifikatsiyasibir tomonlama, ko‘pincha bitta mahsulotga asoslanuvchi ishlab chiqarishni keng nomenklaturada tayyorlanuvchi mahsulotlarga asoslangan ishlab chiqarishga o‘tkazish.
    Ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi – yirik korxonalarda texnologiya va tuzilmasi bir xil bo‘lgan mahsulotlarni ommaviy ravishda ishlab chiqarish tarzi.
    Qayta tiklash – mavjud ishlab chiqarishni texnik va tashkiliy takomillashtirish, asosiy fondlarni majmuaviy ravishda yangilash va zamonaviylashtirish asosida to‘liq qayta qurish jarayoni.
    Kapital quyilmalar - asosiy fondlarni qayta tiklash va o‘stirishga sarflanuvchi moddiy, mehnat va pul resurslari xarajatlari.
    Kapital qurilish - asosiy fondlarni yangi korxona qurish, mavjud korxonalarni qayta tiklash, kengaytirish, texnik jihatdan qayta qurollantirish va zamonaviylashtirish yo‘li bilan yaratish va mukammallashtirish jarayoni.
    Kapital sig‘imi ­- asosiy kapitalning mos keluvchi davr mobaynida ishlab chiqarilgan mahsulot yoki uning biron-bir qismini milliy daromad, sof daromad, foydaga nisbatan tavsiflovchi ko‘rsatkich.
    Qaror – to‘xtam, bitim, bajarilishi mumkin bo‘lgan ishning aniq bir yo‘lini tanlab olish, u yoki bu yo‘lni tanlab olish, bir fikrga kelish.

    Download 1,53 Mb.
    1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   226




    Download 1,53 Mb.