|
Konchilik ishi
|
bet | 162/226 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 1,53 Mb. | | #250996 |
Bog'liq UMK soha iqtisodiyotiInvestitsiya – daromad olish maqsadida sarmoyani ishlab chiqarishga uzoq muddatga kuyish.
Investitsiyalash - mamlakat ichkarisi va tashqarisida yangi korxona yaratish va mavjud korxonalarni zamonaviylashtirish, eng yangi texnika va texnologiyalarni o‘zlashtirish, ishlab chiqarish darajasini oshirish va foyda olish maqsadida uzoq muddatli mablag‘lar kiritilishi.
Investor - biron-bir faoliyatga, korxonaga foyda olish maqsadida uzoq muddatli sarmoya kiritishni amalaga oshiruvchi xususiy tadbirkor, tashkilot yoki davlat.
Injiniring - tijorat asosida (shartnoma shaklida) turli xil muhandislik-maslahat xizmatlari ko‘rsatilishi.
Innovatsion menejment - yangi mahsulot, yangi usul, yangi bozor, yangi texnika, texnologiyani ishlab chiqarishga keng joriy etishni boshqarish.
Innovatsiya – inglizcha “innvation” o‘zbek tilida “yangiliklarni qo‘llash” manosini anglatadi va jamiyat rivojlanishi bilan o‘zgarib boruvchi inson ehtiyojlarini qondirishga oid yangiliklar, ularni yaratish, tarqatish va foydalanish jarayonini majmuasi hisoblanadi. U ishlab chiqarishda yangi mahsulot, yangi usul, yangi texnologiya, yangi bozorni joriy etishni nazarda tutadi.
Infratuzilma - sanoat (yoki biron-bir boshqa) ishlab chiqarishi hamda aholiga xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jalik tarmoqlari majmuasi. U transport, aloqa, savdo, moddiy-texnik ta’minot, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash tuzilmalarini o‘z ichiga oladi.
Ishbilarmon – o‘z g‘oyasini, mablag‘ini, nufuzini hayotga tadbiq etish uchun tavakkal qiluvchi va daromad olish uchun faoliyat yurituvchi mulkdor.
Ishlab chiqarish quvvati – asosiy ishlab chiqarish va aylanma fondlar, shuningdek, moliyaviy resurslardan iloji boricha to‘liq va oqilona foydalangan holda ishlab chiqarish mumkin bo‘lgan mahsulotning maksimal (eng yuqori) hajmi.
Ishlab chiqarish menejmenti – ishlab chiqarishning operatsion tizimlarini yaratish, ularni rejalashtirish va ishlatish jarayonlarini boshqarish.
|
| |