|
Konchilik ishi
|
bet | 164/226 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 1,53 Mb. | | #250996 |
Bog'liq UMK soha iqtisodiyotiQaror qabul qilish –korxona yoki tashkilot rahbarining o‘z vakolati va omilkorligi doirasida maqsadga erishish yo‘lining muqobilni tanlash jarayoni.
Kartel – bir soha firmalarining bir-birlari bilan birgalikdagi tijorat faoliyati haqida kelishuvi orqali uyushishi.
Kibernetika – murakkab dinamik tizimlarni maqsadli va optimal (maqbul) boshqaruv to‘g‘risidagi fan yoki soha.
Qimmatli qog‘ozlar bozori – aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatbaho qog‘ozlarning birlamchi va ikkilamchi bozori.
Qobiliyat - kishiga xos daraja, xislat (masalan, mehnat, aqliy va b. qobiliyat).
Kombinatsiyalash – bitta korxona - kombinat doirasida sanoatning bitta yoki bir nechta tarmoqlaridagi turli xil ishlab chiqarishlarni texnologik jihatdan birlashtirishda ifodalanuvchi ishlab chiqarishni umumlashtirish shakllaridan biri.
Kompaniya - tadbirkorlarning huquqiy shaxs maqomiga ega bo‘lgan, pay kapitali asosida tashkil qilinuvchi birlashmasi.
Konversiya - korxonaning umuman boshqa turdagi mahsulot ishlab chiqarishga o‘tishi.
Konglomerat diversifikatsiyasi – korxonaning o‘z asosiy faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan biznesga kirishishi.
Konsensus – qarorlarni ishlab chiqish jarayonida barcha masalalar va turli tuman fikrlar yuzasidan bir bitimga kelish.
Konsentrik diversifikatsiya – korxonani o‘z joriy faoliyati bilan bog‘liq biznesga kirishishi. Bu orqali faoliyat sotib olish yoki o‘xshash tovarlar chiqaruvchi firmalar ustidan nazorat o‘rnatish evaziga kengaytiriladi.
Konsern - turli tarmoqlardagi mustaqil korxonalarning ishtirok etish tizimi, qo‘shma tadqiqotlar, patent-litsenziya kelishuvlari, moliyalashtirish, ishlab chiqarish hamkorligi vositasida birlashuvi.
Kooperatsiya qilish - yakuniy mahsulotni birgalikda tayyorlash bo‘yicha uzoq muddatli to‘g‘ridan-to‘g‘ri xo‘jalik aloqalarini o‘rnatish.
Korxonaning optimal (maqbul) hajmi – korxonaning mahsulot ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko‘rsatish) bo‘yicha imzolangan shartnoma va majburiyatlarni o‘z muddatida, eng kam xarajatlar bilan eng yuqori samaradorlikka erishgan holda bajarish imkonini beruvchi hajmi (miqyosi).
|
| |