|
Ayrboshlash miqyosiga qarab bozor quyidagi turlarga bo‘linadi
|
bet | 207/226 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 1,53 Mb. | | #250996 |
Bog'liq UMK soha iqtisodiyoti58. Ayrboshlash miqyosiga qarab bozor quyidagi turlarga bo‘linadi:
*A) mahalliy bozor;
B) iste’mol tovarlari va xizmatlar bozori;
V) tartibsiz bozor;
G) oligopolistik bozor.
59. Iqtisodiy aloqalarga kirishish darajasiga qarab bozor:
A) pul va qimmatli qog‘ozlar bozori;
B) mehnat bozori;
*V) erkin bozor;
G) regional bozor;
60. Ayirboshlash ob’ektining moddiy shakli jihatdan bozor quyidagi turlarga bo‘linadi:
A) valyuta bozori;
B) mehnat bozori;
V) intellektual tovar bozori;
*G) noto‘g‘ri javob yo‘q.
61. Iste’mol bozori o‘zining xolatiga qarab:
A) to‘yingan bozor bo‘lishi mumkin;
B) taqchil bozor bo‘lishi mumkin;
V) och bozor bo‘lishi mumkin;
*G) noto‘g‘ri javob yo‘q.
62. Ishlab chiqarish vositalari bozori - bu:
*A) mehnat qurollari hamda xom ashyo, yoqilg‘i va materiallarning oldi-sotdi bozori;
B) daromad keltiruvchi aksiya, obligatsiya, veksel, chek kabilar oldi-sotdi bozori;
V) ish kuchini oldi-sotdi qilish bozori;
G) aqliy mehnat mahsuli bo‘lmish tovarlar va xizmatlar oldi-sotdi bozori.
63. Mahalliy bozor deganda:
A) bir mamlakat doirasidagi regionlar o‘rtasida yoki bir necha chegaradosh davlatlar o‘rtasidagi bozor tushuniladi;
*B) muayyan mamlakatning davlat chegaralari doirasi bilan cheklargan shahar, tuman, viloyat xududlaridagi bozor tushuniladi;
V) xalqaro mehnat taqsimoti orqali bir-birlari bilan bog‘langan turli davlatlar o‘rtasidagi bozor tushuniladi.
G) daromad keltiruvchi aksiya, obligatsiya, veksel, chek kabilar oldi-sotdi bozori.
64. Rivojlangan bozor iqtisodiyotiga:
A) tartibsiz, stixiyali bozor xos;
B) boshqariladigan bozor xos;
*V) rejali tartiblanadigan bozor xos;
G) qat’iy reja asosida amal qiladigan bozor xos.
65. Boshqariladigan bozorda:
A) bozor aloqalari stixiyali tarzda o‘rnatiladi;
B) bozor aloqalari qonunlarga oldindan, moslashtirib boriladi;
V) stixiyali kuchlar ob’ektiv ravishda sotuvchilar va xaridorlar ustidan hukmronlik qiladi;
*G) iqtisodiy munosabatlar davlat idoralari beradigan buyruqlar va ko‘rsatmalar asosida hal qilinadi.
|
| |