Konchilik korxonalarining ishi qazish, ochish va ochiq konlar uchun qazishning katta hajmi bilan, shuningdek, kon massasini qayta ishlash va tashish bilan tavsiflanadi




Download 0.61 Mb.
bet8/26
Sana22.06.2022
Hajmi0.61 Mb.
#24190
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26
Bog'liq
ЭКГ-5А таъмирлаш
bejik, 7 uzb 1-5 $lar, 10, Современный мир насыщен медиа контентом, Mavzu Daromadlarning taqsimlanishi, tengsizlik va qashshoqlik r-fayllar.org (1), 11111, Хужжатлар мазмуни, WORLD HISTORY 3 UZ (1), 2-amaliy mashgulot, 2023-ИЮЛЬ 1-кисм-8-13, 8-mavzu. Bozor va tavakkalchilik reja tavakkalchilik tushunchasi, Yangi yil, Хавфсиз махалла, 1-sinf jismoniy tarbiya

Qazib olish ishlari.


Konditsion ruda, nokonditsion ruda i keraksiz tog’ jinslarining qiyin geologik tuzilishi konda ularni alohida qazib olish texnologiyasini qo’llashni keltirib chiqaradi.
Ruda zonalari ruda bilan qoplovchi tog’ jinslari orasida ko’zga ko’rinadigan aniq kontaktlar yo’qligi va ular orasidagi litologik farqlar mavjudligi rudani sifatli qazib olishni ta’minlaydigan maxsus usullarni qo’llashni talab qiladi. Qiyin-strukturali tuzilishli konni qazib olishda foydali qazilma yo’qotilishiga va ularning aralashib ketishiga ish joyining (zaboy) parametrlari katta ta’sir o’tkazadi (pog’ona balandligi, pog’ona qiyaligi burchagi va h.). SHuning uchun konda qazish ishlarini olib borishning quyidagi usullari taklif etiladi:
1. Kon massasini qazib olishga tayyorlashda massivning geologik strukturasini saqlab qolishni ta’minlaydigan maxsus burg’ilab-portlatish ishlarini olib borish (tayanch devor bilan “siqilgan” holatda portlatish.
2. Qazish ishlarini cho’michi sig’imi kichik bo’lgan RN-40E (4-5 m3) ekskavatorlar bilan olib borish.
3. Foydali qazilmani qazish kichik 5 m. lik pog’onalarda amalga oshirish. Har bir pog’ona uchun portlatiladigan va ekspluatatsion-razvedka skvajinalaridan olinadigan probalarni o’rganib, ish joylarida (zaboylarda) ruda sortlarini belgilab olish va uning asosida konditsion rudani, nokonditsion rudani va qoplama tog’ jinslarini alohida qazib olish texnlogiyasini qo’llash bilan olib boriladi.
4. Ruda yotqizig’ini qazib olish uning osilib turadigan ustki qismidan boshlanadi va bunda pog’onpning qiya tomoni burchagi ruda yotqizig’ining yotish burchagiga teng bo’lishiga harakat qilinadi.
Ruda zonalarini qazib olishning qabul qilingan texnologiyasi foydali qazilmani sifatliroq qilib qazib olishni ta’minlaydi.
Loyihada qabul qilingan texnologiya foydali qazilma yo’qotilishi va aralashtirilishining eng yaxshi ko’rsatkichlariga yetishishni ta’minlaydi. Foydali qazilma yo’qotilishi va aralashtirilishining TEO materiallari bo’yicha miqdorlari quyidagicha:
- foydali qazilma yo’qotilishi - 4 %;
-aralashtirilishi -12 %.
Bajarilgan hisob-kitob ishlariga binoan ruda zonasida yillik qazib olinadigan kon massasinining miqdorlari quyidagicha:
-konditsion ruda -530 ming. m3 yoki 1400 ming. t;
-ichki qoplama tog’ jinslari -1470 ming. m3;
-tashqi qoplama tog’ jinslari -2900 ming. m3;
- jami qoplama tog’ jinslari - 4370 ming. m3
-jami kon massasi bo’yicha -4900 ming. m3.
Kon ishlarining qabul qilingan texnologiyasi qazish ishlarini olib borish zonasini tashkil etadigan ishchi maydonchalarning eni 60-70m. dan kam bo’lmaydi va bu normativ bo’yicha belgilangan qazishga tayyorlangan zahiraralar miqdorini va ko’p qatorli skvajinalarni portlatganda geologik struktura buzilmasligini taminlaydigan texnologiyani qo’llashni bildiradi.
Loyihaviy ishlab chiqarish quvvatiga va unumdorlikga erishilganda ish frontining uzunligi 600 m. dan kam bo’lmaydi. Qoplama tog’ jinslarini qazib olish uchastkalarida ishchi maydoncha eni 60m.ni tashkil etadi.
Ish frontining yillik surilish miqdori - 400-500 m.

Download 0.61 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26




Download 0.61 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Konchilik korxonalarining ishi qazish, ochish va ochiq konlar uchun qazishning katta hajmi bilan, shuningdek, kon massasini qayta ishlash va tashish bilan tavsiflanadi

Download 0.61 Mb.