ZARMITAN KONI MAYDONI TO’RISIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR




Download 0.61 Mb.
bet2/26
Sana22.06.2022
Hajmi0.61 Mb.
#24190
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
ЭКГ-5А таъмирлаш
bejik, 7 uzb 1-5 $lar, 10, Современный мир насыщен медиа контентом, Mavzu Daromadlarning taqsimlanishi, tengsizlik va qashshoqlik r-fayllar.org (1), 11111, Хужжатлар мазмуни, WORLD HISTORY 3 UZ (1), 2-amaliy mashgulot, 2023-ИЮЛЬ 1-кисм-8-13, 8-mavzu. Bozor va tavakkalchilik reja tavakkalchilik tushunchasi, Yangi yil, Хавфсиз махалла, 1-sinf jismoniy tarbiya

1.ZARMITAN KONI MAYDONI TO’RISIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR


1.1 Foydali qazilmaning umumiy tavsifi

Zarmitan oltinrudali foydali qazilmasi shimoliy-Nurota tog’larining markaziy qismida joylashgan bo’lib, Uzbekiston Respublikasi Samarqand viloyati Qo’shrabod tumanida joylashgan.


Foydali qazilma koni Qo’shrabod granitioid massivining janubiy-sharqiy qismida joylashgan.
Tuman relьefi pastqam tog’liklardan iborat bo’lib, absalyut belgilari +850 dan 1200 metrgacha. Nisbatan ko’tarilishi 50 metrdan 100 metrgacha. Yon bag’ir qiyaliklari 10-30 grad. 80% dan
Hududning 80% dan ko’prog’i 50 metrdan ko’proq (60 metrgacha) to’rtlamchi maydalangan tog’ jinslaridan ajralib chiqqan tog’ jinslari bilan qoplangan.
Tumanning gidrotizimi kuchsiz hisoblanadi. Foydali qazilma koni joylashgan xududda mavsumiy Zarmitansoy va Qoratepasoy (Yuqorisoy oqimi) va quruq suv oqimi suv o’zani mavjud. Yaqin joylashgan suv manbalari Yuqorisoy o’zani (foydali qazlima maydonining sharqiy qismida) va G’ujumsoy (6.3 km g’arbiy qismida) ga tegishli bo’lib undagi suv oqimi 0.4m3/sekundga yetadi, hamda bu suvlar yilning yoz vaqtlarida sug’orish ishlari uchun ishlatiladi.
Tuman ob-havosi keskin kontinental bo’lib yozgi quruq va issiq, qish mavsumida esa nam. Havoning temperaturasi +26 -420 Sdan, qish mavsumida esa - 1-23º S. Yillik yog’ingarchiliklar miqdori 660 mmgacha yetadi. Yillik normaning 50% yog’ingarchiliklari bahor oyiga to’g’ri keladi. Yoz vaqtlarida esa quruq, bulutsiz ob-havo kuztiladi. Tog’ yon bag’irlarida qish vaqtida qor bilan qoplangan adirlar 20-30 kun davomida, tog’larda esa 400-500 mm gacha qor bilan qoplanib, 70-90 kun davomida erimasdan turadi.
Tumanda janubiy-g’arbiy yo’nalish bo’yicha shamol esib uning tezligi 1-3m/s, ayrim vaqtlarda esa 12-14 m/s da esadi. Foydali qazilma koni maydoni 7-8 ball kotegoriyali seysmo xavfli xududda joylashgan. Foydali qazilma koni maydoni tuman markazi Qo’shrabod bilan asfalьt yo’l orqali tutashgan bo’lib u 14 km uzoqlikda, Samarqand shaxridan esa 120 uzoqlikda, Kattaqo’rg’on temiryo’l stantsiyasidan 80 km uzoqlikda, Marjonbuloqdan esa 75 km uzoqlikda joylashgan
Elektr ta’minoti “Zarmitan” podstantsiyasi orqali amalga oshirilib davlat elektr uzatish tizimi (LEP) orqali amalga oshiriladi.
Toza ichimlik suv Zarmitansoy o’zani yoriqlaridan singayotgan suvlarning buloqlari va yopilgan №1 razvedka shaxtasi oqova suvlari orqali taminlanadi. Texnik zaruratlar uchun esa amaldagi №3 va №10 shaxtalarining suvlaridan foydalaniladi.




    1. Download 0.61 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Download 0.61 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



ZARMITAN KONI MAYDONI TO’RISIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR

Download 0.61 Mb.