Konchilik korxonalarining ishi qazish, ochish va ochiq konlar uchun qazishning katta hajmi bilan, shuningdek, kon massasini qayta ishlash va tashish bilan tavsiflanadi




Download 0.61 Mb.
bet3/26
Sana22.06.2022
Hajmi0.61 Mb.
#24190
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
ЭКГ-5А таъмирлаш
bejik, 7 uzb 1-5 $lar, 10, Современный мир насыщен медиа контентом, Mavzu Daromadlarning taqsimlanishi, tengsizlik va qashshoqlik r-fayllar.org (1), 11111, Хужжатлар мазмуни, WORLD HISTORY 3 UZ (1), 2-amaliy mashgulot, 2023-ИЮЛЬ 1-кисм-8-13, 8-mavzu. Bozor va tavakkalchilik reja tavakkalchilik tushunchasi, Yangi yil, Хавфсиз махалла, 1-sinf jismoniy tarbiya
Kon geologik xarakteristikasi.

Foydali qazilma konining joylashishi tumandagi tarkibiy tuzilmasi janubiy polezoy kesimining murakkab yegilishi, hamda Zirabuloq-Ko’shrabod chuqur darzliklarining shimoliy-g’arbiy yo’nalishida joylashgan. Ushbu yegilishga Qo’shrabod granitoid massivi aloqador hisoblanib, uning janubiy-sharqiy qismida Zarmitan foydali qazilma koni maydoni kesishadi.
Tumandagi yetakchi tarqalish terrigen hosil bo’lgan proterezoy va poleazoy davri jinslari Qo’shrabod massivining granitoid jinslariga tegishli hisoblanib, maydonnning hamma markaziy qismini egallaydi.
Proterezoy jinslari guruhi tumanda Taskezgan va Besagan svitalarining to’planishi oqibatida maydonning shimoliy-sharqiy qismida joylashgan
Giazkakgan svitasi (Pt3 tc) yupqa ko’mir-grafit-kvartsit, dolomit linzalari va ohaktoshdan iborat. Ularning qalinligi 150 m ni tashkil etadi.
Besapan svitvsi (Pt3 vc) 600 metrgacha bo’lgan kvarts-slyuda, slyuda-kvartsitli slanets, alevrolit, gravelitlardan tashkil topgan.
Tumandagi poleozoy tog’ jinslari guruxi mezazoy svitasi, aksoy svitasi, ordovit yotqiziqlari, qoratosh svitasi, dajbuloq svitasi, naukatsoy svitasi, karbon yotqiziqlaridan iborat.
Tumandagi poleozoyning eng qadimiy hosil bo’lgani bu Jivachisoy svitasi hisoblanib, u Besapan svitasi jinslarida joylashgan. Ular Kegirbad intruzivning shimoli bilan ekzokontaktdadir. Svita ohaktosh, glina, kremniy-glinali slanets, va qumtoshlardan tashkil topgan, ularning umumiy qalinligi 425 m.
Ordovit cho’kindi qatlamlari Kegrabad massivi shimoliga cho’zilgan bo’lib, yashil-ko’kimtir kverts-slyudalar, qumtoshlar, slyuda-kvartsli slanets va gravalitlardan iborat bo’lib, qalinligi 320-330 m
Qoratosh svitasi tizimining pastki qismlarida ordovit qatlamlari ko’rinmagan holda hosil bo’lgan. Undan tashqari slanets, qumtosh, alevrolitlar bir ritmik tarzda katlamlangan. Xarakterli tarafi shundan iboratki svitaning qalinligi 390-400 metrli ko’p sonli uglerodli slanetslar qo’rinishida paydo bo’lganigi.
Intruziv hosil bo’lishi ikkita yosh ko’rinishida bo’lib- sullur va permdir. Sillur intruzivi o’zida Djaz buloq svitasining qoya tanali gabbro-diobaz va qum-slanets diobazli porfiritlar ko’rinishida namoyon bo’ladi. Bu tanalarning qatlamlanishi qalinligi 2 metrdan 40 metrgacha cho’ziqligi esa bir necha metrdan yuz metrgacha yetadi. Kegirabad intruzi kompleksida perm magmatik jinslaridir. Qatlamlangan massivining Kegirabad massivi markazida uchta fonddan tashkil topgan:

  1. Sienitlar, gabbro-sienitlar, gabbro, eksseksitlar;

  2. Granosienitla, biotit;

  3. Granit-porfir, pegmatik granitlar, aplit daykalari, granit aplitlar

Tumaning tektonikasi quyidagilar orqali namoyon bo’ladi. Asosan bo’ylama, maylangan shimoliy-g’arbiy cho’ziqligi bo’yicha. Ularda ochiq chuqurlashgan darzliklar, yer yoriqlarni ko’rish mumkin.
Guruxning cho’ziqligi bo’yicha, ya’ni shimoliy-g’arbida (Madjerum, Ogaydar, Urazali, Qizibel) asosiy rol egallab, bu gurux Madjirum katta chuqurlashgan yer yorig’iga tegishlidir. Ushbu yer yorig’i maydonning shimoliy-sharqiy 60º dan shimoliy-garbidagi Kegirabad intruzivigacha cho’zilib ketgan. Uning yotish chuqurligi 70-85º bo’lib Karaulxona-Zarmitan razlomigacha yetib kelgan.
Foydali qazilma koni maydonida 4 qismida 48 ruda tanasi va apofiz mavjud. Janubiy qismida (markaziy yer yorig’idan sharqda) №2, 2a, 4; ruda tanalari. G’arb tarafdan esa (Karatepa razlomidan g’arbda) № 15, 15a, 25, 25a, 26; ruda tanalari. Janubiy uchastkasi Karaulxana-Zarmitan yer yoriqlari guruxi maydonida markaziy yer yoriqlari(razlom)dan janubda va Kortepa razlomidan sharqda chegaralangan 10 va 10a hamda boshqa ruda tanalari joylashgan.
Foydali qazilma konining sanoat ruda tanalari morfologiyasi bo’yicha 3ta tipga bo’linadi:

  1. Tomirsimon tip (miqdori keskin o’zgaruvchi)

  2. Minerallashgan chiziqli zona

  3. CHiziqli shtokverg

Birinchi tipga tegishli ruda tanalari o’zida kvartsli tomirlar yoki sust rudali tanalardan tashkil topgan. Oddiy tarkibli maydonlarida ruda tanalari sterjensimon tomir shaklida bo’lib bir necha santimetrdan bir yarim metrgacha yetadi. Murakkab tarkibli maydonlar esa juftlashgan parallel tomirchalar, sulfidlar va kvartsitlardan tashkil topgan. Bu tipdagi ruda tanalarining cho’ziqligi bir necha o’n metrdan 1000-1200 metrgacha, qalinligi 5-8 metrgacha yetadi. CHuqurlikda ruda tanalari murakkab tarkibli bo’lib 700-1000 metrgacha.
Ikkinchi tip ruda tanalari morfologiyasi murakkab bo’lib, murakkablik tuzilishi murakkab tarkibli struktura bilan mos keladi. Ikkinchi tip ruda tanalari bitta yoki bir nechta juftlashgan rudaaralashmali buzilishlardan tashkil topgan. Bu buzilishlarning o’zlari maydalanish zonalarida, yer yoriqlarining kengligi 1-2 metrdan 8-10 gacha va undan kattadir. CHo’ziqligi 500-600 m yetrgacha yetadi.
Foydali qazilma konining ichki tuzilmasi maydonning janubiy qismida murakkablashadi va ular chiziqli shtokverk ko’rinishlarida namoyon bo’ladi. Ularning xarakterli asoslaridan biri ancha katta bo’lgan qalinligi (17 metrgacha) uncha katta bo’lmagan hududda oltin tarkibining ko’pligidir. Ruda tanalarininng shakli ustunsimon bo’lib qolgan tipdagi qatlamsimonlaridan farq qiladi. Ruda tanalari 100-120 metr chuqurlikda bir-biri bilan qo’shilib ketadi.
Foydai qazilma konining g’arbiy flangida ruda tanalariga sulfidli bosqich bilan hosil bo’lgan ruda tanalari mavjud.
Sulьfidli massivning tomirlari 1.5 metrdan 10-15 metrgacha cho’zilgan. Faqatgina 7 ruda tanasi va 6a hamda 10a ruda tanalari shimoliyg’arb cho’zilgan.
Qolgan ruda tanalarining gorizontga nisbatan yotish burchagi deyarli stabil, lekin ayrim joylarda tik (85ºgacha) yoki qiya (60º gacha) 25 va 15 ruda tanalari o’rtacha bo’lib, ularning qiyaligi (50º-60º), faqatgina 10a ruda tanasi yotishi tik. Ruda tanaari cho’ziqigi bir xida emas. Ruda tanaarining o’zgarishi tomirsimon tipdagiari bir necha o’n metrdan 6-9 metrgacha mineralashgan zonaari esa 15-18 metrgacha o’zgaradi.




    1. Download 0.61 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Download 0.61 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Konchilik korxonalarining ishi qazish, ochish va ochiq konlar uchun qazishning katta hajmi bilan, shuningdek, kon massasini qayta ishlash va tashish bilan tavsiflanadi

Download 0.61 Mb.