|
Meva va sabzavotlarni tuzlash. Meva va sabzavotlarni tuzlash
|
bet | 8/8 | Sana | 05.02.2024 | Hajmi | 221,46 Kb. | | #151578 |
Bog'liq portal.guldu.uz-KONSERVALASH TEXNOLOGIYASIMeva va sabzavotlarni tuzlash. Meva va sabzavotlarni tuzlash. Karamni tuzlash. Karamni tuzlashning bir necha usuli mavjud. Hamma usullarning asosi tuz va sabzidan iborat. Karamning umumiy massasiga nisbatan 3-5% sabzi, tuz esa karam va sabzining umumiy massasiga nisbatan 1,7% ni tashkil qilishi lozim. Ko’pgina hollarda tuzlashda olma (8% gacha), lavlagi (6% gacha), shirin qalampir (10% gacha) va ziravorlar qo’shiladi. Shu hisobdan 100 kg tozalangan karamga taxminan 2 kg tuz, 3-4 kg sabzi, xohishga ko’ra 6 kg gacha olma, 5 kg shirin qalampir kerak bo’ladi. Karamning bijg’ishi haroratga bog’liq, 16-18*C da 10 kunda, 30*C da esa 6 kunda tayyor bo’ladi. Karam bochkalarda, tog’oralarda, yog’och idishlarda, polimer materialli va boshqa idishlarda tuzlanadi. Bodring va pomidorni tuzlash. Bodring va pomidorni tuzlash. Bodring va pomidorni tuzlash karamni tuzlashdan deyarli farq qilmaydi. Bodring pomidor, ziravor va idishlar shisha banka bochka va boshqalar yaxshilab yuviladi. Ularni tuzlashdan avval tuzli suv tayyorlanadi. Buning uchun 100 l ichimlik suviga 6 kg tuz solib eritiladi. Idishning tubiga tayyorlangan ziravorning 3 dan 1 qismi, keyin pomidor yoki bodring, ustidan ziravorning hammasi solinadi. Idishga bodring yoki pomidorni bir yo’la solishdan ko’ra terib joylashtirgan ma’qul. Sabzavotlar kamroq zichlangan bo’lsa ancha sho’r bo’lib tuzlanadi. Tuzlangan sabzavotlar saqlanadigan xona harorati 0*C dan 3*C gacha bo’lishi kerak.
|
| |