• Annotatsiya
  • Ko'prik va tonnel inshootlari texnik holatini diagnostika qilishning usul va bosqichlari reja




    Download 1.03 Mb.
    bet1/6
    Sana02.03.2024
    Hajmi1.03 Mb.
    #165455
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Ko\'prik va tonnel inshootlari texnik holatini diagnostika qilish (1)
    1-Amaliy ish, Mehroj YMAQ-3 mus. ish lanshaft, 6-Amaliy ish, ШНК 3.06.03-21 Автомобиль йўллари, 4-Amaliy ish (2), ШНК 3.06.03-21 Автомобиль йўллари, 1-ma\'ruza, ШНК 4.02.01-04, 7, 11, kokalamzorlashtirish, 3, 5, 1 A. X. O‘roqov (1)


    KO'PRIK VA TONNEL INSHOOTLARI TEXNIK HOLATINI DIAGNOSTIKA QILISHNING
    USUL VA BOSQICHLARI
    Reja:

    1. Tekshiruv ishlariga bo'lgan ehtiyoj, ularning hajmi, tarkibi.

    2. Transport inshootlarining qurilish konstruksiyalarini tekshirish.

    3. O`lchov ishlari.

    Annotatsiya: Ushbu mustaqil ishda ekspluatatsiya qilinayotgan transport inshootlarini rekonstruksiya qilish va ularning qulaylik darajasini zamonaviy talablar darajasiga yetkazish inshootlarning haqiqiy holatini baholash zarurati, muhandis-quruvchilar zimmasiga ekspluatatsiya qilinayotgan qurilish konstruksiya, bino va inshootlarining holatini baholash, ularni kelgusida ekspluatatsiya yoki rekonstruksiya qilish va kuchaytirish imkoniyati masalasini hal qilish vazifasi keltirilgan

    Tekshiruv ishlariga bo'lgan ehtiyoj, ularning hajmi, tarkibi va xarakteri belgilangan


    aniq vazifalarga bog'liq.
    Tekshirishning vazifasi konstruksiyalarning haqiqiy sifat holatini aniqlash hisoblanadi
    Quyidagilar tekshiruv sabablari bo'lishi mumkin:

    • konstruksiyalarning mustahkamligi, deformativ xossalarini pasaytiradigan va umuman binoning ekspluatatsion holatini yomonlashtirishi mumkin bo'lgan nuqson va shikastlanish lari (masalan, kuch, korroziya, harorat yoki boshqa ta'sirlar, shu jumladan poydevorlarning notekis cho'kish) mavjudligi tufayli;

    • qayta rejalashtirish, modernizatsiya qilish va bino qavatlar sonining oshishida konstruksiyalarga ekspluatatsion yuk va ta'sirlarning oshishi;

    • binolarni rekonstruksiya qilish, hatto yuklarning ortishi bilan birga bo'lmagan hollarda ham;

    • konstruksiyalarning yuk ko‘tarish qobiliyati va ekspluatatsion sifatini kamaytiradigan loyihadan chetlanishlarni aniqlash;

    • loyihaviy, texnik va ijro hujjatlarining yo‘qligi;

    • binolar va inshootlarning funksional vazifalarining o'zgartirish;

    • bino va inshootlarni konservatsiya qilinmagan taqdirda yoki konservatsiya amalga oshirilganida qurilish tugatilganidan keyin uch yil muddatda to‘xtatilgan qurilishni qayta tiklash;

    • gruntli poydevorning deformatsiyalari;

    • yangi qurilgan inshootlar yaqinida joylashgan bino konstruksiyalari holatini nazorat qilish va baholash zarurati;

    • yong'in, tabiiy ofatlar yoki texnogen avariyalarga uchragan qurilish konstruksiyari holatini baholash zarurati;

    • ishlab chiqarish va jamoat binolarining, hamda ularda yashash uchun turar-joy binolarining normal ekspluatatsiyaga yaroqliligini aniqlash zarurati.

    Inshootlarni tekshirishda quyidagi asosiy yuk ko'taruvchi konstruksiyalar e'tiborga olinadi:

    • poydevor, panjara va poydevor to'sinlari;

    • tayanch, kolonnalar, ustunlar;

    • oraliq qurilmalar (shu jumladan: to'sin, arka, ferma, plita, obdelkalar);

    • tayanch qismlari;

    • bog'lovchi konstruksiyalar, bikrlik elementlari;

    • tayanish maydonlarining tutashish joylari, tugunlari, ulanishlari va o'lchamlari.

    Tekshiruv o'tkazishda konstruksiyalar va ular alohida elementlarining texnik holati va mavjud mustahkamlik zaxirasini aniqlashga, hamda ularni saqlash va undan keyingi foydalanish imkoniyatlarini belgilashga alohida e'tibor beriladi. Bundan tashqari, konstruksiyalar tayyorlahgan materiallarning o'ziga xos xossalarini hisobga olish kerak.
    Yuk ko'taruvchi konstruksiyalarning texnik holati toifalarini baholash ekspertiza va tekshirish hisob-kitoblari natijalari asosida amalga oshiriladi. Ushbu baholashga ko'ra, konstruksiyalarning quyidagilarga bo'linadi:

    • sozlangan yaxshi holatda;

    • ishga yaroqli holatda;

    • cheklangan ishga yaroqli holatda;  yo'l quyib bo'lmaydigan holatda;  avariyali holatda.

    Konstruksiyalarning cheklangan ish holatida ularning holatini nazorat qilish, himoya choralarini ko'rish, ekspluatatsiya jarayonining ko'rsatkichlarini nazorat qilish (masalan, yuklarni cheklash, konstruksiyalarni korroziyadan himoya qilish, konstruksiyalarni tiklash yoki kuchaytirish) kerak. Agar ishga yaroqliligi cheklangan konstruksiya kuchaytirilmagan bo'lsa, unda majburiy takroriy tekshirishlarlar talab qilinib, ularning muddatlari o'tkazilgan tekshiruvlar asosida belgilanadi.
    Konstruksiyalarning yo'l quyib bo'lmaydigan holatida ularni tiklash va kuchaytirish choralari ko'rilishi, avariya holatidagilarining ekspluatatsiyasi esa taqiqlanishi kerak.
    Agar tekshiruv avariyadan keyin o'tkazilsa, uning sabablari, maqsadga muvofiqligi va transport inshootini yoki uning alohida qismlarini tiklash imkoniyati tahlil qilinadi.
    Seysmik xavfli hududlarda joylashgan transport inshootlarining tekshirishda konstruksiyalarning texnik holatini baholash seysmik ta'sir omillarini hisobga olgan holda amalga oshirilishi kerak [4]:

    • OSR-97 xaritalari bo'yicha qurilish maydonchasining hisobiy seysmikligi;

    • seysmik ta'sirning takrorlanishi;

    • seysmik ta'sirning spektral tarkibi;

    • seysmik xossalari bo'yicha gruntlarning toifalari.

    Tekshiruv to'liq yoki tanlangan bo'lishi mumkin – noqulay sharoitlarda bo'lgan yoki allaqachon shikastlangan konstruksiyalarning ishonchliligi va odamlarning xavfsizligiga shubha tug'diradigan eng muhim konstruksiyalar.
    Konstruksiyalarning tekshiruvi buyurtmachi korxona tomonidan tuzilgan texnik topshiriq asosida amalga oshiriladi. Odatda, u quyidagi bo'limlarni o'z ichiga oladi:

    • ishlarning bajarilishini asoslash;

    • ishning maqsad va vazifalari;

    • masalaning holati;

    • ishning tarkibi;

    • hisobot materiallarining qisqacha mazmuni;  mijozning majburiyatlari.


    Download 1.03 Mb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 1.03 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ko'prik va tonnel inshootlari texnik holatini diagnostika qilishning usul va bosqichlari reja

    Download 1.03 Mb.