• Tahlil va natijalar
  • Korxona moliyasida moliyaviy munosabatlar va pul fondlarining
  • Korporativ moliyani samarali tashkil etish: amaldagi holati va uni takomillashtirish




    Download 428,71 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet2/8
    Sana24.01.2024
    Hajmi428,71 Kb.
    #144591
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Korporativ moliyani samarali tashkil etish amaldagi holati va uni takomillashtirish

    Mavzuga oid adabiyotlar tahlili 
    Korporativ moliyani mamlakat moliya tizimidagi o‘rni va ahamiyatini bir qator 
    xorijiy olimlar va mahalliy olimlar o‘zlarining ilmiy ishlarida, darsliklarida va o‘quv 
    adabiyotlarida atroflicha o’rganishgan.
    Ingliz iqtisodchi olimlaridan Richard A.Brealey, Stewart C.Myers, Franklin 
    Allenlar “Korporativ moliya bu barchasi bozor qiymatini maksimallashtirish 
    haqidadir”[3], deb ta’kidlashsa, fransuz iqtisodchi olimlaridan Pierre Vernimmen, 
    Pascal Quiry, Maurizio Dallocchio, Yann Le Fur, Antonio Salvilar “Korporativ 
    moliya nafaqat nazariy darslik, balki amaliy qo‘llanma hamdir”[4], deya fikr 
    bildirishadi. Shuningdek, Stephen A.Ross, Randolph W.Westerfield, Bradford 
    D.Jordanlar korporativ moliyaga quyidagicha yondashadilar: “Korporativ moliya 
    umumiy holda “Uzoq muddatli investitsiyalarni qanday jalb qilish kerak?”, “Uzoq 
    muddatli moliyalashtirishni qayerdan olmoqchisiz: qo‘shimcha ta’sischi jalb 
    qilasizmi yoki qarz olasizmi?”, “Kundalik moliyaviy faoliyat bo‘yicha xaridorlardan 
    tushumlar va mol yetkazib beruvchilarga xarajatlarni qanday tartibda boshqarasiz?” 
    kabi uchta savolga javob topish yo‘llarini o‘rganishdir”[5]. 
    Mahalliy olimlarimizdan iqtisod fanlari doktori S.E.Elmirzayev o‘zining 
    “Korporativ moliya” o‘quv qo‘llanmasida korporativ moliyaga quyidagicha ta’rif 
    bergan. Korporativ moliya – yuridik va jismoniy shaxslarning o‘z mulklarini ixtiyoriy 
    ravishda birlashtirish orqali tijorat tashkilotini tashkil etish va tashkil etilgan tijorat 
    tashkilotining faoliyati bilan bog‘liq pulli munosabatlarni anglatadi va moliya 
    tizimining mustaqil sohasi hisoblanadi[6]. 
    Tahlil va natijalar 
    Shu oʻrinda ta’kidlash lozimki, korporativ tuzilma bu tadbirkorlik faoliyati 
    bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxsdir. Yuridik shaxs tushunchasi esa oʻz mulkida, 
    xoʻjalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega boʻlgan 
    hamda oʻz majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, oʻz 
    nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega boʻla oladigan va ularni 
    amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da’vogar va javobgar 
    boʻla oladigan tashkilotni anglatadi. 


    “XXI аср: фан ва таълим масалалари” илмий электрон журнали. №2, 2019 йил 

    Korporativ tuzilmalarda yuzaga keladigan moliyaviy munosabatlarni iqtisodiy 
    mazmuniga koʻra quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha guruhlash mumkin: 
    - ta’sischilar oʻrtasida; 
    - alohida korxonalar oʻrtasida; 
    - korxonalar va ularning boʻlinmalari oʻrtasida; 
    - korxonalar va ularning ishchi-xodimlari oʻrtasida; 
    - korxonalar va yuqori turuvchi tashkilotlar oʻrtasida, moliya-sanoat guruhlari 
    tarkibidagi biznes subyektlari oʻrtasida, xolding tarkibidagi biznes subyektlari 
    oʻrtasida; 
    - korxonalar va davlat moliya tizimi oʻrtasida; 
    - korxonalar va bank tizimi oʻrtasida; 
    - korxonalar va sugʻurta kompaniyalari oʻrtasida; 
    - korxonalar va fond birjalari oʻrtasida; 
    - korxonalar va investitsiya institutlari oʻrtasida.
    1-rasm. Korxona moliyasida moliyaviy munosabatlar va pul fondlarining 

    Download 428,71 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 428,71 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Korporativ moliyani samarali tashkil etish: amaldagi holati va uni takomillashtirish

    Download 428,71 Kb.
    Pdf ko'rish