“XXI аср: фан ва таълим масалалари” илмий электрон журнали. №2, 2019 йил
8
strategiyasini ishlab chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Xarajatlarni
minimallashtirish strategiyasini qo‘llaganda korxonalar mahsulot narxini kamaytirish
evaziga ushbu turdagi mahsulot bozorining katta ulushini egallashi mumkin. Ushbu
strategiyani amalga oshiruvchi firma yaxshi tashkil qilingan ishlab chiqarish tizimiga,
yaxshi ta’minot tizimiga, zamonaviy texnologiyaga va muhandislik-konstruktorlik
bazasiga hamda mahsulot taqsimlashning yaxshi tizimiga ega bo‘lishi kerak.
Qo‘shimcha qilib aytish mumkinki, minimal xarajatlarga erishish uchun mahsulot
tannarxi bilan bog‘liq bo‘lgan barcha sohalar chuqur tahlil qilinishi kerak bo‘ladi.
Bundan tashqari, ma’muriy va sotish xarajatlarini ham o‘rganib chiqishi va ularni
kamaytirish yo‘llarini qidirishi muhimdir. Shuni alohida ta’kidlash joizki,
korxonalarda moliyaviy menejmentni tashkil etish bizning korxonalarimiz uchun
yangi jabha bo‘lib hisoblanadi shuning uchun moliyaviy menejmentni tashkil
etishning jahon amaliyotini tahlil etish hamda ularni O‘zbekiston korxonalarida
qo‘llash imkoniyatlarini aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi.