|
Korxonaning investitsion faoliyatini rivojlantirish yo`llari
|
bet | 9/38 | Sana | 26.05.2021 | Hajmi | 219,14 Kb. | | #14604 |
YAngi qurilishga yangi maydonlarda maxsus ishlab chiqilgan loyihalar asosida quriluvchi korxona, bino, inshoot va qurilmalar mansubdir.
Faoliyat yuritayotgan korxonanikengaytirish qo`shimcha ishlab chiqarish majmualarining navbatdagi qismlarini yangi loyiha asosida qurish yoki asosiy, qo`shimcha, yordamchi va xizmat ko`rsatuvchi ishlab chiqarishning amaldagi tsexlarini kengaytirish yoki qurishni anglatadi. U asosan, faoliyat yuritayotgan korxona hududida yoki unga tutash maydonlarda amalga oshiriladi.
Qayta tiklash - bu, faoliyat yuritayotgan korxonani ma`naviy va jismoniy eskirgan qurilma va asbob-uskunalarni ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish, texnologik bo`q’inlar va yordamchi xizmatdagi nomutanosibliklarni yo`qotish yo`li bilan almashtirish yordamida to`liq yoki qisman o`zgartirishni anglatadi. Qayta tiklashda eski tsexlar o`rniga yangi tsexlarni qurishga ruxsat beriladi.
|
| |