• Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri v.b. A. XAITOV
  • Vino ishlab chiqarish xodimlari uchun mehnat muhofazasi QOIDALARI I bob. Umumiy qoidalar
  • VINO ISHLAB CHIQARISH XODIMLARI UCHUN MEHNAT MUHOFAZASI QOIDALARINI TASDIQLASH HAQIDA




    Download 0.6 Mb.
    bet4/16
    Sana18.06.2023
    Hajmi0.6 Mb.
    #74073
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
    Bog'liq
    amalyot hisoboti
    35-2021 19.10.2021 (3), 35-2021 19.10.2021 (2), uzb, Fransuz tili, Bosim va Burchak tezligi datchiklari, 1. Variatsiya to’g’risida tushuncha va variyatsiya ko’rsatkichla, Baliqchilik uning iqtisodiy ahamiyati, BMI ni bajarishni nazorat qilish jadvali (PROSENTOVKA), 7-8-9-10-11-sinf fizika ish reja 2023-yil, 92262bf907af914b95a0fc33c3f33bf6, Amir Temur, 3-маъруза АТ ҳужжатлар турлари, Davlat budjeti
    VINO ISHLAB CHIQARISH XODIMLARI UCHUN MEHNAT MUHOFAZASI QOIDALARINI TASDIQLASH HAQIDA
    [O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 27-dekabrda 1754-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi]
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil “Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqish to‘g‘risida”gi 267-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Mehnatni muhofaza qilish qoidalari va normalarini qayta ko‘rib chiqish va joriy etish dasturi” ijrosi va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2007-yil 6-iyundagi 20-15-142/22-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida buyuraman:
    1. “Vino ishlab chiqarish xodimlari uchun mehnat muhofazasi qoidalari” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
    2. Ushbu buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiritilsin.
    3. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2007-yil 28-maydagi “Vino ishlab chiqarish xodimlari uchun mehnat muhofazasi qoidalari”ni tasdiqlash haqidagi 14-27-sonli buyrug‘i bekor qilinsin.
    Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri v.b. A. XAITOV
    Toshkent sh.,
    2007-yil 5-noyabr,
    M-44-son
    Mehnat va aholini ijtimoiy
    muhofaza qilish vazirining
    2007-yil 5-noyabrdagi
    M-44-sonli buyrug‘i bilan
    TASDIQLANGAN
    Vino ishlab chiqarish xodimlari uchun mehnat muhofazasi
    QOIDALARI
    I bob. Umumiy qoidalar
    1. Mazkur Vinochilik sohasi xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalari (keyingi o‘rinlarda — Qoidalar) vinochilik mahsulotlarini ishlab chiqarishga doir barcha ishlarda mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi, xodimlarning salomatligini saqlash va ishlab chiqarish sanitariyasi bo‘yicha asosiy talablar va me’yorlarni o‘z ichiga oladi.
    2. Qoidalar vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va barcha ishlab chiqarish usullaridagi korxonalar (yoki ish beruvchilar), shuningdek ishlab chiqarishda mehnatni muhofaza qilish ahvolini nazorat qiluvchi shaxslar tomonidan qo‘llanilishi shart.
    3. Qoidalar amaldagi qonunchilik, davlat standartlari, qurilish va sanitariya me’yorlari hamda boshqa me’yoriy hujjatlarga muvofiq ishlab chiqilgan.
    4. Qoidalar Qurilish me’yorlari va qoidalari, Sanitariya qoidalari va me’yorlari, Davlat standartlarining tegishli bo‘limlari va boblari, shuningdek aniq ishlab chiqarishda belgilangan tartibda tasdiqlangan boshqa tarmoq normativ hujjatlari talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.
    Oldingi tahrirga qarang.
    5. Qoidalar qonunchilik hujjatlari, davlat standartlari va davlat organlari tomonidan tasdiqlangan boshqa me’yoriy hujjatlar o‘zgarganda va yangi texnika hamda texnologiyalar joriy qilinganda amal qilish muddati tugashidan oldin qayta ko‘rib chiqilishi mumkin. Qoidalarga kiritiladigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar mazkur Qoidalar kelishilgan vazirliklar hamda idoralar bilan majburiy tartibda kelishilishi shart.
    (5-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
    6. Mazkur Qoidalar joriy qilinishi bilan avvalgi qoidalar o‘z kuchini yo‘qotadi.
    7. Mazkur Qoidalarning bajarilishini nazorat qilish korxona (tashkilot)ning xavfsizlik texnikasi bo‘yicha xizmati (muhandisi) zimmasiga yuklatiladi.
    8. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Mehnat muhofazasi bo‘yicha ishlarni tashkil qilish to‘g‘risidagi Namunaviy nizom”ga (1996-yil 14-avgust, ro‘yxat raqami 273 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 1996-yil) muvofiq ichki nazoratning asosiy turlari quyidagilar hisoblanadi:
    a) ishlarga rahbarlik qiluvchi va boshqa mansabdor shaxslarning tezkor nazorati;
    b) ma’muriy-jamoatchilik nazorati (uch bosqichli nazorat);
    v) bosh mutaxassislar xizmati tomonidan amalga oshiriladigan nazorat.
    Quyidagilar nazorat qilinishi lozim:
    a) ish joylarining ahvoli;
    b) mehnat qonunchiligiga rioya qilinishi;
    v) mehnatni muhofaza qilishni boshqarish vazifalarini amalga oshirishga doir ishlarni bajarish;
    g) ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarning o‘z vaqtida va to‘g‘ri o‘rganib chiqilishi;
    d) mehnatni muhofaza qilish chora-tadbirlarining bajarilishi;
    e) mehnatni muhofaza qilishga ajratilgan mablag‘larning to‘g‘ri sarflanishi.

    Download 0.6 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




    Download 0.6 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    VINO ISHLAB CHIQARISH XODIMLARI UCHUN MEHNAT MUHOFAZASI QOIDALARINI TASDIQLASH HAQIDA

    Download 0.6 Mb.