• 3 §. Ishlovchilarning himoya qilish vositalarini qo‘llashi
  • §. Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari. Ish hududining havodagi zararli moddalari




    Download 0.6 Mb.
    bet6/16
    Sana18.06.2023
    Hajmi0.6 Mb.
    #74073
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
    Bog'liq
    amalyot hisoboti
    35-2021 19.10.2021 (3), 35-2021 19.10.2021 (2), uzb, Fransuz tili, Bosim va Burchak tezligi datchiklari, 1. Variatsiya to’g’risida tushuncha va variyatsiya ko’rsatkichla, Baliqchilik uning iqtisodiy ahamiyati, BMI ni bajarishni nazorat qilish jadvali (PROSENTOVKA), 7-8-9-10-11-sinf fizika ish reja 2023-yil, 92262bf907af914b95a0fc33c3f33bf6, Amir Temur, 3-маъруза АТ ҳужжатлар турлари, Davlat budjeti
    2 §. Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari. Ish hududining havodagi zararli moddalari
    17. Vinochilik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi har bitta korxona GOST 17.2.3.02-78 bo‘yicha xavfli va zararli ishlab chiqarish hamda texnologik jarayonlar, ishlab chiqarish omillari, ularning tasnifi, yuzaga kelish manbalari, ishchilarga ta’sir qilish xususiyatlari va salomatlik uchun xavflilik darajasi va kelgusidagi oqibatlari to‘g‘risida to‘liq va xolisona ma’lumotga ega bo‘lishi lozim.
    18. Ish joylaridagi ishlab chiqarish muhiti va mehnat jarayonining xavfli hamda zararli omillari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik, mikrobiologik va mikroiqlim o‘lchovlari natijalari va ish joylarini attestatsiya qilish, jumladan mehnatning og‘irligini attestatsiya qilish natijalari bilan tasdiqlanishi lozim.
    19. Har bitta korxona yoki alohida ishlab chiqarish xavfli va zararli mehnat sharoitlarga ega bo‘lgan kasblar, ish o‘rinlari va hududlarining Sanitariya qoidalari va me’yorlariga muvofiq zararlilik va xavflilik sinfi ko‘rsatilgan ro‘yxatiga, ishlab chiqarish omillarining zararlilik va xavflilik ko‘rsatkichlari, mehnat jarayonining og‘irlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha mehnat sharoitlarining amaldagi gigiyenik tasnifiga ega bo‘lishi lozim.
    20. Ish hududiga yoki atrof muhitga zararli moddalarni bug‘, gaz, chang ko‘rinishida ajratishi mumkin bo‘lgan texnologiyalardan foydalanishda ularning kimyoviy va mikrobiologik tarkibi va GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigiyenik talablar” (mazkur Qoidalarning 1-ilovasida keltirilgan) bo‘yicha ruxsat etilgan eng ko‘p miqdori ko‘rsatilgan to‘liq ro‘yxati tuzilishi lozim.
    21. Yangi zararli moddalar paydo bo‘lishiga yoki xavfli va zararli omillar yo‘qolishiga olib keladigan texnologik jarayonlar o‘zgarishlarida yoki yangi ishlab chiqarish uskunalarini joriy qilishda ro‘yxatlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi lozim.
    3 §. Ishlovchilarning himoya qilish vositalarini qo‘llashi
    22. Ishlovchilarni zararli va xavfli ishlab chiqarish muhiti omillaridan himoya qilish ishlovchilarni himoya qilish bo‘yicha tegishli standartlar talablariga, aniq vositalar bo‘yicha tasniflar va standartlarga mos jamoaviy va shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish orqali ta’minlanishi lozim.
    23. Jamoaviy himoya vositalari (ventilatsiya, aspiratsiya, erga ulash, tunukadan qilingan g‘iloflar bilan berkitish, mahalliy so‘rg‘ichlar va boshqalar) zararli va xavfli ishlab chiqarish muhiti omillari xonadagi barcha ishlovchilarga ta’sir qilganda qo‘llanishi shart va korxonani qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihalariga kiritilishi lozim.
    24. Yangi ishlab chiqarish uskunalari va texnologiyalarini joriy qilish yangi jamoaviy himoya vositalarini joriy qilish yoki mavjud bo‘lganlarini rekonstruksiyalash bilan birga amalga oshirilishi lozim.
    25. Jamoaviy himoya vositalari zararli va xavfli omillarni ruxsat etilgan miqdorgacha kamaytirish imkonini bermagan hollarda shaxsiy himoya vositalari qo‘llanilishi lozim. Bunday hollarda shaxsiy himoya vositalarisiz kishilarning ishtiroki va ishlar amalga oshirilishi taqiqlanadi.
    26. Ishchi va xizmatchilar shaxsiy himoya vositalari bilan korxona tomonidan ta’minlanadi.
    27. Shaxsiy himoya vositalaridan foydalangan holda ishlovchilar ularning qo‘llanilishi, himoya xususiyatlari, amal qilish muddati to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lishi hamda ulardan foydalanishga o‘rgatilishi lozim.
    28. Korxona ma’muriyati yoki ish beruvchi quyidagilarni ta’minlashi shart:
    a) amaldagi me’yorlar bo‘yicha mazkur ishlab chiqarish uchun talab qilinadigan barcha shaxsiy himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasini;
    b) himoya vositalarini qo‘llash va to‘g‘ri foydalanish ustidan doimiy nazoratni amalga oshirish;
    v) qo‘llanilayotgan himoya vositalarining samaradorligi va sozligini tekshirish;
    g) shaxsiy himoya vositalaridan xavfli va zaharli moddalar muhitida foydalanilganda ularni degazatsiya va dezinfeksiya qilish (bir marta qo‘llaniladigan himoya vositalari bundan mustasno).

    Download 0.6 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




    Download 0.6 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    §. Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari. Ish hududining havodagi zararli moddalari

    Download 0.6 Mb.