• 5 §. Kasbiy tanlov
  • §. O‘ta xavfli kasblar va ishlar




    Download 0.6 Mb.
    bet7/16
    Sana18.06.2023
    Hajmi0.6 Mb.
    #74073
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
    Bog'liq
    amalyot hisoboti
    35-2021 19.10.2021 (3), 35-2021 19.10.2021 (2), uzb, Fransuz tili, Bosim va Burchak tezligi datchiklari, 1. Variatsiya to’g’risida tushuncha va variyatsiya ko’rsatkichla, Baliqchilik uning iqtisodiy ahamiyati, BMI ni bajarishni nazorat qilish jadvali (PROSENTOVKA), 7-8-9-10-11-sinf fizika ish reja 2023-yil, 92262bf907af914b95a0fc33c3f33bf6, Amir Temur, 3-маъруза АТ ҳужжатлар турлари, Davlat budjeti
    4 §. O‘ta xavfli kasblar va ishlar
    29. Har bitta korxona o‘ta xavfli sharoitda bajariladigan ishlar ro‘yxatiga ega bo‘lishi lozim. Ro‘yxatda aniq texnologik jarayon, ishlab chiqarish uskunasi, ishlatiladigan xomashyo va ishlarni amalga oshirish xususiyatlari bilan bog‘liq xavflar hisobga olinishi lozim. Ro‘yxatga xavfli moddalar bilan bajariladigan ishlar, balandlikda, sig‘imlarda, ifloslangan havo va suv muhitida, yuqori harorat va namlik sharoitida bajariladigan ishlar, qozonnazorat obyektlariga, yuk ko‘tarish kranlari, elektr uskunalarga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq ishlar va amaldagi tarmoq ro‘yxatlariga muvofiq boshqa ishlar kiritilishi shart.
    30. O‘ta xavfli ishlarga, bug‘ va suv isitish qozonlari, yuk ko‘tarish mexanizmlari, bosim ostida ishlaydigan sig‘imlar, elektr qurilmalari, maxsus mashinalar va mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish ishlari bilan shug‘ullanishga faqat belgilangan tartibda tasdiqlangan maxsus o‘qitilganligi to‘g‘risidagi hujjatlarga ega bo‘lgan shaxslarga ruxsat etilishi lozim.
    31. O‘ta xavfli ishlarni ularni bajarishning xavfsiz usullari bo‘yicha yo‘l-yo‘riq bermasdan va mas’ul shaxs tomonidan tasdiqlangan maxsus rasmiylashtirilgan “naryad-ruxsatnoma”siz amalga oshirish man etiladi (mazkur Qoidalarning 2-ilovasida ko‘rsatilgan). Elektr uskunalarda bajariladigan ishlar xavfsizligini ta’minlovchi tashkiliy chora-tadbirlar Iste’molchilarning elektr qurilmalaridan foydalanishda xavfsizlik texnikasi qoidalarining (2004-yil 20-avgust, ro‘yxat raqami 1400 — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 33-son, 379-modda) 2-paragrafiga muvofiq bajariladi.
    32. Korxona ma’muriyati yoki ish beruvchi xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan ishlarni rejalashtirish, tashkillashtirish va ularga nisbatan belgilangan talablarga qat’iy muvofiqlikda amalga oshirish uchun to‘liq javobgar hisoblanadi.
    5 §. Kasbiy tanlov
    33. Har bitta vinochilik ishlab chiqarish korxonasiga ishga qabul qilishda kasbiy tanlov talab qilinadigan kasblar va mutaxassisliklar ro‘yxati bo‘lishi lozim.
    34. Korxona ma’muriyati yoki ish beruvchi kasblar va mutaxassisliklar bo‘yicha kasbiy tanlovni tashkillashtirishi hamda amalga oshirishi shart.
    35. Kasbiy tanlov vakolatli organlar tomonidan kasbiy muvofiqligi to‘g‘risida rasmiy xulosa berilgan holda amalga oshirilishi lozim.
    36. Ma’muriyat yoki ish beruvchi kasbiy tanlovdan o‘tgan va ishga qabul qilingan shaxslarni tanlov to‘g‘ri bo‘lganini amaliy tasdiqlash va zarur hollarda tuzatishlar kiritish maqsadida nazorat qilishlari lozim.

    Download 0.6 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




    Download 0.6 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    §. O‘ta xavfli kasblar va ishlar

    Download 0.6 Mb.