• - jinsiy lablar.
  • Urg’ochi hayvonlarning ko’payish organi




    Download 50.35 Kb.
    bet7/9
    Sana14.04.2023
    Hajmi50.35 Kb.
    #51129
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Marfologiya Ma\'ruza№13
    xamdamov iti prezintatsiya new, 46-51, Harbiy psixologiya va pedagogika asoslari, 1-Topshiriq(1), 10 - маъруза (4), Планы, Тақдимот учун-2, Mavzu Ochlovchi moddalar saqlagan dorivor simliklar, Bug‘latish qurilimalarining klassifikatsiyasi Tayanch iboralar , 1 БОБ (1), 2-Mavzu Zamonaviy kompyuter va ularning arxitekturasi. Reja-fayllar.org, 18.04.2023 maktab to\'garak, Psixologiya, result-1
    Urg’ochi hayvonlarning ko’payish organi
    Urg’ochi hayvonlarning jinsiy organiga tuxumdon, tuxum yo’li, bachadon, qin, qin dahlizi va tashqi uyat lablar kiradi.
    It va mushuklarning urg’ochilik reproduktiv tizimi quyidagilardan tashkil topgan:
    - tuxumdon;
    - bachadon nayi, tuxum yo’li;
    - bachadon – bachadon shoxi va tanasi;
    - bachadon bo’yinchasi;
    - qin;
    - dahliz;
    - jinsiy lablar.
    Ularning bachadoni ikki shoxli tuzilishga ega bo’lib, bir homiladorlik davrida bir nechta homila saqlaydi. Shu bilan bog’liq ravishda bachadonining tuzilishi ham boshqa hayvonlarnikidan farq qiladi.
    Tuxumdon – ovarium (ophoron), - juft organ bo’lib, qorin bo’shlig’ida buyraklarning orqarog’ida joylashadi. Tuxumdon tuxum hujayralar va jinsiy gormonlar ishlab chiqaradigan organ. Tuxum hujayralar tuxumdonda yetilib, tuxum yo’liga tushadi. Har xil sut emizuvchi hayvonlar tuxumdoni turli shaklda bo’ladi. tuxumdonlar bachadonning keng payiga va tuxum pardasiga birlashgan bo’ladi.
    Tuxumdonning ikki cheti, naysimon bachadon tomonga qaragan yuzasi, erkin pardaga tutashgan cheti, yon va o’rta yuzasi bo’ladi. tuxumdonning naysimon qismiga tuxum yo’lining voronkasi, bachadonga qaragan qismiga esa tuxumdon payi - lig. ovarii proprium birlashadi. Tuxumdonda ishlangan tuxum hujayralar aniq yo’l bilan emas, balki graaf pufakchalari yorilishi natijasida tuxum yo’liga tushadi. Tuxumdon kompakt organ bo’lib, uning ichki qismida juda ko’p biriktiruvchi to’qima bor, ular hujayra elementlariga juda boy bo’ladi. tuxumdonning ikkita: tashqi – follikulyar va ichki – qon tomirlari zonasi bo’lib, tashqi zonaning ustki yuzasi boshlang’ich epiteliy bilan qoplangan. Ichki biriktiruvchi to’qimalarda juda ko’p qon va nerv tomirlari bo’ladi. tashqi follikulyar zonada tuxum boshlang’ichlari bo’lib, ular oldinma – keyin yetila boshlaydi. Follikulyar zonada sariq tana va oraliq hujayralar ham bo’ladi.
    Yetilgan follikula pufakchalari yorilishi natijasida tuxum follikulyar suyuqlik tuxum yo’liga tushadi, bu prosess ovulyasiya – ovulatio deyiladi. Yorilgan graaf pufakchasi o’rnida follikulyar epiteliy hisobidan sariq tana - corpus luteum rivojlanadi. U ichki sekresiya bezidir. U hayvon bo’g’oz vaqtida yaxshi rivojlanadi. Kavsh qaytaruvchi hayvonlar tuxumdoni oval shaklda bo’lib, belning yonbosh suyagiga yaqinroq joyida osilib turadi. Sigirlar tuxumdoni 14 – 19 g, qorako’l qo’ylarniki 1,7 g, echkilarniki 2,5 g gacha bo’ladi. cho’chqalar tuxumdoni V – VI bel umurtqasi ro’parasida joylashadi. Uning yuzasi tut mevasi singari g’adir –budur bo’ladi, chunki ular ko’p bola tug’adi. Bir tuyoqlilarning tuxumdoni yosh vaqtida ellips shaklda bo’lib, katta yoshida loviya shakliga kiradi. Uning erkin yuzasida ovulyasiya chuqurchasi bo’ladi. tuxumdon seroz parda bilan o’ralgan. Uning uzunligi 5 – 8 sm, vazni 80 g keladi. Itlar tuxumdoni III – IV bel umurtqasi ro’parasida joylashadi.

    Download 50.35 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 50.35 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Urg’ochi hayvonlarning ko’payish organi

    Download 50.35 Kb.