• Ko’payish organlari
  • Erkak hayvonlarning ko’payish organi Urug’don xaltasi
  • Kupayish organlari tizimi Ma’ruza mashg‘ulotini o‘qitish texnologiyasi




    Download 50.35 Kb.
    bet2/9
    Sana14.04.2023
    Hajmi50.35 Kb.
    #51129
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Marfologiya Ma\'ruza№13
    xamdamov iti prezintatsiya new, 46-51, Harbiy psixologiya va pedagogika asoslari, 1-Topshiriq(1), 10 - маъруза (4), Планы, Тақдимот учун-2, Mavzu Ochlovchi moddalar saqlagan dorivor simliklar, Bug‘latish qurilimalarining klassifikatsiyasi Tayanch iboralar , 1 БОБ (1), 2-Mavzu Zamonaviy kompyuter va ularning arxitekturasi. Reja-fayllar.org, 18.04.2023 maktab to\'garak, Psixologiya, result-1
    Tayanch iboralar. Bachadon, tuxumdon, tuxum yo‘li, qin, qin dahlizi, klitor, uyat lablar, myuller kanali, qo‘shaloq bachadon, ikkiga bo‘lingan bachadon, ikki shoxli bachadon, oddiy bachadon, bachadon shoxi.

    Foydalanilgan adabiyotlar
    1.Dilmurodov N.B “Hayvonlar anatomiyasi” fanidan amaliy laboratoriya mashg’ulotlari bo’yicha o’quv qo’llanma. Toshkent 2014 y
    2.Yudichev Yu.F va boshqalar “Anatomiya domashnыx jivotnыx” Omsk. 2003 y
    3. Victoria Aspinall, Melanie Cappello «Introduction to Veterinary anatomy and Physiology» textbook Edinburgh London New York Oxford philadelphia st louis sydney toronto 2015


    Ko’payish organlari
    Ko’payish organlari erkak va urg’ochi hayvonlarning urchish organlariga bo’linib, nasl qoldirish vazifasini bajaradi. Erkak hayvonlarning jinsiy organlari erkak jinsiy hujayralar – sperma ishlab chiqaradi. Spermalar urg’ochi jinsiy hujayralar – tuxum bilan qo’shilib urug’lanishi natijasida embrion, ya’ni yosh organizm paydo bo’ladi. Erkak hayvonlar jinsiy organlariga: juft urug’don, urug’ xaltasi, urug’ yo’li, qo’shimcha jinsiy bezlar va jinsiy a’zo kiradi. Urg’ochi hayvonlar jinsiy organlariga: juft tuhumdon, tuxum yo’li, bachadon, qin, qin dahlizi, uning tashqi lablari va klitor kiradi. Ko’payish organlari boshqa sistemalar bilan, masalan, ovqat hazm qilish, nafas olish, qon aylanish va nerv sistemalari bilan bevosita bog’liq bo’ladi, chunki butun kerakli moddalarni shu sistemalar orqali oladi.

    Erkak hayvonlarning ko’payish organi
    Urug’don xaltasi – saccus testicularis teri burmasidan iborat bo’lib, chovda ikkita yarim xaltacha shaklida joylashadi. Bu xaltachalarda urug’don, urug’don ortig’i va urug’donni tutib turadigan tizimchalar bo’ladi. Urug’don xaltasi hamma hayvonlarda bir xil emas, lekin ko’pchilik hayvonlarda (buqa, qo’chqor, taka va ayg’irlarda) ikkala sonning o’rtasida joylashadi. Cho’chqa, it, mushuk va tuyalarda orqa chiqaruv teshigining pastida bo’ladi. Urug’don xaltasi yorg’oq, urug’donni tutib turadigan tizmachalar va qin pardasidan iborat.
    Yorg’oq - scrotum teri va elastik muskul pardadan tuzilgan. Uning terisi - cutis scroti mayda jun bilan qoplangan, yog’ va ter bezlari juda ko’p. Ba’zi hayvonlar (yirtqichlar va kavsh qaytaruvchilar) xaltachasida jun juda zich bo’ladi. Boshqa hayvonlarda (ot, buqa, cho’chqalarda) jun juda siyrak bo’ladi.
    Elastik muskul parda - tunica dartos teri ostiga yopishgan bo’lib, silliq muskul to’qimalaridan tuzilgan. Bu muskul qisqarganda urug’don xaltasining terisi burishadi. Elastik muskul parda urug’don xaltasining o’rtasidagi to’sqich parda - septum sctoti ni hosil qiladi. Urug’donni tutib turadigan tizimcha muskul - m. cremaster externus ko’ndalang targ’il muskul bo’lib, u qorin devorining ichki qiyshiq muskulidan kelib chiqadi. Bu muskul umumiy qin pardaning yon tomonidan unga mahkam yopishgan holda joylashadi. Yorg’oqdan fassiya (to’qima pardasi) ajralib, teri bilan juda yuza birlashadi. Shuning uchun urug’donning umumiy qin pardasini teridan oson ajratish mumkin.
    Umumiy qin pardasi - tunica vaginalis communis urug’don ustini xalta shaklida o’rab oladi. U tashqi fibroz va ichki seroz pardadan iborat bo’ladi. Bu pardalar qin bo’shlig’i - cavum vaginali ni hosil qiladi. Zich tolasimon plastinka - lamina fibrosa qorin devori ko’ndalang fassiyasining davomi hisoblanadi. Shuning uchun ham u chov kanali bilan bog’langan. Yuqori qismi qorin bo’shlig’i bilan birlashadi. Seroz parda urug’donning orqa qismiga va urug’ ortig’iga o’tib, urug’donning seroz pardasi - mesoorchium va xususiy pardasi - tunis vaginalis proprit ni hosil qiladi. Bunda xususiy parda visseral seroz varaq hisoblanadi. Umumiy qin pardasining ortig’i tomondan yorg’oqning kuchsiz payi - lig. scroti yordamida yorg’oq bilan qo’shiladi.

    Download 50.35 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 50.35 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kupayish organlari tizimi Ma’ruza mashg‘ulotini o‘qitish texnologiyasi

    Download 50.35 Kb.