Jinsiy a’zo uch qismga: negiz, tana va boshga bo’linadi




Download 50.35 Kb.
bet6/9
Sana14.04.2023
Hajmi50.35 Kb.
#51129
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Marfologiya Ma\'ruza№13
xamdamov iti prezintatsiya new, 46-51, Harbiy psixologiya va pedagogika asoslari, 1-Topshiriq(1), 10 - маъруза (4), Планы, Тақдимот учун-2, Mavzu Ochlovchi moddalar saqlagan dorivor simliklar, Bug‘latish qurilimalarining klassifikatsiyasi Tayanch iboralar , 1 БОБ (1), 2-Mavzu Zamonaviy kompyuter va ularning arxitekturasi. Reja-fayllar.org, 18.04.2023 maktab to\'garak, Psixologiya, result-1
Jinsiy a’zo uch qismga: negiz, tana va boshga bo’linadi.
Tanasi - corpus penis o’rtasidan o’ng va chap qismlarga bo’lingan, boshi - glans penis jinsiy a’zoning eng oldingi qismi hisoblanadi. Jinsiy a’zoning ustini teri xalta (prepusiya) o’rab turadi. Jinsiy a’zo boshining tuzilishi hamma hayvonlarda bir xil emas, ba’zilarida juda katta, kavsh qaytaruvchilarda esa kichik bo’lib, siydik – jinsiy kanali o’simtasi - processus urethrae bilan tugaydi.
Jinsiy a’zoning ustki qismini o’rab turgan teri ichki va tashqi qavatlardan iborat. Teri xalta jinsiy a’zoni himoya qilish uchun xizmat qiladi. Tashqi qavati - lamina cutanea bilan ichki qavati - lamina vescirales orasida teri xalta (prepusiya) bo’shlig’i - cavum praeputi bo’lib, unda xaltani moylab turadigan suyuqlik - smegma to’planadi. Teri xalta bo’shlig’iga xalta teshigi - ostium praeputiale ochiladi. Jinsiy a’zo ereksiyaga kelganda teri xalta taranglashib tekislanadi. Xalta taranglovchi muskul - m. praeputiale cranilis yordamida taranglanadi. Jinsiy a’zoning boshi jinsiy a’zo muskuli - m. retractor penis orqali xalta ichiga tortiladi. Jinsiy a’zo kavsh qaytaruvchi hayvonlarda silindr shaklida bo’lib, yorg’oqning orqasida «S» simon burma hosil qiladi. Burma ereksiya vaqtida to’g’rilanadi. Kovak tana uncha rivojlanmagan. Jinsiy a’zoning boshi ingichkalashib, bo’yin - collim grandis hosil qiladi, uning oldingi tomonida bosh qalpoqchasi - galea grandis, chap yuzasida o’simta - processus urethrae bo’ladi. Teri xalta teshigi jun bilan qoplangan, ichki qavatida bezlar va limfa follikulalari ko’p bo’ladi. Qo’chqorning siydik – jinsiy o’simtasi uzun, takalarniki uzun va to’g’ri bo’ladi. Cho’chqalar jinsiy a’zoning tanasi silindrsimon, yorg’og’ining old tomoni S shaklda egik - flexura sigmoidea penis bo’ladi, xaltaning old tomonida divertikul - diverticulum praeputii bo’lib, uning kengligi 12 sm ga yetishi mumkin. Otlarning jinsiy a’zosi juda salmoqli bo’lib, yon tomoni siqiqiroq, g’ovak tanasi juda rivojlangan bo’lib, boshi qalpoqcha - corona glandis hosil qiladi. Ereksiya vaqtida qalpoqning diametri 12 – 15 sm ga yetadi. Boshining old tomonida chuqurcha - fossa glandis bo’lib, undan o’simta - processus urethrae chiqib turadi. Xaltasi ikki qavat: ichki va tashqi qavatdan iborat, ularda ter va yog’ bezlari bo’ladi.

Download 50.35 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 50.35 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Jinsiy a’zo uch qismga: negiz, tana va boshga bo’linadi

Download 50.35 Kb.